Har doim «ish beradigan» hayotning 16 oltin qoidasi

Bu qoidalarni hayotiy hikoyalar to‘plamidan ko‘chirib oldim… qarshilik qila olmadim, ularni katta varaqqa yozib olib, o‘zim va oilam uchun eslatma sifatida oshxonamizdagi burchakka ilib qo‘ydim. Ushbu “Oltin qoidalar”ni sizlarga ham ilindim. Ajabmaski, qoidalar kimgadir yordam bersa…

Har doim kerak bo'ladigan hayotning oltin qoidasi

Pul va Boylik haqida eng dono masallar

  1. O‘rganish qoidasi: Hayotimizda uchraydigan har bir inson bizga nimanidir o‘rgatish imkoniyatiga ega.
  2. O‘zaro munosabatlar qoidasi: Boshqalar xatosini muhokama qilishdan oldin, o‘zingizga e’tibor bering. Loy tashlagan kishining qo‘li toza bo‘lmaydi.
  3. Bumerang qoidasi: Birovga yordam qo‘lini cho‘zganimizda, biz o‘zimizga yordam berayotgan bo‘lamiz.
  4. Katta yo‘l qoidasi: Boshqalarga ularning bizga nisbatan qilganidan ko‘ra yaxshiroq munosabat qila boshlasak, biz yuqori darajaga o‘ta olamiz.
  5. Bolg‘a qoidasi: Birovning peshonasidagi chivinni o‘ldirish uchun hech qachon bolg‘a ishlatmang.
  6. Alamzadalik qoidasi: Dilsiyoh kishi alamini boshqalardan oladi.
  7. Almashinuv qoidasi: Birovni “o‘tqizib” qo‘yishdan oldin, uning o‘rniga o‘zimizni qo‘yib ko‘rishimiz kerak.
  8. O‘n ball qoidasi: Birovning yaxshi fazilatlariga ishonish orqali odatda inson, o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyon qilib qo‘yadi.
  9. Kamsuqumlik qoidasi: O‘zi bilan murosa qila olishlikdagi qulaylik boshqalarga bizning yonimizda o‘zlarini erkin his qilishiga yordam beradi.
  10. Xarizma (shaxsiy joziba) qoidasi: Odamlar bilmay turib, o‘ziga qiziqqan odamga qiziqish bildirishadi.
  11. Vaziyat qoidasi: Hech qachon vaziyat siz uchun o‘zaro munosabatlardan ko‘ra muhimroq bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang.
  12. Hamkorlik qoidasi: Hamkorlikda qilingan ish g‘alabaga erishish ehtimolini oshiradi.
  13. Bir tanganing ikki tomoni qoidasi: O‘zaro munosabatlarning haqiqiy sinovi nafaqat do‘stlarimiz muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ularga qanchalik sadoqatli ekanligimizda, balki ular muvaffaqiyatga erishganida qanchalik xursand bo‘lganimizda bilinadi.
  14. Chidamlilik qoidasi: Yolg‘iz sayohat qilgandan ko‘ra boshqalar bilan qilingan sayohat sekinroq o‘tadi. Agar uzoqqa bormoqchi bo‘lsangiz, birga boring, tez ketmoqchi bo‘lsangiz, yolg‘iz yuring.
  15. Moyillik qoidasi: Teng bo‘lgan sharoitlarda odamlar o‘zlariga yoqadiganlar bilan ishlashga moyil bo‘ladi, sharoitlar teng bo‘lmaganda ham, ular baribir shunday qilishadi.
  16. Handaq qoidasi: Jangga tayyorgarlik ko‘rayotib, handaqni shunday qazingki, unda o‘zingiz bilan birga do‘stingiz ham sig‘adigan bo‘lsin.

Insult xavfidan qanday qilib oldindan ogoh bo‘lish mumkin?

Qoidalarni Bahora yozib oldi.

Maqolani baholang

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Pul va Boylik haqida eng dono masallar
  2. Insult xavfidan qanday qilib oldindan ogoh bo‘lish mumkin?
  3. Yozda nimalarni yeyish tavsiya etilmaydi?
  4. Qalbaki atirni original atirdan qanday farqlasa bo‘ladi?
  5. SPF kremni yuzga qancha miqdorda qanday surtish kerak?
  6. Xonaki gullarni qishda parvarishlash uchun 6 maslahat
  7. Oshqozon hajmini kichraytiruvchi oddiygina layfxak
  8. Ozmoqchi bo‘lsangiz ushbu 5 tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak
  9. Semirib ketmaslik uchun ozgʻin ayollardan 10 foydali odat
  10. Sochlar tez yogʻlanib qolishiga muhim 8 sabab

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *