Bekalar uchun rozg’orda kerakli 20 tavsiya

Ro’zg’orda shunday «ayyorliklar» borki, ular bilan uy yumushlaringizni yengillashtirishingiz mumkin. Qiziqib qoldingizmi? Unday bo’lsa, marxamat!

Bekalar uchun rozg'orda kerakli tavsiyalar

1 — Isitiladigan palovning guruchi ezilib ketmasligi uchun qozonga ozgina qora choy qo’shib yuborilsa kutilgan natijaga erishish mumkin.

2 — Sabzavotlarni bug’da dimlab pishirsangiz, undagi kerakli moddalar va vitaminlar yaxshi saqlanib qoladi.

Sabzavotlarni bug'da dimlab pishirish

3 — Olma, behi, limon va apelsin kabi mevalarni dasturxonga tortishdan avval qaynoq suvda chayib yuborsangiz, hushbo’y hidi gurkirab ketadi.

Bolalarga berish mumkin bo’lmagan mahsulot

4 — Jazirama issiq kunlarda sovutgich ishdan chiqsa, sifati tez buziladigan mahsulotlar — pishloq bilan sariyog’ni darxol shisha yoki chinni idishlarga solib, qopqog’ini maxkam yopish zarur. So’ng suv quyilgan tog’oralar ichiga solib, idishlarning yuqori tomonini nam sochiq bilan o’rab qo’yish kerak.

Sovutgichsiz honadon

5 — Jundan to’qilgan kiyimlarni issiq suv bilan emas, biroz iliq suv bilan yuvish darkor. Avvalo kir yuvish kukuni ko’pirtirib olinadi, so’ng buyum shu suvga botirib, ishqamay yuviladi. Sovuq suvda 2-3 marta chayilgach, ozroq kukun ko’pirtirilgan toza suvga botirib olinsa, yumshoq bo’ladi. Suvini sochiq yoki toza choyshabga shimdirib olgach, tekis joyga choyshab to’shab, uning ustida quriting.

6 — Tukli sochiqlarni yuvib, chayib bo’lgach, biroz tuz qo’shilgan suvga bo’tirib qo’ying. Bu uning yumshoq bo’lishiga yordam beradi.

Yuvilgan sochiqlarni yumshoq qilamiz

7 — Rangi chiqadigan kiyimbosh, yostiq jildlari kabi buyumlarni, juda kir bo’lib ketgan deraza pardalarini bir necha daqiqa tuzli suvga ivitib qo’yib, keyin yuvsangiz o’z holatini o’zgartirmaydi va oson yuviladi. Tuz bir chelak suvga bir oshqoshiq miqdorida solinishi kerak.

8 — Kir sovunda ishqor va har xil kislotalar ko’p bo’ladi. Uni ishlatganda, ayniqsa, kir yuvganda qo’llar dag’allashib, teri yorilishi mumkin. Shuning uchunbu sovunda kir yuvib bo’lgach, qo’lga biror hil krem yoki vazelin surtib qo’yish kerak.

Kiyimlarni yuvib qolga krem surtamiz

9 — Qo’l kirmaydigan chinni va shisha buyumlarni tozalash uchun ichiga qaynoq suv quyib, g’ijimlangan qog’oz soling va yaxshilab chayqating.

Yangi yil archasi qanday tanlanadi?

10 — Agar dazmol qilayotganda ipli gazmol ko’ylagingiz, dasturxon, sochiq kabi buyumlarni kuydirib qo’ygan bo’lsangiz, suv qo’shilgan qatiqqa o’sha yerning o’zini tuni bilan ivitib qo’ying. Chayib tashlasangiz, dog’dan asar ham qolmaydi.

Dazmolda kiyim kuydirsa

11 — Kiyimga tekkan qizil yoki sariq dog’larni limon kislotasi bilan osonlikcha ketkazish mumkin.

12 — Benzin va moyli bo’yoq ishlatgandan so’ng qo’lga o’rnashib qolgan hiddan halos bo’lish juda qiyin. Lekin qo’l yuvadigan suvingizga ozroq hantal qo’shib yuborsangiz, teringizda hech qanday dog’ ham hid ham qolmaydi.

Hantal yordamida tozalash

13 — Sirli idishda pishirayotgan ovqatingiz tagiga olsa, idish iste’mol sodasi solingan ( ikki litr suvga bir choyqoshiq miqdorida) suv bilan qaynatilsa oson keladi.

14 — Dazmol bosishdan qolgan sariq dog’lar vodorod pereoksidi bilan (yarim stakan suvga bir choyqoshiq miqdorida), rangdor ipak va jun gazlamalaridagi dog’lar spirt bilan artiladi. Yoki piyozning o’rtasidan kesib, undan chiqqan suvni matoning sarg’aygan joyiga tomizing va sovuq suvda chayib tashlang.

Dazmol bosishdan qolgan sariq doglar

15 — Shokoladdan qolgan dog’ni ketkazish uchun kiyimni sho’r suvga botirib qo’yish kerak.

16 — Kumush taqinchoqlarni tozalash uchun limon sharbatiga yumshoq matoni botirib arting.

17 — Baliqni yangi tutilganligini tekshirish uchun uni suvga solib qo’yish kerak. Agar baliq cho’ksa, demak yangi tutilgan.

Turli mamlakatlarda sayyohlarni qanday harakatlari uchun jarimaga tortishadi?

18 — Pirog tovaga yopishib, tushishi qiyinlashsa, tovani bir ikki daqiqa suvga qo’yib turish kerak. Shunda pirog osongina ko’chadi.

Pirogni tovadan osongina ko'chirish

19 — To’rt va pirojniylarga yong’oq qo’shmoqchi bo’lsangiz, uni oldin gaz pechida qizdirib oling. Bu pishiriqning yanada hushbo’y bo’lishiga yordam beradi.

20 — Pirog pishirayotganda gaz pechi eshigini qarsillatib yopmang. Aks holda ko’tarilayotgan pirog “cho’kib” qolishi mumkin.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *