Muvaffaqiyat sari ruhlantiruvchi sara statuslar va iboralar

Insonning hayotdagi eng katta dushmani bu uning o’zi, eng ahmoqona qilig’i esa yolg’on ishlatishidir.

Insonning eng katta qoqilishi ishonchsizlik, eng katta kulfati hasad, eng katta qayg’usi o’zini yo’qotish, eng katta aybi noshukurlik, eng katta xatosi qadrini bilmaslik, eng ajoyib holati yiqilgandan keyin o’zini o’nglay olishi, eng katta yo’qotishi umidini yo’qotish, eng katta yetishmovchiligi tushunmovchilik, eng buyuk qobiliyati uning qalbidir.

Muvaffaqiyat sari yetaklovchi statuslar va iboralar

Har kimning orzusi muvaffaqiyatga erishish, muvaffaqiyatli bo’lish, muvaffaqiyat qozonish. Buning uchun kishiga ishtiyoqni qo’zg’atadigan kuchli motivatsiya kerak bo’ladi.

Quyida mashhur shaxslarning muvaffaqiyatga erishish borasidagi tavsiyalarini va ruhlantiruvchi iboralarni e’tiboringizga taqdim etmoqdaman.

Ushbu statuslar muvaffaqiyat kaliti vazifasini bajarishi uchun ularni sinchkovlik bilan o’qib hayotingiz uchun amal qiling.

Hayotingizni tubdan o’zgartirib yuborishga qodir 2 savol

Muvaffaqiyatli kishilardan muvaffaqiyat uchun statuslar

1. «O‘zgalar senga shafqatsiz bo‘lishini istamasang, o‘zing o‘zingga shafqatsiz bo‘l». — Leonid Leonov.

2. «Erishib bo’lmas maqsadlar bo’lmaydi. Shunchaki dangasalik va ko’plab bahonalar bor» . — Heavy check mark.

Muvaffaqiyatli kishilardan statuslar

3. Men mashg’ulotlarning har bir minutidan nafratlandim. Ammo o’zimga o’zim «To’xtama! Hozir og’riqli ammo qolgan hayotingda CHEMPIONLARDEK yashaysan!» — Muhammad Ali.

4. «Buyuk ish qilishning birdan bir yo’li — qilayotgan ishingni sevishingdir. Agar bunday ishni hali topmagan bo’lsang, izlashda davom et!» — Stiv Jobs.

5. «Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa sizni ruhlantirishi mumkin». — Grace Coddington.

6. «Ko’p pul topa bilish — uddaburonlik. Ularni saqlash — oqillik, to’g’ri ishlata bilish esa — san’atdir». — Vertold Auerbax.

7. «O’zgarishlar doimo qo’rqinchlidir. Ammo sizning hayotingizni siz uchun hech kim o’zgartirmaydi. Siz qanday yo’l tutish kerak ekanligini tushunasiz, ammo qo’rquvga qaramay, olg’a harakat qilasiz. Mana shu muvaffaqiyatning asosiy qoidasidir». — Paulo Coelo.

8. «Mayda ishlarga zeb bergan odam buyuk ishlarga noqobil bo’ladi». — Francois de Larochefuca.

Ko’ngilsiz vaziyatdan chiqish uchun 10 maslahat

9. «Hayotiy kurash belgilangan maqsad sari ongli intilishga aylangan paytdan boshlab kishi o’zini baxtli hisoblashi mumkin». — Pisarev Dmitriy.

10. «Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz». — Shahir Za.

11. «Agar siz uchun pullar mustaqillikka erishuvchi yagona yo’l bo’lsa, siz ularni hech qachon qo’lga kirita olmaysiz. Inson bu dunyoda yagona qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan narsa bu BILIM! Tajriba va mahorat zahirasidir!» — Genry Ford.

12. «Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin.

13. «Insonlar seni xato anglaganlariga xafa bo’lma. Chunki eshitganlari sening ovozing, xayolidan o’tkazganlari esa o’z tushunchalaridir» — Mavlono Rumiy.

14. «Muvaffaqiyat uchun hech qanday sir yo’q. Bu tayyorgarlik, mashaqqatli mehnat va muvaffaqiyatsizlikdan o’rganish natijasidir». — Colin Powell.

15. «Atrofingizdagi hamma narsaga e’tiborli bo’ling. Atrof-yangi tajribalar va yangi g’oyalar uchun ajoyib manba». — Stiv Jobs.

Ruhlantiruvchi, motivatsiya uyg’otuvchi iboralar

— Muvaffaqiyatsizlik degan tushuncha yo’q, har bir narsaning o’z sababi va yashirin sabog’i mavjud.

— Muvaffaqiyatga shunday erishingki, sizning g’alabalaringiz haqida boshqalar gapirishsin, siz emas.

Ruhlantiruvchi va motivatsiya uyg'otuvchi iboralar

— Muvaffaqiyat qozonuvchilar fursat kelishini kutib o’tirmaydilar, balki, ana shu fursatni o’zlari qo’lga kiritib qo’ya qoladilar.

— Hayot qanchalar shavqatsiz bo’lsa ham, sizning ilk orzuingiz doimo yodingizda bo’lsin.

— Barcha yaxshi narsalar taslim bo’lmaganlarga keladi, kutganlarga emas!

— Har bir muvaffaqiyatsizlik sizni qaytadan ruhlantirmog’i lozimdir! Turing va harakatni boshlang.

Yaxshi suhbatdosh bo’lishga yordamlashuvchi 20 qoida

— Maqsadiga erishish uchun harakat qilmagan kishining temiryo’l relisida uxlayotgan odamdan sira farqi yo’q!

— Muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatsiz insonlar qilolmaydigan ishlarni qilishadi. Osonroq emas, yaxshiroq bo’lishiga harakat qiling.

— Ojiz inson doim javobgarlikni kimga yuklasam ekan, deb qidiradi! Kuchli inson esa aksincha, javobgarlikni doim o’z zimmasiga oladi! Ojiz odam bundan yanada ojiz, kuchli inson kuchli bo’lib boradi.

— Eshiklar qanchalik katta bo’lmasin, ularning kaliti kichkina bo’ladi!

— Ba’zan sizning birgina tabassumingiz ayrim insonlarning hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Hech qachon tabassumni ayamang.

— Inson oldiga ikkita maqsadni qo’ya olsa, uni yo’lidan hech bir inson va hech narsa to’xtata olmaydi: Birinchisi bu — hech qachon taslim bo’lmaslik. Ikkinchisi — birinchisini doimo yodda saqlash.

— Odamlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, «Peshona ekanda,taqdirda shunday deb yozilgan ekan» deyishadi. Lekin yutuqqa erishganda hech kim taqdirga yozilganini eslamaydi. Aksar xatolarimizning natijasini taqdirga yuklab, qutulib qolmoqchi bo’lamiz…

— Siz ertani kutasiz lekin doimo bugun kelaveradi. Ertadan o’zgarmoqchimisiz nega unda bugundan boshlamayapsiz?!

— Bo’ldi, o’xshamadi deb hech qachon yengilmang, sabr qiling. Natija kutganingizdan a’lo chiqishi mumkin.

Muvaffaqiyatga erishishning juda muhim 5 siri

Xulosa sifatida nima deymiz?

Xulosa sifatida men ijtimoiy tarmoqlardan birida uchratganim, muallifini bilmaganim ushbu jumlalarni keltiraman. Bu jumlalarni tez-tez takrorlab turish asl inson muvaffaqiyati uchun xizmat qiladi. O’zingizga quyidagicha va’dalarni bering!

Xulosa sifatida nima deymiz
  • Qalb xotirjamligini hech kim buza olmaydigan darajada kuchli bo’laman!
  • Yo’limda uchragan har bir kishiga sog’liq baxt va muvaffaqqiyat tilayman.
  • Har bir do’stimni qandaydir iste’dodi borligiga ishontraman.
  • Har qanday vaziyatning faqat yaxshi tomonini ko’raman, negaki niyatlarim amalga oshishi uchun harakat qilaman.
  • Faqat yaxshi narsalarni o’ylayman, faqat yaxshi narsalar yarataman va faqat yaxshi narsalarni kutaman.
  • Boshqalarning yutug’idan xuddi o’z yutug’imdek quvonaman.
  • O’tmishdagi xatolarni unutib diqqatimni kelajakdagi yutuqlarga qarataman.
  • Doim ochiq chehra bilan yurib har bir kishiga tabassum ulashaman.
  • Atrofdagilar tanqid qilishiga asos qolmaydigan darajada hayotimni o’zgartiraman.
  • Xavotirlanmaslik uchun hotirjam, g’azablanmaslik uchun kechirimli, qo’rqmaslik uchun kuchli bo’laman va muammolar yuzaga kelmaydigan darajada baxtli yashayman.
  • O’zimni qadrlashimni boshqalarga ham bildiraman, buni balandparvoz gaplar bilan emas yaxshi muomala bilan amalga oshiraman.

Men o’zimga ishonganday bunga ishonaman: Butun dunyo men tomonda!

  1. Tirkashova Jannat:

    Assalomu alayko’m. Ushbu statuslar menga rosa yoqdi. Muvaffaqiyat bu bizning harakat mahsulimizdir.

  2. Yangiljon:

    Ushbu maqolalar va statuslar menga judagam yoqdi va albatda kerakli MOTIVATSIYA’ni berdi desam bo’ladi! Rahmat kattakon! Men Turkmanistonlik muxlisingizman har bir statuslaringizni intiqlik bilan kutaman!

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *