Yaxshi suhbatdosh bo’lishga yordamlashuvchi 20 qoida

Kishilar o’zaro suhbat qurganida iliq taassurot uyg’otishga harakat qilishadiyu ammo har doim ham buni uddasidan chiqaolishmaydi. Yaxshi suhbatdosh bo’lishga erishish esa insonning o’ziga bog’liq. Buning uchun ushbu qoidalar sizga qo’l kelishi mumkin.

Yaxshi suhbatdosh bo'lishning qoidalar

1. Suhbatdoshingizning dunyoqarashiga sidqidildan qiziqayotganingizni o’zi ham sezishiga erishing.

2. Hamisha suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda gapirishga harakat qiling.

3. Samimiy ohangda uning ismini tez-tez aytib turing, Kishi uchun eng shirin tovush o’z ismidir.

4. Sabrli bo’ling, uning o’zi to’g’risida ko’proq gapirishga qiziqtiring.

5. Nozik his qilish qobiliyatiga ega kishi bilan suhbatda butun tafsiloti bilan gapirish uning uchun haqoratdek tuyuladi, buni nazardan qoldirmang.

6. Ba’zi donishmandlarning fikricha yaxshi suhbatdosh bo’lishning faqat bitta usuli bor, bu tinglay bilishdir.

Muvaffaqiyatga erishishning juda muhim 5 siri

Suhbatdoshni tinglay biling

7. Ko’p gapirish bilan ko’p fikr aytish umuman boshqa-boshqa narsalardir.

8. Suhbat davomida xazil-mutoyibadan ham foydalaning. Yengil xazil-mutoyiba kishilarni fikran yaqinlashtiradi.

9. Suhbat davomida sertakalluf bo’ling, suhbatdoshingiz uni nozik didli deb o’ylayotganingizga ishonsin.

10. Xushmuomala bo’lish bilan birga tabassum qilishni unutmang.

11. Suhbatdoshingizning ko’ngliga yo’l topishga urining, ishni maqtashdan, yaxshi jihatlarini samimiy e’tirof etishdan boshlang.

12. Suhbatning boshidanoq do’stona ohangni yaratib uni saqlab qolishga intiling.

Quyosh chiqqunga qadar uyqudan uyg‘onish uchun 6 sabab

Suhbatdoshingizga do'stona munosabatda bo'ling

13. O’z qiziqish doirangiz va xobbilaringiz haqida muayyan tasavvurlaringizni shakllantirib oling. Suhbat jarayonida albatta bu haqida gapirishingizga to’g’ri keladi.

14. Suhbatdoshingizga yoqish uchun voqea-hodisalarga uning nuqtai nazari bilan qarang.

15. Fikringiz jozibali ko’rinishi uchun siyqasi chiqmagan, kam ishlatiladigan so’zlardan topib gapiring. Ayniqsa, bir so’zni takrorlagandan ko’ra uning ma’nodoshlaridan foydalaning.

16. Suhbat yakunida mamnun ekanligingizni bildiring. Yaxshi kayfiyatda xayrlashish bu eng yaxshi nuqta bo’ladi.

17. Muomala madaniyati to’g’risidagi o’quv qo’llanmalar sizning mahoratingizni tubdan o’zgartirishi mumkin. Maqsadingiz jiddiy bo’lsa shunday kitoblarni mutolaa qilishdan erinmang.

18. Zamon bilan hamnafas bo’ling, atrofingizda va dunyoda sodir bo’layotgan muhim yangiliklarni bilib boring. Bu ham suhbatning bir qismi hisoblanadi.

Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?

Suhbatdoshlarni o'zingizga jalb qiling

19. Suhbat jarayonida o’zingizni dadil va uning fikrlariga xayrixohdek tuting.

20. Xech qachon suhbatdoshingizni ochiq tanqid qilmang, kamchiliklarini aytishga to’g’ri kelsa avval o’z kamchiliklaringizni aytib keyin unga o’ting.

Ba’zan hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun iste’dodlilikdan ko’ra kishilar bilan xushmuomalada bo’lish ko’proq muhimdir. Shunday ekan, sizning qaysi darajada bo’lishingiz avvalo xohishlaringizga va albatta ta’kidlanganidek o’zingizga bog’liq.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *