Har kuni noto‘g‘ri amalga oshiriladigan 9 kundalik odat

“UzBaza.uz” nashri tuxum tozalash, telefonni quvvatlash kabi odatiy yumushlarni oson hamda tez bajarish usullari bilan bo‘lishadi.

Noto'g'ri amalga oshiriladigan kundalik odatlar

Ichimliklarni qanday sovitish kerak? — Muz va suv 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Har bir litr suv uchun 2 osh qoshiq tuz qo‘shiladi. Shishalar muzli suvga solinadi, shunda ular to‘liq qoplanadi. Ikki daqiqadan so‘ng ichimlik 10 daraja sovuq bo‘ladi.

Ichimliklarni qanday sovitish kerak

Lab bo‘yog‘ini o‘chirish mumkinmi? — Buning uchun soch uchun mo‘ljallangan lak lab bo‘yog‘i dog‘iga sepiladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Keyin dog‘ gubka bilan artib olinadi va odatdagidek yuviladi.

Lab bo'yog'ini o'chirish mumkinmi

Yiliga bir marta tozalanishi kerak bo‘lgan uy jihozlari

Qanday qilib kalitlarni chalkashtirib yubormaslik mumkin? — Kalitlarni turli xil rangdagi lak bilan bo‘yash tavsiya etiladi. Agar kalitlar ko‘p bo‘lsa va qaysi rang qaysi qulfga mos kelishini eslab qolish qiyin bo‘lsa, qulflar va kalit teshiklariga lak bilan rangli belgilar qo‘yish mumkin.

Kalitlarni chalkashtirib yubormaslik usuli

Mikroto‘lqinli pechda makaronni qanday tezda isitish mumkin? — Aslida, suyuq sous bo‘lmagan har qanday taomni shunday istish kerak. Uni isituvchi plastinka ustiga qo‘yish mumkin emas, chunki taomni o‘rta qismi isimaydi. Shunchaki taomni aylana shaklida tezroq isitish mumkin.

Makaronni mikrato'lqinli pechda qanday isitish kerak

Tuxumni qanday qilib tez tozalash mumkin? — Tuxum qaynatiladigan sovuq suvga bir osh qoshiq iste’mol sodasini qo‘shish tozalash jarayonini oddiy va tez amalga oshishiga yordam beradi.

Tuxumni po'stlog'idan tezda tozalash

Soch to’kilishiga qarshi yordam beradigan mahsulotlar sirasi

Oziq-ovqatlarni yopiq holda saqlashning qanday usuli mavjud? — Ko‘pincha mahsulotlar namlikni (masalan, pechenye) yoki hidni o‘zlashtirib olmasligi kerak. Bunday vaqtda havo o‘tkazmaydigan idishlarga ehtiyoj yo‘q, faqat plastik butilkaning bo‘yni va qopqog‘ini kesib olish kifoya. Bunday qadoqlash hatto poyezd yoki samolyotda uzoq safarga ham bardosh beradi.

Oziq-ovqatlarni yopiq holida to'g'ri saqlash

Qanday qilib pashshalardan ichimliklarni himoyalash kerak? — Oddiy keks qoliplar yoki qahva idishi filtrlari piknikda ichimliklarni hasharotlardan himoya qiladi.

Ichimliklarni pashshalardan himoyalash usuli

Smartfonni tezda quvvatlantirish uchun layfxak — Uni “uchish” rejimiga qo‘yish yoki o‘chirish tavsiya etiladi. Mobil telefon energiyani yangilanishlarga, tarmoqni qidirishga va hokazolarga sarflamaydi va tezroq quvvat oladi.

Smartfoningizni to'g'ri zaryadlash

Sochga saqich yopishganda undan qanday xalos bo’lish mumkin?

Rakvina tagini qanday tezda tozalash mumkin? — Dush pardasi ilinadigan moslamani rakvinaning tag qismiga joylashtirib, barcha ilish mumkin bo‘lgan jihozlarni osib qo‘yish mumkin. Natijada barcha narsa tartibli turadi.

  1. Usmonxon:

    Assalomu alayko’m barchaga. Juda zo’r ekan barcha malumotlar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *