Soch to‘kilishi va sinishi oldini oluvchi 10 maslahat

Yoshingizdan qat’i nazar, soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammoalarga duch kelishingiz mumkin, bunga esa gormonlar, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, bo‘yash va parvarish qilish sabab bo‘ladi.

Soch to‘kilishi va sinishi oldini oluvchi maslahatlar

Ayollarda soch to‘kilishini qanday oldini olish mumkin?

Taroqda odatdagidan ko‘proq soch borligini sezsangiz, soch va bosh terisi kasalliklari bo‘yicha mutaxassis — trixologga murojaat qilishingiz kerak. Odatda, inson tabiiy yangilanish jarayonida har kuni 40-60 tukni yo‘qotadi. Agar soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, quyidagi maslahatlarni yodda tuting.

Tanangizni tinglang — Soch to‘kilishi gipoteriozning belgilaridan biri, u qalqonsimon bezdagi o‘zgarishlar sabab yuzaga kelishi mumkin. Bu holat ko‘pincha menopauzadan keyin paydo bo‘ladi. Agar bu davolanmasa, sochlar ingichka, quruq va mo‘rt bo‘ladi. Gipoteriozning boshqa belgilari vazn ortishi, quruq teri va charchoq. Agar ushbu belgilarni o‘zingizda sezsangiz shifokorga murojaat qiling.

Sochni yaxshi parvarishlash va kam yuvish uchun nima qilish kerak?

Ko‘proq oqsil iste’mol qiling — Kam uglevod yoki o‘simlikka asoslangan parhez go‘zallikning yo‘qotilishiga olib keladi. Kundalik minimal oqsil miqdori 45 grammni tashkil qiladi. Ulardan kamida yarmi hayvon oqsillari bo‘lishi kerak.

Soch tolalaringizga dam bering — Qattiq soch turmaklari, soch ulash va doimiy fen bilan quritish follikullarning qarishiga olib keladi. Hech bo‘lmaganda kun ora bo‘sh soch turmagi qilishga odatlaning.

Soch tolalaringizga dam bering

Organizmda temir tanqisligini to‘ldiring — Stress yoki vegetarianlar parhezi metabolik jarayonlar, teri va soch salomatligi uchun mas’ul bo‘lgan ferritin zaxiralaridan mahrum qiladi. Ovqatlanish ratsioningizda temir mahsulotlari miqdorini oshiring yoki vitamin qo‘shimchalaridan foydalaning.

Oziq-ovqat tarkibida vitaminlarning ko‘pligi — B12 vitamini va D vitamini yetishmovchiligi soch o‘sishini sekinlashtiradi va uni soch orasidagi bo‘shliqlarda ko‘rishingiz mumkin. Baliq, go‘sht va sut mahsulotlari bu muammoni hal qiladi.

Teri holatini yaxshilovchi kerakli 7 oddiy qoida

Shampun-konditsionerdan foydalaning — Tarkibida pantenol va glitserin bo‘lgan yengil konditsionerlar hatto qattiq shikastlangan sochlarni namlaydi va uning sog‘lomligini saqlaydi. Sochingizni mustahkamlash uchun bu muolajani e’tiborsiz qoldirmang.

Shifokorga murojaat qiling — Agar sochlaringiz kundan kunga to‘kilib borayotganini sezsangiz, parik kiyish vaqtini kutmasdan, trixologga murojaat qiling.

Bosh terisini massaj qiling

Bosh terisini massaj qiling — Har safar sochingizni yuvganingizda, teringizni massaj qilishga harakat qiling. Hech bo‘lmaganda boshingizni barmoqlaringiz bilan yoki massaj cho‘tkasi bilan taragan yaxshiroq. Yaxshi qon aylanishi salomatlik kaliti.

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiling — Agarda siz tezpishar taomlarni iste’mol qilsangiz, cheksangiz, spirtli ichimliklar ichsangiz va kam harakat qilsangiz — bularning barchasi sochlaringizga ta’sir qiladi. Hech bo‘lmaganda bitta zararli odat sochga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qanday sifatli saqlash kerak?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *