Farishtalar kimni duo qiladi?

Ali roziyallohu anhu shunday deganlar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Biron musulmon kimsa boshqa bir musulmonni ertalab ko‘rgani borsa, to kech kirgunicha yetmish ming farishta uning haqqiga duoda bo‘lishadi».

«Agar kechqurun ko‘rgani borsa, to ertalabgacha yetmish ming farishta uning haqqiga duoda bo‘lishadi. Hamda bu kishiga jannatda terib, yig‘ib qo‘yilgan meva bo‘ladi», deb aytganlarini eshitdim (Termiziy).

Farishtalar kimni duo qiladi

Sharh:
Ushbu hadisda fazilatli amallardan biri aytilmoqda.

Tahorat olib yotishning 6 fazilati haqida hadislar

Ya’ni, mazkur amal sohibi haqqiga farishtalar xayr duo qilishar ekan. Nabiy sollallohu alayhi  vasallam kimni haqqiga farishtalar xayr duo qilishsa Alloh taolo uni gunohlarini kechirishini aytganlar.

Qaysi bir kimsa Alloh taolo roziligi niyati ila biron bir betob insonni, u qarindoshmi yoki begonami, kattami yoki kichikmi ziyorat etsa, farishtalardan uning haqqiga bo‘ladigan duoga sazovor bo‘lar ekan.

Bu yerdagi asosiy narsa bemorni Alloh rizosi uchun ziyorat qilishdir. Va qolaversa bemor oldida ko‘p o‘tirmaslik, ezmalanib ko‘p gapirmaslik, uning haqqiga salomatlik tilab duo qilish, inshaalloh yaxshi bo‘lib ketasiz, deya  ko‘nglini ko‘tarish ziyorat odoblaridan bo‘ladi.

Allohning Elchisi bemor oldiga kirsalar:  «Zarari yo‘q, Alloh xohlasa, yaxshi bo‘lib ketasiz» der edilar.

Jannatga yaqinlashtiruvchi amal haqida hadislar

Bemor ziyoratida: «O‘hho‘o‘, muncha ozib ketibsiz, tamom bo‘psizku», kabi aziyat beruvchi so‘zlardan tiyilish lozim.

Imkonga va bemor holatiga qarab biron bir hadya berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ana shundayin ziyorat sababli farishtalar duosiga loyiq bo‘lish va Alloh taolo fazli ila gunohlardan forig‘ bo‘lish imkonimiz bor ekan.

Hadisdagi kechqurun ziyorat qilishdan murod qorong‘u tushgach degan ma’nodadir. Tun yarmida borib bezovta qilimaslik odobga muvofiq bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim biror kasalni borib ko‘rsa yoki Alloh yo‘lidagi birodarini ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi: «Pok bo‘lding, yurishing ham pok bo‘ldi va jannatdan o‘zing uchun joy tayyorlab qo‘yding», deb nido qiladi, dedilar (Termiziy).

Ro‘zayi Ramazonga xos sara hadislar

Demak, niyatni to‘g‘ri qilib, biron manfaat ko‘zlamay, faqatgina Alloh rizosi istagida biron birodarini ziyorat qilinishi shunchalar manfaatli ekanki, ham farishta duosiga va ham jannatiylar amaliga muvofiq bo‘lgan amal sohibi bo‘linar ekan. 

Bundayin imkonni qo‘ldan bermaylik, biron bemor bo‘lsa Alloh rizosi niyatida ziyorat qilib,  farishtalar duosiga sazavor bo‘lish imkonimiz bor!

Sunnatulloh Abdulbosit

  1. Ozoda:

    Juda ajoyib ! Yanada boyitilsa bundanda yaxshi bo’lardi.

  2. Xadicha:

    Bunday narsalarni avvalo bilishimiz kerak, bu qiziqarli dunyoni emas o’zimizni qaqiqiy uyimizni yani, JANNATga qiziqishimiz kerak bu dunyo shunchaki bir sinov, men demoqchimanki ko’proq QUR’ONI KARIMNI, HADISLARNI, IMONNI VA VAFO KAZOLARNI ko’proq bilishimiz kerak.

    • UzBaza.uz:

      Xadicha assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. Aytganlaringizni bariga qo’shilaman, ertami kechmi bu foniy dunyoni tark etamiz, shunday ekan hayotlik paytimizda o’zimizdan yaxshi va savobli ishlarni qoldirmog’imiz lozim.

  3. Ҳусан:

    Ассалому алайкум. Берилган маълумотлардан фойдалансам бўладими. Ижтимоий тармоқ видеолар учун.

    • UzBaza.uz:

      Husan Assalomu alayko’m. Albatta foydalanishingiz mumkin. Iloji bo’lsa bizning saytimiz UzBaza.uz ni eslatib o’tib ketsangiz minnatdor bo’lgan bo’lar edik.

  4. Malikabonu:

    Juda zo’r rahmat. Ta’sirlandim o’qib 👏

  5. Munisa:

    Barchaga assalomu alayko’m, bunday malumotlarni taqdim etayotgan sizlarga katta raxmat aytaman, ancha narsani bilib oldim, juda qiziqib o’qidim.

  6. Shohida:

    Ajoyib maqola ekan, bu malumotlar menga juda yoqdi.

  7. Qosimboy:

    Juda ajoyib hikoyalar ekan, men ham bunga amal qilaman, sizlarga omad tilayman!

  8. Kumushoy:

    Assalomu alaykum. Hadislar uchun rahmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *