Faqirlik va Boylik haqida maqollar to‘plami

Kambag‘allik, faqirlik hamda boylik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o’lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o’lchanmaydi, boylik vaqt bilan o’lchanadi» (Robert Kiyosaki).

Faqirlik va boylik haqida maqollar

Boyga mehmon bo‘lsang, baqirasan,
Kambag‘alga mehmon bo‘lsang, kekirasan.

Kasal dardini sog‘ bilmas,
Och qadrini to‘q bilmas.

Qulning qudasi ko‘p.

Bevaga bozor bo‘lmas,
Yetimga — hayit.

Yetimning hayiti yangi ko‘ylak kiyganda.

Yil fasllari va tabiat hodisalari haqida maqollar

Bor borgan joyida to‘yadi,
Yo‘q topgan joyida to‘yadi.

Yetim qo‘zi asrasang,
Og‘zi-burning yog‘ etar.

Boyning bug‘doy nonidan,
Kambag‘alning bug‘doy so‘zi yaxshi.

Boy kiysa — qulluq bo‘lsin!
Kambag‘al kiysa— qayoqdan olding?

Boy boy uchun tirishar,
Kambag‘al kambag‘alga bo‘lishar.

Oqchalining qo‘li o‘ynar,
Oqchasizning — ko‘zi.

Yetimning ko‘ngli — yarim.

G‘aribning — ko‘ngli siniq.

Oriq o‘lsa, mazasi yo‘q,
G‘arib o‘lsa — azasi.

Boy to‘y tuzar, kambag‘alni to‘ni to‘zar

Kambag‘al — piyoda,
Boy — tuyada.

Yaxshi bo‘lsa — boydan,
Yomon bo‘lsa — kambag‘aldan.

Boy to‘y tuzar, kambag‘al to‘zar

Yetimning yegani — zahar,
Kiygani — kafan.

Yetim qizning yetmish onasi bor.

Yetimning qorni — yetti.

Bozorda bari bor,
Puling bo‘lmasa, nari bor.

Kambag‘alning baxti
Boyning taxtini yiqitar.

Och qayg‘usini ochiqqan bilar,
Yo‘q qayg‘usini — tariqqan.

Boyning ko‘zi — boy,
Yo‘qning ko‘zi — loy.

Bedavlat bozorga borsa,
Shum xabar keltirar.

Borga — mumlik,
Yo‘qqa — shumlik.

Yengi yo‘qning tengi yo‘q.

Yetim qizga yelpig‘ich chikora.

Yetimcha — yetti kulcha.

Bu dunyoning xo‘rligi —
Kissangda pulning yo‘qligi.

Boyning bojasi, qulning xo‘jasi ko‘p

Boyning ko‘zi — xonda,
Yo‘qning ko‘zi — nonda.

Yetimning otasi — yetti.

Boyning bojasi ko‘p

Yetim o‘z kindigin o‘zi kesar.

Bepul bozorga borguncha,
Kafan olib mozorga bor.

Qashshoq osh topgan kuni og‘zi kuyar.

Bedavlatdan osh qochar.

Kambag‘al osh topsa,
Qo‘ygani idish topmas.

Holvani hokim yer,
Kaltakni — yetim.

Yetimning kiyganin boy o‘g‘li yirtar.

Zog‘oradan to‘ydi yetim,
Zarra-zarra qo‘ydi yetim.

Borga yetti kun hayit,
Yo‘qqa — bir kun.

Kambag‘al o‘lay desa, o‘lolmaydi,
Tiriklay go‘rga kirolmaydi.

Yirtiq to‘nni it qopar.

Yetim boy bo‘lmas,
Boy bo‘lsa ham, boyvachcha bo‘lmas.

Yetim ko‘zi sutga to‘ymas.

Hayvonlar va qushlar haqida maqollar

Kambag‘alda lafz yo‘q

Yetimning joni — yetti.

Boyning xotini o‘lsa, to‘shak yangi bo‘lar,
Kambag‘alning xotini o‘lsa, boshi qayg‘uga qolar.

Kambag‘alda lafz yo‘q

Kambag‘al — topganda,
Boy — sog‘inganda.

Boyning o‘g‘li kelsa — to‘rga,
Kambag‘alning o‘g‘li — go‘rga.

Boydan qarzing uzilguncha,
Bo‘yning uzilar.

Yetim o‘g‘lon it bo‘lar,
Yoqasi to‘la bit bo‘lar.

Kambag‘al bosh ko‘tarsa,
Boy tosh ko‘tarar.

Yetimning yegani — yelim,
Ichgani — iring.

Bekka beradiganing bo‘lmasin.

Yetimning otasi ko‘p,
Joniga foydasi yo‘q.

Kambag‘al tuxum topsa,
Ichidan sarig‘ini topmas.

Ochilib yoqqan havodan qo‘rq,
Kulib turgan — podshodan.

Boyning o‘g‘li — hangamachi,
Yo‘qning o‘g‘li — dangamachi.

Hayit— otliniki,
To‘y — to‘nliniki.

Kambag‘allik ayb emas

Kambag‘alning ayroni — o‘ziga totli.

Boy bo‘lsang, kunda hayit, kunda to‘y,
Yo‘q bo‘lsang, kunda hasrat, kunda o‘y.

Kambag‘allik ayb emas

Yetim bola yetti yilda uyaltirar.

Boyning xotini bo‘lguncha,
Kambag‘alning kavushi bo‘l.

Yerga tushgan yetimniki.

Kambag‘al bo‘lsang, ko‘chib ko‘r,
Boy bo‘lsang — o‘lib.

Ma’qul gapga qoruv yo‘q,
Kambag‘al o‘lsa, boruv yo‘q.

Badavlatlik bo‘lgan so‘ng,
Begonalar do‘st bo‘lar.

Yalang‘ochlik uyga kirgizar,
Ochlik ko‘cha kezdirar.

Bir bog‘ beda — bir tanga,
Baytal boqmoq osonmi.

Moling borida — ana do‘st.

Borga — bozor,
Yo‘qqa — guzar.

Bulutning qadri yo‘q, oy yonida,
Faqirning qadri yo‘q, boy yonida.

Kambag‘al to‘ysa,
Boy uxlamas.

Boyni ko‘zi nonda, kambag‘alniki imonda

Yetimning haqi yetti daryoni quritar.

Yetim o‘z ishini o‘zi qilar,
Kishi minnatini eshitar.

Boyni ko‘zi nonda, kambag‘alniki imonda

Moling yo‘g‘ida — qani do‘st.

Amirning oshidan,
Faqirning mushti yaxshi.

Boy qo‘shningdan so‘raguncha,
Yo‘q uyingni axtar.

Yo‘l va yo‘ldosh haqida maqollar

Yetim qizning yangasi ko‘p.

Yetim qizdan yetim xotin yaxshi.

Bedavlatlik bo‘lgan so‘ng,
Qarindoshlar g‘ash bo‘lar.

Boyning jon bergani bilinmas,
Kambag‘alning — non bergani.

Kambag‘alning bir to‘ygani —
Chala boyigani.

Kambag‘alning boyligi — tanining sog‘ligi.

Kambag‘alni urma-so‘kma, to‘nini yirt.

Boyning moli ardoqli,
Yo‘qning — joni.

Bedavlatning noni yarim.

Kambag‘allik asar qildi, zig‘ir yog‘i kasal qildi

Kambag‘alning ko‘ziga kepchak non bo‘lib ko‘rinar.

Boyning bir yo‘qligi,
Ochning bir to‘qligi.

Kambag‘allik asar qildi

Yantoqning yog‘i yo‘q,
Kambag‘alning — bog‘i.

Kasalga so‘z yoqmas,
Kambag‘alga — o‘yin.

Boyning qizi — sepi bilan,
Yo‘qning qizi — ko‘rki bilan.

Kambag‘alning ming o‘ylovi,
Boyning bir mo‘ylovi.

Zolim bo‘lsang, osarlar,
Faqir bo‘lsang, bosarlar.

Yetim bola asrasang,
Og‘zi-burning qon etar.

Borga — bor dunyo,
Yo‘qqa — tor dunyo.

Bordan — davlat,
Yo‘qdan — mehnat.

Kambag‘al non yeydi,
Boy — qon.

Beva xotinning tushiga er kirar,
Kambag‘alning tushiga — yer.

Boydan amr bo‘lsa,
Boyvachchadan xamir bo‘lar.

Yoshlik va keksalik haqida maqollar

Boyga mehmon bo‘lsang, joning chiqar,
Kambag‘alga mehmon bo‘lsang, qorning chiqar.

Botmon bug‘doy — yuz tanga,
Xotin olmoq osonmi.

Yetimning rizqi yerda.

  1. Shalola:

    Yaxshi, lekin menga kerakli narsa yoʻq ekan, mayli bitta boʻlsa ham topib yozib oldim 😊

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *