«20 daqiqa» qoidasi siz uchun qanchalik foydali
Kun davomida quyida qayd qilingan foydali jihatlarni amalga oshirish uchun vaqtini ajratgan insonlarning shaxsiy hayoti keskin tarzda yaxshi tomonga o‘zgarib ketadi.
1 — Kuniga 20 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, salomatligingiz xavotirini chekmaysiz.
2 — Har kuni 20 daqiqasini uy sarishtaligiga sarflagan odam besaranjomlik g‘amidan qutuladi.
Biznesda yo‘l qo‘yib bo‘lmas 7 ta xarakter va xususiyat
3 — Kuniga 20 daqiqasini diqqatni jamlash uchun sarflagan kishi ijod qobiliyatsizligidan nolimaydi.
4 — Eri yo xotinini eshitish uchun kuniga 20 daqiqa ajratadiganlar munosabatlarda muammo chiqishidan xavotir olmasa bo‘laveradi.
5 — Bir kunda 20 daqiqa foydali kitob o‘qiydigan kishi dunyoqarashi kengayishiga ishonaverishi mumkin.
6 — Kuniga eng kamida 20 daqiqa vaqtini bolalariga bag‘ishlagan odam esa ular orqasidan yaxshi gap eshitishga umid qilsa bo‘ladi.
7 — Bir kunda 20 daqiqa ochiq havoda sayr qilgan kishining nafas yo‘llari kasalliklaridan uzoq bo‘ladi.
8 — Daromad keltiruvchi manba yaratish to‘g‘risida har kuni 20 daqiqa bosh qotirgan inson moliyaviy farovonlikdan xavotirlanmasa ham bo‘ladi.
Muvaffaqiyatga yetaklovchi eng zarur 12 odat
9 — Kuniga dam olish uchun 20 daqiqa fursat ajratadigan inson holdan toyish va qattiq toliqishdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi.
10 — Foydali kitoblar o‘qish uchun kuniga 20 daqiqa vaqt ajratadigan kishi qanday qilib mutaxassis bo‘lish to‘g‘risida kuyinmasa ham bo‘ladi.
11 — Kuniga 20 daqiqa o‘zi bilan qolib, ishlarini tahlil qilolgan odam hayotning chigal yo‘llarida adashib qolmaydi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Biznesda yo‘l qo‘yib bo‘lmas 7 ta xarakter va xususiyat
- Muvaffaqiyatga yetaklovchi eng zarur 12 odat
- Muvaffaqiyatga erishish uchun zarur 10 ta sir
- Hech kimga aytmasligingiz kerak bo‘lgan 7 narsa
- Ichki qo‘rquvdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
- Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz
- Sizni maqsadingizga eltuvchi 5 ta oltin qoida
- Siz komfort zonani zudlik bilan tark etishingiz kerak
- Shaxsiy rivojlanishga doir Yaponcha usul
- Maqsadlarga SMART usulida qanday erishish mumkin?
juda zo‘r fikrlar hammasi zor👍
Very good😀
Juda-juda zo’r, foydali malumot ekan, kattakon raxmat.
Bizga hayotda ast qotadigan malumotlar uchun tashakkur sizga!