Pul va Boylik haqida eng dono masallar

Qashshoqlik va boylik har doim nisbiy tushuncha bo‘lib kelgan. Ba’zan tom ma’noda osmondan kutilmagan boylik olgan tilanchi uni nima qilishni bilmay qoladi.

Ba’zi “boylar” har doim ham pulga sotib olib bo‘lmaydigan narsani qadriga yetmaydi. Quyidagi masallar esa odamlarga bu vaziyatlarni tushunishga yordam bergan.

Pul va boylik haqida dono masallar

Ikki mag‘rur

Suqrot zamondoshi mashhur Diogen har doim eski-tuski kiyimlarda yurardi, u bochkada yashab, barchaga pulsiz ham yashay olish mumkinligini namoyish etgan. Ko‘pchilik Diogenga qoyil qolar, ular uning qashshoqligi bilan chinakam faxrlanishini bilardi.

Suqrot aksincha, yaxshi narsalar, isrofgarchilik va hashamatni yaxshi ko‘rardi. Uning ham mulohazalari va hayotga yondashuvini yaxshi ko‘radigan ko‘plab muxlislari bor edi.

Bir kuni Diogen Suqrotning yoniga borishga qaror qildi. Uning hashamatli uyiga kirib: “Qimmatbaho gilamlaring ustida juldur kiyimlarim bilan turib, g‘ururingni toptadim!”, dedi.

Suqrot unga xotirjam javob berdi: «To‘g‘ri o‘z g‘ururing bilan toptading».

Insult xavfidan qanday qilib oldindan ogoh bo‘lish mumkin?

Shisha va kumush

Bir kishi ruhoniydan so‘radi:

— Avliyo ota, bir narsani tushunolmayapman: men kambag‘al kishi oldiga borganimda, ular har doim samimiy va yordam berishga tayyor turishadi. Boy odamning oldiga kelsam, ular doim qo‘pol va yordam berishdan o‘zini olib qochadi. Nahotki, pul haqiqatan ham odamlarni buzadigan bo‘lsa?

— Derazadan tashqariga qara, nimani ko‘ryapsan?
— Bolali ayol, bozorga ketayotgan ot arava…
— Yaxshi. Endi oynaga qara. Unda nima ko‘rinadi?
— Oynada nimani ham ko‘rishim mumkin? Albatta, o‘zimni-da.

Ko‘rdingmi, deraza oynadan yasalgan, oyna esa shishadan qilingan. Lekin shishaga ozgina kumush qo‘shilgudek bo‘lsa, odam o‘zidan boshqa narsani ko‘ra olmaydi.

Ibodat

Shaharlik biri kishi donishmandning oldiga kelib so‘radi:

— Men har kuni Egamga hamdu sanolar aytaman, ibodat qilaman, qo‘shnim ham shunday qiladi. Lekin Rabbiy unga farovonlik beradi, men esa qancha harakat qilmayin bunday marhamatga hech ham erisha olmayapman. Buning sababi nimada?

— Kuniga necha marta ibodat qilasan?
— Roppa rosa o‘n marta — ertalab besh marta va kechqurun besh marta.
— Qo‘shning-chi? U Rabbiyni necha marta ulug‘laydi?
— Bunisini bilmayman.
— Avval yaxshilab bilib olib, aniqlaginda, keyin oldimga qaytib kel!

Yozda nimalarni yeyish tavsiya etilmaydi?

Bir hafta o‘tgach, shaharlik yana donishmandning oldiga keldi va dedi:

— Ertalabdan kechgacha qo‘shnimni kuzatdim va u kuniga bir necha mahal o‘nlab marta ibodat qilishini aniqlab oldim.
— Ko‘rdingmi, maqsadga erishish uchun sen bor kuchingni ishga solmagan ekansan, shuning uchun qo‘shning bilan bir xil natijaga erisha olmayapsan.

Kishi tushundi va chiqib ketdi. Bir oy o‘tar-o‘tmas u yana qaytib keldi:

— Men har kuni qo‘shnim bilan bir vaqtda ibodat qilib, Rabbiyni ulug‘ladim. Biz bir xil harakat qilgan bo‘lsak-da, Xudoning marhamati menga emas, hali ham unga tushib turadi. Nega? Axir men nima xato qildim?
— Xatoing shundaki, qo‘shning hech qachon sening necha marta ibodat qilganingni sanamaydi.

O‘lim farishtasi va vaqt

O‘ta ayyyor bank boshqaruvchisi halol mijozlar pulidan boylik orttirdi. U ishni yig‘ib qo‘yib, endi shunchaki o‘zi uchun hashamatda yashashga qaror qildi.  Bu haqda o‘ylashi bilanoq, uning oldiga osmondan O‘lim farishtasi tushdi. Qo‘rqib ketgan erkak har qanday yo‘l bilan o‘ziga vaqt sotib olishga qaror qildi.

— Uch kungina bering, yashab qolay, evaziga boyligimning uchdan bir qismini olasiz!, — dedi u.

Farishta rad etdi.

Qalbaki atirni original atirdan qanday farqlasa bo‘ladi?

— Unda pulimdan ikki … yo‘q … uch million beraman!  Menga bor-yo‘g‘i bir kungina muhlat bering, hayot go‘zalligidan bahramand bo‘lib, ish tufayli uzoq vaqt ko‘rmagan oilamdan xabar olsam…

Ammo farishta qaroridan qaytmadi.

Keyin odam o‘g‘liga vidolashuv xati yozish uchun kamida bir-ikki daqiqa vaqt berishini iltimos qila boshladi. Faqat shu yagona istak farishta tomonidan qondirildi. Shunda boshqaruvchi o‘g‘liga yozdi: “Vaqtingning qadriga yet. Millionlab dollarlarimga men hatto bir soat ham vaqt sotib ololmadim”.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *