Tahorat olib yotishning 6 fazilati haqida hadislar

1 — Tahoratli holda yotgan bandaning haqiga farishtalar duo qiladi. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim pok holida uxlasa, uning haqqiga bir farishta: «Allohim, bu bandangni mag‘firat qil. Chunki u pok holida uxladi», deydi (Imom Ibn Hibbon rivoyati).

Tahorat olib yotish haqida hadislar

2 — Tahoratda yotgan bandaning duosi maqbul bo‘ladi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir mo‘min banda Allohni zikr qilib, pok holida uxlasa va kechasi turib, Allohdan dunyoyu oxirat yaxshiligini so‘rasa, Alloh unga so‘ragan narsasini, albatta beradi», dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Jannatga yaqinlashtiruvchi amal haqida hadislar

3 — Qiyomat kunida ham tahoratli holida tiriladi. Ulamolar: «Uyquga yotishdan oldin olingan tahoratni o‘limga tayyorgarlikning dastlabki qadami» deydilar. Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: «Tahorat olib yotgan holida vafot etgan kishining ruhi tahoratli holda qayta tiriladi» (Fathul Boriy, Umdatul Qoriy).

4 — Tahoratda yotish yomon tushlar ko‘rishdan saqlaydi. Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh aytadi: «Kim tahorat olib o‘rniga yotsa, yaxshi tush ko‘radi» (Fathul Boriy).
Muhammad Zakariyo Kandehlaviy rahmatullohi alayhi bunday deydi: «Tahorat olgan holda uxlashga yotish, yomon tush ko‘rishdan saqlaydi» (Taqrir Buhoriy).

Tahoratda yotish

5 — Tahoratda yotish tunni ibodat bilan o‘tkazganning savobiga noil etadi. Al-Ijliy aytadi: «Kim tahorat olgan holida Alloh taoloni zikr qilib o‘rniga yotsa, to uyg‘onguniga qadar Alloh taoloning ibodatida qoim bo‘lganlar savobiga musharraf bo‘ladi». (Fathul Boriy).

6 — Tahoratda yotgan bandaning ruhi Alloh taoloning Arshi oldida sajda qiladi. Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi: «Qachon mo‘min banda uxlasa, uning ruhi Arshga ko‘tariladi. Agar banda tahoratli holida yotgan bo‘lsa, uning ruhiga Arshda Alloh taologa sajda qilishiga ijozat beriladi» (Ibn Muborak Kitabuz-Zuhd, Fathul Boriy).

Ro‘zayi Ramazonga xos sara hadislar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat ustiga tahorat qilsa, Alloh unga o‘nta (savob) yaxshilik yozadi», deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Hazrat Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan birortangiz tahorat olsa-yu, tahoratini yaxshilab qilsa, so‘ngra: «Ashhadu allaa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu. Va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu», deb aytsa, albatta, unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi va u xohlaganidan kiradi», dedilar» (Imom Muslim rivoyati).

5/5 - (5 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
  2. O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
  3. Hadislarda ism qo'yish borasida nima deyilgan
  4. Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
  5. Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go'zal ismlar)
  6. Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday
  7. Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
  8. Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
  9. Jannatga yaqinlashtiruvchi amal haqida hadislar
  10. Namoz haqida oyat va hadislar to'plami
  1. Аноним:

    E qoyilman juda zor malumotlar bor ekan

  2. Аноним:

    Ishlarga omad

  3. Аноним:

    Olloh rozi bolsin rahmat

  4. Аноним:

    Juda ajoyib maqola Olloh rozi bo’lsin

  5. Nomsiz:

    Olloh rozi bo’lsin rahmat

  6. Аноним:

    Yaxshi malumotlar bor ekan

  7. Jafar as Sodiq:

    Jazakallohu xoyron

  8. Faxruddin:

    Yo Qodir egam bu qanday ajjoib ma’lumotlar.Alloh rozi bo’lsin shu insondan

  9. HUSAN:

    Juda zoʻr ekan man har kuni yotishdan oldin tahorat qilib olaman

  10. Gulchehra:

    Alloh rozi bo’lsin sizlardan. Ijodlaringizga omadlar tilayman. Katta rahmat.

    • UzBaza.uz:

      Gulchehra assalomu alayko’m. Avvalo bildirgan samimiy fikringizdan mamnunmiz. Ilohim aytganingiz ijobat bo’lsin. Alloh barchamizdan rozi bo’lsin.

  11. Baxodir:

    Xamisha niyatlaringizga yetib yuring raxmat!

    • Farrux:

      Rahmat kattakon sizlarga, Tahorat olib yotishning fazilati haqida juda yaxshi ma’lumotlar berilgan ekan.

  12. Mumina:

    Rahmat bilib oldim, bilganlarimni takrorladim, Alloh rozi bo’lsin barchamizdan.

  13. Elyor:

    Kotta rahmat bu malumotlar ajoyib vafoydali ekan. OLLOHIM rozi bo’lsin barchamizdan!!!

  14. Nargiza:

    Juda ajoyib. Sizlardan mehribon Allohim rozi bo’lsin!

  15. Sherzod:

    Inna lillayhi va inna ilayhi rojiun.

  16. Dostonbek:

    Alloh sizlardan rozi bo’lsin.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *