Hayotingizni tubdan o’zgartirib yuborishga qodir 2 savol

Aksariyat kishilar boy va muvaffaqiyatli bo’lishni istashadi-yu, maqsadni aniq qo’yish haqida chuqur o’ylab ko’rishmaydi. Men yuqori marralarga erishishim kerak, men o’zimni ko’rsatishim kerak degan maqsad bu mavhum fikrdan boshqa narsa emas.

Hayotingizni o'zgartirib yuborishga qodir savol

O’z hayotingizni muvaffaqiyatli insonlar kabi tashkil etish uchun quyidagi 2 savolga javobni o’zingizdan izlab ko’ring. Bu savollar sizni hotirjamlikka, diqqatingizni kerakli nuqtalarga qaratishga, hayotda o’z o’rningizni topishga yordam beradi. Bunday bo’lish uchun savollarni shunchaki o’qib qo’ymasdan, jiddiy yondoshgan holda asl javobni topishga harakat qiling.

Ko’ngilsiz vaziyatdan chiqish uchun 10 maslahat

Puldan hech qanday muammoingiz bo’lmasa, nima ish bilan shug’ullanardingiz?

Tasavvur qiling, siz allaqachon milliardersiz, mashaqqatlar bilan bunga erishdingiz, endi nima qilmoqchisiz? Endi pul uchun ishlashingiz shart emas, pul borasida umuman havotiringiz yo’q, yiqqan mablag’laringizni qanday sarflardingiz?

Hayotingiz o'zingizning qo'lingizda

Kuningizni qanday o’tkazasiz, dunyo bo’ylab sayohat qilasizmi, ulkan imoratlar qurasizmi, siyosiy jihatdan o’z intellektingizni namoyon qilasizmi, butun boshli futbol klubini sotib olasizmi, yo shaxsiy samolyot, yaxta sotib olishni istaysizmi, yoki biror xususiy telekanal ochish haqida o’ylaysizmi?

Balki butunlay boshqa bir narsani istarsiz? Men barcha yaxshi narsalarni istardim degan fikrni xayolingizdan chiqarib bittasi haqida ko’proq o’ylang. Bu savollar siz intilayotgan muvaffaqiyatdan keyingi hayotingiz mazmuni bo’ladi, yashashning mazmuni bo’ladi.

Yaxshi suhbatdosh bo’lishga yordamlashuvchi 20 qoida

Boshqalar siz haqingizda nima deb eslashlarini xohlaysiz?

Aytaylik, siz bu dunyodan o’tdingiz, odamlar siz haqingizda nima deb eslashlarini istaysiz? “Qo’li ochiq saxiy inson edi”, “oqko’ngil va mard inson edi”, “Yangilikka intiluvchan va ixtirochi inson edi”, “Xudoning zikrini tildan qo’ymaydigan inson edi”, “Dovyurak va qo’rqmas inson edi”, “Doimo aytgan so’zining ustidan chiqadigan pokdomon kishi edi” va hokazo.

Siz ushbu jumlalardan qay biri bilan eslanishni istaysiz? Balki, bundanda boshqa iboralar bilan xotirlashlarini xohlarsiz? Albatta, orzu qilishga haqqingiz va o’ylaganingizga yetishish imkoniyati bor. Buning uchun esa siz o’z hayotingizni shunga monand qilib yashashingiz talab etiladi. Agar to’g’ri yashayveraychi, bir gap bo’lar deydigan insonlar qatorida bo’lsangiz, oldingizga ulug’ maqsad qo’yishdan ma’ni yo’q.

Hayot bu sizga o'yinchoq emas

Darhaqiqat, Muayyan marraga yetish uchun aniq yo’l, aniq maqsad kerak bo’ladi. Siz umringizning ko’p, juda ko’p qismini maqsadsiz o’tkazyapsiz. Nima xohlashingizni o’zingiz ham bilmay yashayayotgandirsiz, balki.

Muvaffaqiyatga erishishning juda muhim 5 siri

Maqsadni yuqori olyapsiz, yuqoriga Narvon qo’ydingiz. Shu narvonni to’g’ri binoga (marraga) qo’ydingizmi, mashaqqatingizni, mehnatlaringizni to’g’ri yo’naltirish uchun nima izlayotganingizni o’ylab ko’ring. Yuqoridagi ikki savolga bor diqqatingizni jamlab javob bering.

Ba’zan hayotda shunday bo’ladi, bittagina kelgan yorqin fikr chaqmoq kabi kishining hayotini shu kabi yoritib, shu kabi ruhlantirib yuboradiki bu fikr, bu xulosa kishining butun umri uchun xamroh, turtki bo’ladi. Ushbu savollar sizning asl “MEN”ingizni yaratishga yordam beradi.

  1. Marjona:

    Assalomu alayko’m. Maqolani o’qib chiqib o’zim uchun yaxshi saboq oldim, bu yerdagi fikrlarga qo’shilaman.

  2. Narmin Po'latovna:

    Mening fikrimcha bu yerdagi barcha «ma’lumotlar» shunchaki aravadagi bo’sh qoplardek gap!

  3. Mubina:

    Assalomu aleyko’m. Maqolani o’zim uchun o’qib chiqdim. Fikrlarga to’lig’icha qo’shilaman.

  4. Shoxa:

    Assalomu alayko’m barchaga. Umuman olganda maqolaga gap yo’q, hamma gap bu yerdagi maslahatlarga qanchalik amal qilishimizda.

  5. Guli:

    Gap yo’q sizlarga, juda yaxshi va boshqalar uchun foydali bo’lgan maqola tayyorlabsizlar, men bu narsalarga amal qilishga harakat qilaman.

    • Umidjon:

      Assalomu alaykum hammaga. Juda zoʻr maqola boʻlibti. Albatta bizni hayotimiz yaxshi niyat va amallarga bogʻliq. Bu qoidalarga amal qilganlarni hayotda muovfaqiyatga erishishiga aniq ishonaman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *