Ro‘zayi Ramazonga xos sara hadislar

Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhu Rasululloh (sollalohu alayhi vasallam)dan rivoyat qiladi: «Jannatning bir eshigi bordirki, uning nomi Rayyondir. Qiyomat kuni Ro‘zadorlar qani? deyiladi. Ularning oxirgisi kirishi bilanoq ushbu eshik yopiladi» (Imom Buxoriy, Imom Termiziy rivoyati).

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Kim ro‘zadorni iftor qildirsa, unga o‘shaning ajricha ajr bo‘lur. Shu bilan birga, ro‘zadorning ajridan hech bir narsa kam bo‘lmas, dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Ramazon haqida hadislar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: Ba’zi ro‘zadorlar borki, ularga ro‘zasi uchun ochlikdan o‘zga narsa bo‘lmas. Ba’zi tunda bedor bo‘lganlar borki, ularga bedorligi uchun uyqusizlikdan o‘zga narsa bo‘lmas, dedilar» (Ibn Moja, Ahmad va Hokim rivoyati).

Farishtalar kimni duo qiladi?

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri: «Batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Arjda, ro‘zador hollarida, issiq va chanqoqlikdan boshlaridan suv quyayotganlarini ko‘rdim», dedi (Imom Abu Dovud, Nasoiy va Ahmad rivoyati).

Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululoh sollallohu alayhi vasallam (Ramazondagi oxirgi) o‘n kunlik kirsa, tunni qoim qilar va ahllarini uyg‘otardilar, bellarini mahkam bog‘lardilar» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: Ramazon kelsa, jannat eshiklari ochiladi, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi, deganlar» (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

yaxshilik haqida hadis

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Kim Ramazonda farzligiga ishonib, savob umidida ro‘za tutsa, uning avvalgi gunohi kechiriladi, dedilar» (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Bir banda Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutsa, o‘sha kungi ro‘zasi sababli Alloh uning yuzini do‘zaxdan yetmish yillik masofaga uzoq qiladi, dedilar» (Imom Buxoriy, Imom Termiziy rivoyati).

Jannatga yaqinlashtiruvchi amal haqida hadislar

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Sahar taomidan nahor ro‘zasiga, qaylula uyqusidan kechaning qiyomiga yordam olinglar, dedilar» (Ibn Moja, Hokim va Tabaroniy rivoyati).

Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Modomiki iftorni tez qilar ekanlar, kishilar xayrlikda bo‘lurlar, dedilar» (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: Ramazonning qazosini xohlasa tarqoq, xohlasa ketma-ket qiladi, dedilar» (Doraqutniy rivoyat qilgan. Ibn al-Javziy  sahih degan).

Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy Ramazon ro‘zasini tutsa, farjini saqlasa va erga itoat qilsa, unga Jannatning  qaysi eshigidan xohlasang, kiraver, deyiladi» (Imom Ahmad rivoyati).

Namoz haqida hadislar

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Saharlik qilinglar. Chunki saharlikda baraka bordir, dedilar» (Imom Buxoriy, Imom Termiziy rivoyati).

Tahorat olib yotishning 6 fazilati haqida hadislar

Ummu Ummora Ansoriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu sahobiya huzuriga kirgandilar, u taom tortiq qildi. U zot: «O‘zing ham yegin», degandilar, u: «Men ro‘zadorman», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro‘za tutgan qaysi odamning oldida  boshqalar ovqatlansa, to yeb tugatgunlaricha (yoki to‘ygunlaricha) farishtalar ro‘zador haqqiga duoda bo‘ladi», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men: Ey Allohning Rasuli, menga Alloh manfaat beradigan ishni amr qiling», dedim.  U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ro‘zani lozim tut, uning o‘xshashi yo‘qdir», dedilar (Imom Nasoiy va Hokim rivoyat qilishgan).

Munira Abubakirova tayyorladi

  1. Muslima:

    Assalomu alayko’m. Ushbu hadislarni Arabcha matnini ham kiritsangiz nur ustiga nur bo’lar edi.

  2. Marjona:

    Rahmat. Barchasi zo’r har doim odamlarga shunday qilib yordam bering.

  3. Shodiyona:

    Assalomu alayko’m barchaga, Mana Ramazon oyigaham sanoqli kunlar qoldi, ushbu kunda barchalarimizni tutgan Ro’zamizni Olloh o’z dargohiga qabul qilsin.

    • Foydalanuvchi:

      Ilohomin ushbu kunlarda barchamiz sog’ salomat bo’laylik.

  4. Diyora:

    Paygʻambarimiz haqida hadislar yuboringlar.

  5. Bobur:

    Rahmat hammaga, shu hadislardan Paygʻambarimiz haqidagilarini ham joylanglar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *