Beshikdayoq gapirgan uch go‘dak
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: uch go‘dakdan boshqa hech kim beshikda so‘zlagan emas.
Birinchisi. Iso alayhissalom o‘zlari onalarining gunohi yo‘qligi va Alloh subhanahu va taoloning barhaq payg‘ambari ekanliklari haqida Alloh taolo Qudrati bilan beshikda tilga kirib so‘zlagan ekanlar.
Ikkinchi. Bani Isroilda Jurayj ismli obid bo‘lib, o‘zining alohida ibodatxonasida yakkayu yagona Allohga ibodat qilardi.
Hatto shu darajada mashg‘ul ediki, onasi kelib, u bilan suhbat qilishni istaganda ham ibodatini tark etmas edi. Bu bir necha marta takrorlanganidan keyin onasi xafa bo‘lib, «Parvardigoro, uni yomon axloqli ayolga duchor etgandan keyin jonini ol!» deb duo qildi.
Eng ulug‘ fazilat: Ibratli rivoyat
Bir kuni Bani isroilliklar uning ibodatini va taqvodorligini ta’rif-tafsir qilayotganlarida bir ayol o‘rnidan turib: «Uni aynitishimni istaysizmi?» — deb so‘radi. «Mayli», — deb javob qilishdi. Shundan keyin bu makkora ayol obidning oldiga kelib, o‘zini kasalga soldi. Obid unga qayrilib ham qaramadi.
Jurayjning uyiga yaqin joyda bir cho‘pon mollarini boqib yurardi. Kun isiganda uning uyi soyasida mollari dam olib yotar edi. Badbaxt ayol cho‘ponni hiyla-nayranglari komiga tortib homilador bo‘ldi. Vaqt-soati yetib, o‘g‘il tug‘di. Odamlar undan: «Bu kimning bolasi», — deb so‘rashdi. «Obid Jurayjning bolasi», — deb javob berdi ayol.
Odamlar bundan g‘azablanib, Jurayjning o‘zini kaltaklab, ibodatxonasini vayron qilib tashladilar. Jurayj bundan hayron bo‘lib, ularga dedi: «Mening gunohim nima, nega bunday qilyapsiz? Ular Jurayjga: «Uzingning soxta ibodating bilan bizni aldabsan. Mana bu badaxloq ayol bilan aloqa qilib, benikoh bola tug‘ilgan», deyishdi.
Jurayj bu quruq tuhmatni eshitib: «O‘sha bola qani?» — dedi. «Sening haromzodang mana!» — deb bolani unga ko‘rsatishdi. Jurayj darhol turib, ibodat qildi va namozini tugatib, go‘dakning oldiga keldi. «Ey bola, Xudo haqi-hurmati uchun ayt, sening otang kim?» — dedi.
Alloh haqida gumon: Abu Dovud rivoyati
Go‘dak fasih til bilan: «Cho‘pon mening haqiqiy otam bo‘ladi», — dedi. Odamlar buni go‘dak tilidan eshitib yoqalarini ushlab, qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan odamlar obidning qo‘l-oyog‘ini o‘pib uzr so‘rashdi. «Biz o‘sha nopok ayolning gapiga ishonib, senga jabr qildik. Aybimizni yuvish uchun xohlasang oltindan ibodatxona qurib beramiz». Jurayj ularga: «Tillalaringizni o‘zingizga ishlating. Menga o‘zimnikiga o‘xshagan loydan oddiygina ibodatxona qurib bersangiz yetarli», — dedi.
Uchinchi so‘zlagan go‘dakning tarixi bunday: «Bir ayol bolasini emizib o‘tirgan edi. Ular oldidan bir otliq o‘tdi.
Ona shunday deb duo qildi: «Parvardigoro, o‘g‘lim shu otliqqa o‘xshagan bo‘lsin». Go‘dak og‘zini ona ko‘kragidan olib: «Parvardigoro, meni unga o‘xshagan qilmagin!» – dediyu, yana onasining ko‘kragini og‘ziga oldi.
Shundan keyin ona-bola kaltaklanayotgan ayolni ko‘rib qolishdi. Shunda ona: «Parvardigoro, zinhor mening boshimga bu ayolning ko‘rgiligini solmagin», – dedi. Go‘dak yana shiringina qilib: «Parvardigoro, onamning qismati shu ayolnikiga o‘xshagan bo‘lsin», — dedi. Shunda ona bolasiga dedi: «Bolaginam, seni otliqqa o‘xshagan savlatli, obro‘li bo‘lsin» deganimda, sen Xudodan uning aksini so‘rading, «Zinhor meni bu ayolga o‘xshatmagin» deganimda, mening duoyimning aksini aytding?» — dedi ona.
Kekirdakdan o‘tganiga rozimisiz? Ibratli voqea
Bola dedi: «U kishi zolimlar va zinokorlar toifasidan edi, ayol esa odamlar tuhmatiga uchragan bo‘lib, unga zinokorsan, o‘g‘ri-haromxo‘rsan, deb tuhmat qilib, ozor berayotgan edilar. Aslida bu ayol pokdomonlardandir, u hech qachon o‘g‘irlik qilmagan. Ayol ularning tuxmatiga javoban: «Alloh subhanahu va taolo menga kifoyadir va himoyachimdir!” deb aytayotganini eshitmadingizmi?»
Imom Buxoriy rivoyati. «Durratul-va’iziyn» kitobidan.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
- O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
- Hadislarda ism qo'yish borasida nima deyilgan
- Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
- Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go'zal ismlar)
- Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday
- Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
- Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
- Namoz haqida oyat va hadislar to'plami
- Ro‘zayi Ramazonga xos sara hadislar
Alo darajada
Fikringiz uchun tashakkur!
Juda ajoyib ma‘lumot va ibratli:Alloh barchamizni gunohlarmizni afv etsin ilohim!!!
Elnur assalomu alayko’m. Aytganingiz kelsin ilohim. Sizni kelgusida yana Web-saytimizda kutib qolamiz.
,👌👌👌
juda zur iwlarizga o.ad sherlarga gap yuq,
Assalomu alayko’m. «Beshikligidayoq gapirgan uch go’dak» rivoyati bilan tanishdim. Rahmat.
Alloh boshlagan ishlarimizni hayrli qilsin, juda dolzarb mavzularni koʻrsatib oʻtibsizlar, ayniqsa «Chaqaloqligida gapirgan bolalar» toʻgʻrisidagi rivoyat menga juda yoqdi, RAHMAT! Farzandlarim, nabiralarimga aytib berdim.