Teri holatini yaxshilovchi kerakli 7 oddiy qoida

Yumshoq, elastik va chiroyli teri nafaqat ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish, balki sog‘lom turmush tarzi natijasi hisoblanadi. Yuzimizdan qancha uxlayotganimizni va nima yeyayotganimizni “o‘qish” juda oson. Har qanday yoshda ajoyib va ​​yaxshi ko‘rinish uchun ushbu yettita qoidani sinab ko‘ring.

Teri holatini yaxshilovchi qoidalar

Terini namlang — Terini tozalash va muntazam namlash, shuningdek, quyoshdan himoya qilish har kuni qilinishi kerak bo‘lgan majburiy ish hisoblanadi. Biroq yosh o‘tishi bilan hujayralar namlikni faolroq yo‘qotadi va uni ancha sekin tiklaydi. Ularga yog‘ massajlari yoki yog‘li niqoblar bilan yordam berish mumkin, bu muolajalarni haftada bir marta uyquga yotishdan oldin bajaring va o‘zgarishlarni tezda his qilasiz.

Terini namlab turish kerak

Oziq-ovqat mahsulotlarini qanday sifatli saqlash kerak?

Yetarlicha uxlang — Kamida sakkiz soat davom etadigan qorong‘i, salqin xonada uxlash sog‘lom hayot uchun zarur. Uyqu paytida organizm yangilanadi (shu jumladan, teri hujayralari ham), zararni “sinov”dan o‘tkazadi va ularni yo‘q qiladi, asab tizimini “qayta ishga tushiradi”.

Yetarlicha uxlang, organizim yangilanadi

Chuqur nafas olish mashqi bilan shug‘ullaning — Chuqur nafas olish stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi va tanamizni kislorod bilan oziqlantiradi va majoziy ma’noda: go‘zallik va sog‘liq uchun doimiy stressdan ko‘ra ko‘proq zararli narsa yo‘q. O‘zingizga mos bo‘lgan dam olish usullarini toping  — meditatsiya, yoga, yurish bilan band bo‘ling va imkon qadar tezroq stressni bartaraf etishga harakat qiling.

Chuqur nafas olish stressdan xalos qiladi

Faol bo‘ling — Sport nafaqat chiroyli qomat va sog‘lom organizm, terining holatiga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Faol turmush tarzi ovqat hazm qilish tizimining normal ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi (bu teri va yuzning tozaligini belgilaydi), yurak va qon tomirlari, ya’ni teri hujayralariga normal qon oqimini ta’minlaydi. Jismoniy faoliyatning o‘zingizga yoqqan turini tanlang va har kuni uni bajarishga harakat qiling.

Sport terining holatiga ham yaxshi tasir ko'rsatadi

Gazli ichimlikdan ham xavfli bo‘lgan 5 ichimlik

Choy iching — Terining chiroyli va sog‘lom bo‘lishida namlikning to‘g‘ri muvozanatini saqlash juda muhim, buni esa yaxshi choy yordamida amalga oshirish mumkin. Zanjabilli qora choy, o‘simlik damlamalari, yalpizli yashil choy — bu ichimliklar terining holatini yaxshilaydi, energiya beradi va terini chiroyli, yorqin saqlaydi.

Choy ichish teri holatini yaxshilaydi

Donli mahsulotlar va yong‘oq iste’mol qiling — Parhezingiz donli mahsulotlar va yong‘oqlarga boy ekanligiga ishonch hosil qiling. Bu mahsulotlar kollagen ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa terini elastik va sog‘lom qiladi. Bundan tashqari, ko‘p yong‘oq turlari sog‘liq va uzoq umr ko‘rishga hissa qo‘shadigan omega-3 ga boy.

Donli mahsulotlar istemol qiling

Sabzavotlar iste’mol qiling — Tarkibida suvi ko‘p bo‘lgan va organizmingizda oson hazm bo‘ladigan: salat bargi, sabzi, bodring, arpabodiyon kabi mahsulotlarni iste’mol qiling. Ularga zaytun yog‘i va limon sharbati qo‘shing (C vitamini teriga juda foydali) va har kuni ushbu mahsulotlar bilan ovqatlaning. Bu mahsulotlar mazali, foydali va chiroyli bo‘lishingizga yordam beradi.

Xo‘jalik sovunidan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *