Jahldan qutulish uchun kerakli tavsiyalar
Jahl nima? Qachon jahlingiz chiqqan? Tez-tez jahlingiz chiqib turadimi? Jahlingiz chiqqanida o‘zingizni bosa olasizmi? Jahldor insonni kimga o‘xshatasiz?
Jahl insonning muayyan voqea hodisa yoxud holat bilan kelisha olmasligi, ojizlik, uddalay olmaslik, eplay olmaslik, aytganiga erisha olmaslik oqibatidir.
Jahl lahzali jarayon, bir zumda jahlingiz chiqadi, muammo bartaraf etilishi bilan yana o‘z holingizga kelasiz. Lekin o‘sha o‘z holatingizni topguningizga qadar siz xuddi och arslon, vahshiy ilon, dahshatli sher, xurpaygan xo‘roz, o‘ljasiga tashlangan burgut kabisiz.
Jahl aqlni butkul bo‘ysundirgani uchun siz qilayotgan xatti harakatlar, masalan, stolni mushtlab urish, devorga boshni urish, idishlarni sindirish, bolalarni urish, erning xotinni do‘pposlashi, qo‘shnilarning bir biriga haqoratli so‘zlarni yog‘dirishi.
Qolaversa, quda andalar o‘rtasida pardaning ko‘tarilib, bir birlaridan ayb qidirib, urushishlari, aka uka va opa singillarning arzimas matoh yoki gap-so‘z uchun jahl qilib bir-birlariga ozor berishlarini o‘sha vaqtda to‘g‘ri baholash mushkul. Nega? Negaki, hamma o‘zicha haq, jahl qilgan ham, jahl qilinishiga sabab bo‘lgan inson ham.
Stressdan tezda qutulish uchun 20 aniq tavsiyalar
Jahl chiqishi uchun bahona ko‘p
Lekin jahlni bosish insondan juda katta matonatni talab etadi. Dasturxonning bir tarafi qiyshiq turibdimi, jal qilmang, yaxshisi, o‘zingiz to‘g‘rilab qo‘ying.
Qo‘shningiz maqtanib, hammaga o‘zini ko‘z ko‘z qilyaptimi, parvo qilmang, u o‘zini harqancha maqtasa ham, obro‘siga obro‘ qo‘shilib qolmayaptiku, nega jahl qilishingiz kerak?
Jahli chiqqanda ko‘zguga qarang: siz o‘zingizga o‘xshamay qolgansiz. O‘sha damda siz o‘zingizni yo‘qotib qo‘ygandek, siz o‘zingizda emas, o‘rningizga boshqa bir odam siz bo‘lib qolgandek. Siz o‘zingizni o‘zingiz tanimay qolishingiz aniq.
Jahldor insonning psxixologik portreti
Qovog‘i solingan, boshi biroz tanadan oldin yuradi, tishlari jips, og‘zi doimo yumuq, qo‘llari musht holatida, o‘tirganida ikki oyog‘ini likkillatishni yaxshi ko‘radi, mashina haydaganida boshqalarni so‘kib haydaydi, o‘nqir-cho‘nqirlarga tushib, kerak bo‘lsa yo‘lchilar bilan xam urishib oladi, atrofdagilariga tez va qattiq ovoz bilan gapiradi.
Qish faslida kayfiyatni qanday ko‘tarsa bo’ladi?
Xuddi xozir urib yuboradigan xolatga kelib gapiradi. Ularning ruhiyatida vayronkorlik, buzg‘unchilikdan rohatlanish kayfiyati bo‘lgani uchun, ular jahli chiqqanida bir qop semiradi, go‘yo.
Ulug‘ Vatan Urushi payti odamlar orasida tushkunlik – depressiya, nevroz holati eng kam bo‘lgan. Sababi o‘lim xavfi turgan payti boshqa muammolarga munosabat oddiyroq qarash tarzida bo‘lgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha paytlarda tug‘ilgan chaqaloqlar orasida nogironlik ham ko‘p bo‘lmagan, o‘sha paytda tug‘ulganlar past bo‘yli va noshud bo‘lib o‘sishmagan. Depressiya va nevroz xolati ichki nizoning ko‘rinishi tarzida jaxl bo‘lib insondan taraladi, go‘yo.
Bir bolakayning qo‘lidagi o‘yinchog‘ini olib qo‘ydingiz, deylik. Bolakay nima qiladi. Albatta, yig‘laydi, dod soladi, onasiga aytib beradi, noliydi va shikoyat qiladi. Agar bu bola kuchli bo‘lganida u o‘z o‘yinchog‘ini oldirib qo‘ymasligiga ishonib, o‘zini vazmin tutgan bo‘lar edi.
Demak, jahlning tagida kuchsizlik, ojizlik, yenga olmaslik kabi ruxiy xolat yotadi. Inson biror muammoli vaziyatni yenga olmasa, jahlni o‘ziga qurol qilib o‘zini ximoya qiladi, biror narsaga erishmoqchi bo‘lsa ham, jahl bilan amalga oshiradi.
Yosh tadbirkorlar uchun kerakli 5 oddiy maslahat
Hattoki, nizoli vaziyatlarda ham, nohaq bo‘la turib, jahl bilan o‘zining “haq”ligini isbotlashga intiladi. Boshqalarga o‘z noroziligini bildirish uchun so‘kinadi, avtomobilning eshigini qattiq va jahl bilan yopadi, keskin gapiradi, bu esa o‘sha insonning ojizligini ko‘rsatadi.
Jahl chiqmasligi uchun vaziyatni to‘g‘ri baholash, to‘g‘ri qaror qabul qilish, imkoniyatsizlikdan imkon topish, baqirib chaqirib emas, yumshoqlik bilan holatdan chiqish – bularning barchasi Siz tanlagan eng to‘g‘ri yo‘ldir.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Ishda quvvatni oshirish va energiyani saqlash uchun tavsiyalar
- Katta yo‘ldagi 12 kichik eslatmalar
- Yomon qarorlar qabul qilishni oldini olish mumkinmi?
- Baxtli va Sog‘lom inson fe’l-atvorining 25 tarkibi
- Inson o‘zini-o‘zi sevishi xudbinlikmi?
- Xiyonatni oshkor etib qo‘yuvchi ba’zi 20 belgilar
- Kishi o‘zini rivojlantirishiga doir kitoblarning asosiy g‘oyalari
- Omadli hamda Omadsiz inson farqlari
- Baxtni his qilish uchun bajarish shart bo‘lgan 3 amal
- Idrokni mukammal shakllantirish uchun 11 tavsiya