Mehnat qilish haqida eng sara hadislar
Xalqimizda mehnatdan kelsa boylik turmush bo‘lar chiroylik degan ajoyib maqol bor. Albatta mehnat kishini ulug‘laydi. Ammo mehnat qilish uchun ham kishida ilm, aqil, fahmu farosat bo‘lishi kerak.
Alloh taolo Baqara surasining 172- oyatida «Ey, imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz!» — deb marhamat qilganlar. Demak mehnatimiz halollik asosida bo‘lishi va poklik mezonida o‘lchanishligi kerak ekan.
Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak Odam (a.s) dehqonchilik, Idris (a.s) xattotlik, Nuh (a.s) durodgarlik, Dovud (a.s) esa temirchilik bilan shug‘ullanishgan. Payg‘ambarlar mehnat bilan shug‘ullanib bizlarga o‘rnak bo‘lgan ekan, bizlar ham o‘zimiz yoqtirgan kasbning ustasi bo‘lib, oilamizni halol pokiza rizq bilan boqishimiz kerak.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan xadisda Payg‘ambarimiz(s.a.v) shunday deganlar: «Kimki tilanchilik qilishdan saqlanish, oilasini boqish va qo‘ni-qo‘shnilariga muruvvat qilish maqsadida halol yo‘l orqali rizq topish bilan mashg‘ul bo‘lsa, qiyomat kunida u Alloh taolaga yuzi to‘lin oydek yorug‘ bo‘lgan xolida yo‘liqadi». Bu hadisi sharif har birimizning dasturul amalimiz bo‘lishi zarur.
Halol mehnat kishini ulug‘laydi va jannat tamon yetaklaydi. Tabaroniy rivoyat qilgan xadisda Payg‘ambarimiz(s.a.v) shunday marhamat qilganlar: «Gunohlar ichida shundaylari borki, unga faqat halol rizq topish maqsadida qilingan harakatgina kafforat bo‘ladi».
Mehnat qilish insonning fazilatidir
O‘zgalarga muhtoj bo‘lmaslik uchun mehnat qilish insonning fazilatidir. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Tabukdan qaytayotgan Janobimiz (s.a.v.) o‘zlarini qarshi olgan Sa’d bin Mu’oz (r.a.)ga dedilar:
– Ey Mu’oz, qo‘llaringdagi nimaning izi?
Sa’d bin Mu’oz (r.a.) javob berdilar:
– Yo Rasululloh, ketmon chopib, oilamni boqayapman. Bu izlar o‘shandan…
Shunda Rasululloh (s.a.v.) hazrati Mu’oz (r.a.)ning qo‘llarini o‘pib:
– Bu qo‘llarni jahannam otashi kuydirmaydi, – dedilar…
Tahorat olib yotishning 6 fazilati haqida hadislar
Kunlarning birida yosh yigitning erta sahardan ishga ketayotganini sahobiylardan ba’zilari yoqtirmay gapirishdi. Ular orasida bo‘lgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar:
– Unday demanglar! Agar u ishga birovga muhtoj bo‘lmaslik, ota-onasi va oilasi ahlini zoriqtirmaslik uchun ketayotgan bo‘lsa, har qadami ibodat. Lekin agar niyati qo‘lga kiritadigan puli bilan maqtanish, kayf surish bo‘lsa, uning sherigi shaytondir.
Yaxshi niyat bilan mehnat qilishi ibodat
Yuqoridagi rivoyatlardan ma’lum bo‘ladiki, musulmon kishining yaxshi niyat bilan mehnat qilishi ibodat.
«Mehnat qilish ham ibodat ekan, namozga nima hojat», degan tushuncha xato, bunday deyish bilan kishining imoni ketadi. Zotan, mehnatning ibodat hisoblanishi namozlarni to‘kis ado etish, haromdan qochish bilan bo‘ladi. Luqmasining halol bo‘lishini istagan kishi quyidagi besh narsaga diqqat qilishi lozim:
- Rizq topish harakatida ekan, Alloh taolo farz qilgan ibodatlarni tark etmaslik;
- Daromad, foyda topish uchun kishilarni ranjitmaslik;
- Ishga kirisharkan, o‘zi va oilasi nomusini himoyalashni niyat qilish;
- Ish davomida o‘zini haddan ortiq charchatmaslik;
- Mehnatni faqat rizq topish sabablaridan deb bilish. Chunki kishiga rizqni qilayotgan mehnati emas, Alloh taolo beradi.
Mehnat va ish quroli haqida topishmoqlar
Shunday ekan kelajagimiz bo‘lmish jondan aziz farzandlarimizga halol kasb hunar o‘rgatib, hech qachon o‘zgalarning xaqqiga ko‘z tikmaydigan, vatani, xalqi, dini uchun jon fido qiladigan ruhda tarbiya qilmog‘imiz lozim.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
- O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
- Hadislarda ism qo'yish borasida nima deyilgan
- Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
- Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go'zal ismlar)
- Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday
- Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
- Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
- Islom dinidagi eng muhim 4 amal
- Tahorat olib yotishning 6 fazilati haqida hadislar
Inson mehnati bilan ulug`lanadi. Qo`rquv yoki boshqa narsalar bilan emas.
Mehnat ham minnatli emas balki rozilik bilan bo`lishi kerak.
Barcha narsaga ham mehnat bilan yetiladi.
Juda zõr ekan
Menga juda yoqdi, har doim mehnat qilish kerak.
Juda tuģri aytingiz.Mehnat qilgan inson barcha narsaga erishadi.Mehnatni halollik bilan qilish lozim.
Albatta halol mehnat qilib ibodatni ham oʻz vaqtida ado etish kerak!
Menga bu hadislar judayam yoqti, kottakon rahmat sizlarga 🥰
Mehnat insonda o’zi paydo bo’ladi. Mehnat bilan narsa olish mumkin, ammo ko’p narsa emas. Ba’zilar jismoniy mehnat bilan, boshqalar aqliy mehnat bilan shug’ullanishadi. O’ylab ko’ringchi qaysi biri oson. Albatta aqliy mehnat. Aqliy mehnat haqida gap ketar ekan u biror mansabni egallab olishga yordam beradi. Men bu gapim bilan jismoniy mehnat yomon uni qimanglar demoqchi emasman aqliy mehnat oson. Kitob o’qish bilan hamma o’qishga kira olmaydi. Kitobni o’qidim bo’ldi endi o’qishga kirar ekanman deyishadi. Bu xato. Kitobni o’qib turib uning mag’zini tushunish kerak.
Menga yozgan hadisalaringiz juda yoqdi!
Ha to’g’ri aytasiz.
Mehnat qilishni qanchalik foydali ekanligini ifodalab beruvchi bu Hadis menga juda yoqdi.
Menga juda yoqdi
Menda ham juda yaxshi taasurotlar qoldi
Yana yõqmi bõlsa tashang
Albatta mehnat orqali inson hayotida kòp narsalarga erishadi u hayot mazmuni
Yaxshikan manga yoqdi zor ekan
Ha. Gaplaringizga qo’shilaman. Hammangizni fikringiz menga juda yoqti. Har bir inson halol mehnatlari evaziga rohat olishni hohlaydi.
Ajoyib va ma’noli
Mehnat-insonning ko’rki. Mehnat bilan topilgan rizq-nasiba halol, harom mehnat bilan topilgan narsa esa harom bo’lib qolaveradi. Mehnat qilganimizda albatta uning orqasida ham yaxshilik bo’ladi.
Manga juda yoqdi . Yozgan hadislaringiz ham juda ma’noli yana bir bor raxmat.
Assalomu aleykom menga Juda yoqdi shu yozganilarni ona tilidan uy ishimni qivoldim
Rahmat katta, Alloh rozi bo‘lsin hammangizdan, men ham ona tilidan uy ishimni qilib oldim.
Menga ham juda yoqdi zo‘r, gap bo‘lishi mumkin emas.
Juda tuģri
🤗🤗😊😊😊juda chiroyli yozibsiz
Juda zor
Juda zo’r hadislar ekan, Olloh rozi bo’lsin sizdan, omin, shunaqa insonlar ko’paysin.
Men jannatni orzu qilaman bu maqolalar meni yanada ruhlantirdi mehnat ruhni yengil va xotirjam qiladi raxmat!
Juda ham kerakli ma’lumotlar ekan sizga rahmat! ★★★
Mehnat haqidagi sara hadislar uchun ming bor rahmat.
Zo’r shunaqa odam ko’payaversin ishonganimiz Ollohdir!!!
Ollohim har bir mo’min-musulmon bandasini yaxshilikka, qalbini go’zal iymonli qilsin, juda ham kerakli manoli gaplar ekan.
Mehnat qilish haqidagi ushbu sara hadislar menga yoqdi. Sizlargaham ushbu hadisni o’qib chiqishni maslahat beraman.
Juda zo’r ekan, o’qib chiqdim, odamlar halol mehnat qilishi kerak.
Juda yaxshi hadislar ekan. Manga juda yoqdi. Hammaga kottakon raxmat 😊
Mashallah. Shunaqa chiroyli hadislar beribsilar. Alloh ishilani rivojini bersin 🤲
Rahmat ☺️ hadislar uchun. Menga foydasi tegdi rossayam. Inshaalloh bundan ham yaxshi hadislar chiqarasizlar degan umiddamiz.
Hammaga kotta rahmat, juda zo’r Hadislar ekan. Hammaga salom yo’llagan holda!!!
UzBaza.uz platformasiga katta rahmat, juda yaxshi sayt ekan, bu yerda foydali ma’lumotlar ko’p, hozirda halol ishlar ko’p bo’lgani kabi harom ishlar ham bor, Allohim bizni halol va munosib ishlar olib borishimizga yordam bersin.
Bu hadislarda juda ko’p ma’no bor. Juda zo’r.
Manga ham juda ham yoqdi, agar yana Hadislar bo’lsa tashlasalarning juda yaxshi bo’lar edi.
Menga juda yoqdi. Mehnat haqida maqollar juda zo’r. Mehnatni ham qilish kerak, ibodat ham qilish kerak.