Ko’ngilsiz vaziyatdan chiqish uchun 10 maslahat
Odamlar hayotning qiyin sharoitlaridan turli yo’llar bilan chiqa oladilar. Bunday holatlar inson umri davomida ko’p uchraydi. Ba’zilar qiyinchiliklarga moslashadilar va «oqim bo’ylab» suzishga harakat qiladilar.
Boshqalar esa taqdirdan norozi bo’lib, jahl qiladilar, emotsional qarshilik ko’rsatadilar. Agar siz ham ko’ngilsiz vaziyatlarga tushib qolsangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qilishga urinib ko’ring.
Ko’nglingiz tilagan kishi bilan hamsuhbat bo’ling
Bunday yo’l tutish dardni dasturxon qilish bilan barobar, bu menga yordam bermaydi, bu ko’ngilsizliklarimni yana bir bor eslashga olib keladi xolos deb hisoblasangiz yanglishasiz. Zero, xalqimizda “Ko’ngil taftini ko’ngil ko’taradi” – degan maqol bejizga aytilmagan.
Yaxshi suhbatdosh bo’lishga yordamlashuvchi 20 qoida
Har qanday ko’ngilsizlikning oxiri bor
Ba’zan ko’ngilsizliklar shunday ketma-ket yuz beradiki, uning oxiri ko’rinmayotgandek tuyuladi. Shunday kezlarda og’irroq bo’lishga harakat qiling. Unutmangki, olloh har bir insonga ko’tara oladigan darajada dard beradi. Irodangizga tayanib, intilishda davom eting.
Kitob mutolaa qiling
Kitob o’qish inson ruhini toblaydi. Kitob insonni depressiyadan chiqishda ham ko’mak beradi. Quvonchli va qayg’uli lahzalarda eng yaxshi do’st bu kitobdir.
Musiqa tinglang
Yoqimli musiqa asab tolalarini tinchlantiradi. Ko’nglingiz tusagan kuylarni tinglaganingizda dilingiz yozilganini his qilasiz.
Tabassum qiling
Birovdan o`tganini birov bilmas, deyishadi. Bilganimiz–kulganimiz. Shuning uchun ham tashvishli daqiqalarni tabassum bilan yengishga urinib ko’ring. Bu kuchingizga kuch bag’ishlab, o’zingizga bo’lgan ishonchni ham orttiradi.
Muvaffaqiyatga erishishning juda muhim 5 siri
Spirtli ichimliklar ichmang
Ko’pchillik kishilar og’ir vaziyatga tushganda muammolarni unutish va o’zini yengil his qilish uchun spirtli ichimliklar yordam beradi deb hisoblaydi. Yo’q, bunday yo’l bilan muammo tugunlari yechilmaydi, aksincha, bu sizni yanada yomon ko’rsatib tashvishlarni orttiradi.
Sayohat qiling
O’zingiz bo’lmagan joylarda, piyoda, yoki velosipedda sayr qiling. Bu sizga bir jihatdan zavq ulashsa, boshqa tomondan og’ir damdan chiqish uchun yangi choralar topilishiga ham yordam berishi mumkin.
Tashvishlarni tan oling
Tashvishlardan faqat qochib yurish ham yaramaydi. Adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori, taniqli amerikalik yozuvchi Filippo Peri: “Men o’zimga tegishli bo’lgan va men his qilayotgan narsalarni his etishni xohlayman. Hatto, u baxtsizlik bilan bog’liq bo’lsa ham. Chunki, sen senda bor bo’lgan barcha narsaning o’zisan” — degan ekan.
Sizni qiynayotgan fikrlardan qochib qayerga ham borish mumkin. Eng yaxshisi ularni tan olib, qabul qilib, kelgusida bunday bo’lmasligi uchun foydali xulosalar chiqaring.
Quyosh chiqqunga qadar uyqudan uyg‘onish uchun 6 sabab
Iqtidoringizni ishga soling
Hayotingizni bajarayotgan ishlaringizni yuksaltirishga qarating. O’z kasbingizda yanada mohirlik ko’rsating. Vaqtlar o’tishi bilan muammolar hal bo’ladi, faollik esa sizga yutuqlar olib keladi.
O’zingizni maqtang
O’tgan umringizga nazar solgan holda, qilgan ezgu ishlaringizni birma-bir ko’z oldingizga keltiring. Yuz bergan eng quvonchli lahzalarni eslang. Bajargan savob amallaringiz uchun o’zingizni fikran maqtasangiz qalbingiz yorishadi. Bunday o’ylar sizni yanada olg’a qadam tashlashga undaydi.
Albatta, hayot oq va qora chiziqlardan iborat. Mushkul vaziyatlar har bir kishi bilan yuz beradi. Muhimi, tushkunlikka berilmasdan to’g’ri xulosa chiqarish. Aslida, aqlli bo’lishdan, dono bo’lish afzalroqdir. Aqlli kishilar chigal vaziyatdan qanday chiqishni bilishsa, dono kishilar bunday vaziyatga tushmaslik yo’lini biladilar.
To’g’risi aytganda bu malumot va maslahatlarning hamasi ham hayotda to’g’ri kelavermaydi.