Kambag‘allikka olib boruvchi 7 yomon odat

Ko‘plab insonlar bugungi kunda yetarli moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lmasligi va pul bilan muomala qilishda zarar keltiradigan yomon odatlardan qutula olmasligi yirik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bugungi maqolada shaxsning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga to‘sqinlik qiladigan ana shunday zararli odatlar haqida so‘zlashamiz.

Muvaffaqiyatli moliya fanlari bo‘yicha mutaxassis Stiv Berns qashshoqlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan 7 ta yomon odat va kundalik xatti-harakatlarni keltirib o‘tdi.

Kambag'allikka olib boruvchi yomon odatlar

Maqsadni qanday qilib samarali aniqlash mumkin?

Sifatsiz uyqu — Yaxshi pul topish aqliy va jismoniy mehnatni, bu esa o‘z navbatida yaxshi uyqu va damni talab etadi. Uyquning yetishmasligi semirish va vazn ortishiga va keyinchalik sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga tibbiy xarajatlarning oshishiga olib kelishi mumkin. Uyquning yetishmasligi sog‘lom turmush tarziga putur yetkazadi. Doimiy uyqusizlik sharoitida ta’lim olish va muvaffaqiyatga erishish qiyin.

Tamaki va psixoaktiv moddalarga qaramlik — Tamaki mahsulotlari, alkogol yoki turli giyohvand moddalarni sotib olish sizga qimmatga tushadigan odatdir. Ularning iste’moli jiddiy kasalliklarga, jumladan, og‘iz bo‘shlig‘i saratoni va shizofreniya kabi muammolarga olib kelishi mumkin. Bunday kasalliklarni davolash katta xarajatlarni talab etadi. Ayniqsa, giyohvandlik boshpanasiz qolish va qashshoqlikning asosiy sababidir.

Noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi — Masalan, tez-tez fastfud taomlarini sotib olish sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi va semirish hamda oshqozon bilan bog‘liq kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bu sog‘liqni saqlash uchun bo‘lgan xarajatlarning miqdorini oshiradi va mahsuldorlikni pasaytiradi. Shu tariqa qashshoqlik charxpalagi aylanishda davom etadi.

Arzimas 13 sabab tufayli hayotingizni buzmoqdasiz

Moliyaviy bilimlarning yetishmasligi — Moliyaviy savodxonlikning yo‘qligi va pullarni boshqara olmaslik yomon odatdir. Budjet tuzish, tejash va investitsiya qilish bo‘yicha bilimlarning yetishmasligi odamlarni kambag‘allikda qolib ketishga olib keladigan noto‘g‘ri qarorlarga olib kelishi mumkin. Dastlabki moliyaviy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar o‘z mablag‘larini samarali boshqarishda qiynaladilar.

Davlat imtiyozlariga qaramlik — Davlat tomonidan beriladigan nafaqa puli va yordam puliga qaramlik va hukumatga moliyaviy tobe bo‘lish insonlarning moliyaviy daromad olishlariga to‘sqinlik qilib, qashshoqlik davomiy bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Zararli odatlar — Zararli odatlar tufayli kelib chiqadigan surunkali kasalliklar tufayli sog‘liqning yomonlashuviga va vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotishga va hatto ishdan bo‘shashga olib keladi. Buning ustiga tibbiy xarajatlar qashshoqlikning davomiy bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

Ishda quvvatni oshirish va energiyani saqlash uchun tavsiyalar

Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining yo‘qligi — Moliyaviy barqarorlikka erishishda banklar insonlar jamg‘armalarini rag‘batlantirishda bank tizimi muhim ahamiyatga ega. Bank xizmatlaridan, masalan, omonat puli qo‘yish kabilardan foydalanish imkoni bo‘lmasa, katta ehtimol bilan, odamlar tejash haqida o‘ylamaydi va pullarni qanday sarf qilayotganini tahlil qila olmaydi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *