Qalbaki atirni original atirdan qanday farqlasa bo‘ladi?

Parfyumeriya sotib olayotganda, uning yuqori sifatli va xushbo‘y hidi uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo‘lishiga umid qilamiz, biroq ba’zida noto‘g‘ri tanlov orqali bu istaklar puchga chiqishi mumkin. “Profil.ru” nashri haqiqiy atirni soxtasidan ajratish uchun sotib olishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Qalbaki atirni originalidan to'g'ri farqlash

Qopqoq — Flakon qopqog‘i ham soxta narsalarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Original atirning qopqog‘i yuqori sifatli, chidamli va flakonga mahkam bo‘ladi. Soxta parfyumeriya esa odatdagidan ancha yengil va juda zaif qopqoqqa ega bo‘lishi mumkin.

Qadoqni ko‘zdan kechiring — Birinchi navbatda qadoqni diqqat bilan tekshirishingiz kerak. Soxta parfyumeriya ishlab chiqaruvchilar o‘zlarini huquqiy muammolardan himoya qilish uchun shriftni, dizaynni yoki atir nomidagi bir yoki ikkita harfni biroz o‘zgartiradi.

SPF kremni yuzga qancha miqdorda qanday surtish kerak?

Quti ichidagi karton — Parfyumeriya ishlab chiqaruvchilar qadoqlash sifatiga ham ko‘p mablag‘ sarflashni istamaganligi sababli, quti ichidagi karton konstruksiyasi ham boshqacha bo‘ladi. Original atir qutisida flakon qadalib qolmasligi uchun “origami” uslubida yaratilgan silliq oq rangdagi kartonni topishingiz mumkin.

Flakonga e’tibor bering — Xushbo‘y hidga ega soxta atirni flakon dizayni bilan osongina aniqlash mumkin. Masalan, soxta atir ishlab chiqaruvchilar nom, logotip va boshqa ma’lumotlarni keltirishda ko‘pincha past sifatli bo‘yoqlardan foydalanadi, ular tirnab osongina o‘chirish mumkin, deb yozadi Fabbon portali. Haqiqiy atirlarning flakoni butunlay silliq va yuqori sifatli bo‘ladi.

Duxini qalbakisidan farqlash usuli

Xonaki gullarni qishda parvarishlash uchun 6 maslahat

Shtrix-kod va seriya raqami — Original atirlarda seriya raqami va shtrix-kod qadoqning o‘zida ham, flakonida ham bo‘ladi. Bundan tashqari, bu ma’lumot flakonga yoki nozik shaffof stikerga yozilishi mumkin.

Atirning hidi va uning qancha saqlanib qolishiga e’tibor bering — Atirni do‘kondan olishdan oldin yaxshilab e’tibor bering. Soxta atirning hidi originalga o‘xshash bo‘lsa-da, u yuqori, o‘rta va asosiy notalar orqali ochilmaydi. Soxta atir ishlab chiqaruvchilar qimmat xomashyoga pul sarflamagani sababli, ushbu atirlarning hidi o‘xshash bo‘ladi va uzoq vaqt saqlanib qolmaydi.

Agar flakonning pastki qismida g‘alati cho‘kma yoki qandaydir suspenziya bo‘lsa, uni sotib olmagan ma’qul. Original atirni tekshirishning yana bir usuli — flakonni silkitish. Silkitganda soxta atirlardagi pufakchalar bir zumda, originalida esa ko‘proq vaqtdan keyin yo‘qoladi.

Oshqozon hajmini kichraytiruvchi oddiygina layfxak

  1. Sarvinoz:

    Haqiqiy atirdan qalbaki atirni bir zumda qanday ajratib olish mumkin?

  2. Zilola:

    Assalomu alayko’m. Bu yerdagi ma’lumotlar aniq faktlarga asoslanganmi?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *