Shaxsiy rivojlanish uchun kerakli bo’lgan 10 qadam
Shaxsiy rivojlanish insonni mukammallik sari yetaklaydi. Inson hamisha o’zini rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Quyida shaxsiy rivojlanish uchun qilish kerak bo’lgan 10 ta eng muhim ish ro’yxati berildi.
Har kuningizni sarhisob qiling
Har kuni tunda uxlashdan oldin, o’tkazgan kuningizni analiz qiling va qilgan xatolaringiz va qilishga ulgurmagan ishlaringizni yozib boring.
Keyingi kuni o’tgan kungi xatolaringizni takrorlamaslikk harakat qiling va qilishga ulgurolmagan ishlaringizni qilishga harakat qiling. Bu narsa sizni intizomga o’rgatadi va tez orada o’z natijasini ko’rsatadi.
O’zingiz rivojlantirmoqchi bo’lgan qobiliyatingiz haqida o’qing
Biror bir qobiliyatingizni rivojlantirishni istaysizmi? Unda u haqida o’qing. Kirishimli bo’lishni istaysizmi? Unda odamlar bilan munosabat to’g’risidagi kitoblarni o’qing.
O’zingizga bo’lgan ishonchni orttirmoqchimisiz? Unda shu mavzudagi kitoblarni o’qing. Xullas, har qanday qobiliyatingizni rivojlantirishni istasangiz, dastlab, shu mavzuga oid kitoblarni o’qing. Ular sizga albatta to’g’ri yo’l ko’rsatadi. Ishonavering.
Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi yomon 5 odat
Kundalik rejalar daftari tuting
Ya’ni har kuni qiladigan ishlaringiz ro’yxatini tuzib oling. Va ana shu reja asosida ish ko’ring. Boshlanishiga barcha yozganlaringizni qilishga ulgurolmasligingiz mumkin. Lekin vaqt o’tgan sari barcha ishlarni qilishga ulgurasiz.
Rag’bat / Jazo tizimiga amal qiling
Biror xato ish qilib qo’ysangiz, o’zngizni biror usul bilan jazolang. Misol uchun, bir kun kech tursangiz, nonushta qilmang(jazo sifatida), keyingi kun nonushta qilish uchun ham erta turishga harakat qiladigan bo’lasiz.
Rag’batlantirishga keladigan bo’lsak, biror kitobni o’qib tugatsangiz, o’zingiz sevgan biror ish bilan shug’ullaning.(ijtimoiy tarmoqqa kirsangiz ham mayli)
Ustoz toping
Ustoz aynan sizdan yoshi katta odam bo’lishi yoki repititor bo’lishi shart emas. Muhumi ustozning yoshi emas, balki siz bilishni istaydigan narsani bilishi kerak.
Hatto o’z tengdoshingiz ham siz bilmaydigan ko’p narsalarni bilishi mumkin. O’rganishdan uyalmang. Ustoz sizni to’g’ri yo’naltirib turadi. Bu orqali siz ko’zlagan maqasadingizga tezroq erishasiz.
Muvaffaqiyat sari ruhlantiruvchi sara statuslar va iboralar
Oldin siz odatni shakllantiring, keyin odat sizni shakllantiradi
Kundalik hayotingizdagi zararli odatlaringizni aniqlab oling. Bunday odatlar, albatta, barchamizda bor. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarga ko’p vaqt sarflash, kech turish, kech uxlash va hokazo.
Ushbu zararli odatlaringizni foydali boshqa bir odatlarga almashtiring. Ushbu foydali odatlar borib-borib o’z samarasini ko’rsata boshlaydi.
Erishayotgan yutuqlaringizni tahlil qilib turing
O’zingizda qanday o’sishlar bo’lgani tahlil qilib boring. Buning uchun o’zingizning hozirgi holatingiz bilan bir oy yoki bir yil oldingi holatingizga solishtirib ko’ring.
O’zingizga nisbatan qattiqqo’l bo’ling
Hech qachon o’zingizni o’zingiz aldamang. Biror xato ish qildizmi, albatta, yuqoridagiga o’xshash jazo tizimini qo’llang.
Hayotingizni tubdan o’zgartirib yuborishga qodir 2 savol
Davomiylikka amal qiling
Nima ish qilsangiz ham, uni vaqt o’tib to’xtatib qo’ymang. Oz-ozdan qiling lekin har doim qiling. Misol uchun har kuni kitob o’qishga harakat qilyapsizmi, bir kun yuz bet o’qib keyingi kun tashlab qo’ymang. Undan ko’ra 20 betdan o’qing, lekin har kuni o’qing. Hech qachon to’xtab qolmang.
O’zingiz havas qiladigan odamlardan o’rnak olishga harakat qiling
O’zingiz havas qiladigan odamlarning yaxti taraflarini o’zlashtirib olishga harakat qiling. Garchi bu taqlid qilishga o’xshasada, ularning ibratli jihatlarini o’rganib olish zarar qilmaydi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Aqliy salohiyatingizni susaytiruvchi yomon 5 odat
- Muvaffaqiyat sari ruhlantiruvchi sara statuslar va iboralar
- Hayotingizni tubdan o’zgartirib yuborishga qodir 2 savol
- Ko’ngilsiz vaziyatdan chiqish uchun 10 maslahat
- Yaxshi suhbatdosh bo’lishga yordamlashuvchi 20 qoida
- Muvaffaqiyatga erishishning juda muhim 5 siri
- Quyosh chiqqunga qadar uyqudan uyg‘onish uchun 6 sabab
- Ishlarni kechiktirish odatidan qanday qutulish mumkin?
- Milliarderlardan muvaffaqiyatsizlik va qo‘rquvni yengish sirlari
- Maqsadlar tezda amalga oshmasligining asosiy 10 sababi
Judayam to’g’ri, lekin bu uchun juda katta sabr kerak ekan, chunki men ijtimoiy tarmoqlarga o’rganib qolganman, undan kamroq foydalanishim uchun o’zimni jazolashim kerak deb o’ylayman.