Xonaki gullarni qishda parvarishlash uchun 6 maslahat

O‘simliklar ham har bir mavsumda alohida parvarishni talab etadi. Agar ularni to‘g‘ri parvarish qilinmasa, chiroyli ko‘rinishini yo‘qotishi va qurib qolishi mumkin. Lisa nashri qishda xona o‘simliklarini qanday parvarish qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Xonaki gullarni qishda qishda qanday parvarishlash kerak

O‘simliklarni derazaga yaqinroq joyga joylashtiring — Yilning turli vaqtlarida quyosh nurlarining yerga tushish burchagi o‘zgaradi. Qishda o‘simliklarga yorug‘lik yetishmasligi mumkin, shuning uchun ularni deraza tokchasiga qo‘ygan ma’qul.

Faqat derazadan shamol kirmasligi, o‘simlikning novdasi va barglari sovuq oynaga tegmasligiga ishonch hosil qiling. O‘simliklarni janubiy yoki janubi-g‘arbiy yo‘nalishda qo‘ygan ma’qul. Novdalarning to‘g‘ri shakllantirish uchun idishlarni oyiga bir necha marta aylantiring.

Oshqozon hajmini kichraytiruvchi oddiygina layfxak

Havoni namlang — O‘simliklar 40-50 foizdan yuqori namlik darajasini afzal ko‘radi. Biroq isitish mavsumi boshlanishi bilan bu ko‘rsatkich tez pasayib boradi. Doimiy purkagich (lekin bu hamma o‘simliklarga ham yoqmaydi) yoki namlagich vaziyatni yaxshilashga yordam beradi, u avtomatik ravishda kerakli namlik darajasini saqlab turadi.

Qishda gullarni ko'p sug'ormaslik kerak

O‘simliklarni ko‘p sug‘ormaslik kerak — Yaqinda o‘simlik parvarish qilishni boshlagan insonlar qishda ularni qanday sug‘orish kerakligini bilmaydi. Sovuq havoda o‘simliklarning o‘sish tezligi pasayadi, shuning uchun ularga kamroq namlik kerak. O‘simliklarni sug‘orish kerak, biroq o‘simlikning pastki qismida turadigan idishda suv turmasligi o‘rinlidir.

Qishda va yozda suvni xona haroratiga moslash kerak. Tuproqning quruqligini har doim ham ko‘z bilan aniqlash mumkin emas, buning uchun siz yog‘och tayoqdan foydalanishingiz mumkin. Agar tayoqcha uchiga yopishgan tuproq nam bo‘lsa, bu sug‘orishga hali erta ekanligini anglatadi.

Ozmoqchi bo‘lsangiz ushbu 5 tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak

Changni artib oling — Chang teshiklarni yopadi va o‘simlikning nafas olishiga to‘sqinlik qiladi, shu bilan birga gaz almashinuvini buzadi. Hatto qishda ham har hafta o‘simlikdagi changni nam mato bilan artib oling. Bu xona o‘simliklari uchun qulay sharoit yaratadi.

Gullarni qishda oziqlantirmang

O‘g‘it solmang — Ko‘pgina xona gullari qishda uyquga ketadi, shuning uchun ular o‘smaydi va rivojlanmaydi. Oziq moddalar isrof qilinmaydi — o‘g‘itlar prinsipial jihatdan kerak emas. Erta bahorda, yosh kurtaklar paydo bo‘lganda, o‘g‘itlardan foydalansa bo‘ladi.

Haroratning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymang — Qishda ko‘plab o‘simliklar salqinlikka muhtoj, biroq haroratning keskin o‘zgarishi nafaqat barglarga, balki ildiz tizimiga ham yomon ta’sir qiladi. Agar  xonani shamollatishga qaror qilsangiz, gullarni derazadan boshqa xonaga o‘tkazing.

Semirib ketmaslik uchun ozgʻin ayollardan 10 foydali odat

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *