Alloh haqida gumon, Abu Dovud rivoyati
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan uch kun ilgari: «Sizlardan birortangiz to Allohga husni zonn (chiroyli gumon) etmaguncha vafot qilmasin», deb aytganlarini eshitdim. (Abu Dovud rivoyati.)
Sharh: Ushbu hadis sahihdir. Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: «Ulamolar ushbu hadis bandaning o‘lim onlarida noumidlikdan saqlanish va umidvorlikda mahkam bo‘lish holatida bo‘lishi haqida ekanini aytganlar».
Hadisi qudsiyda «Men bandamning Menga qilgan husni zonnidaman», (ya’ni, bandam Men haqimda qanday gumon qilayotgan bo‘lsa, unga shunday muomala qilaman. Meni marhamatli Zot deb gumon qilsa unga rahm etaman) deb aytilgan.
Tuproq Xudo bo‘la oladimi? Ibratli hikoya
Alloh taologa husni zonn etishning ma’nosi esa, U Zotning bandaga rahm etishi va uni afv qilishidir. Banda sog‘lom holatida doimo Allohdan xavfu rajo (qo‘rquv va umid) holatida bo‘lgan. To hayot ekan, bu ikki holatda barobar bo‘ladi.
Aytiladiki: Hayot ekanida xavf rojihroq (quvvatliroq) bo‘ladi. Qachonki o‘lim belgilari ko‘rina boshlagach esa, rajo (umidvorlik) g‘olib bo‘ladi. Zotan, Allohdan qo‘rquvdan maqsad, gunohlar va qabohatlardan tiyilish, toat va xayrli amallarni ko‘paytirishga hirs qilish bo‘ladi.
Bu holatda esa bularni qilish uzrli bo‘ladi. (ya’ni, o‘lim onlarida amal qilish imkonsiz bo‘ladi). Shunday ekan, Alloh taologa faqirlik izhori bo‘lmish husni zonn etish mustahab bo‘ladi. ya’ni, o‘lim onlarida quvvatsiz, chorasiz qolgan inson biron bir amal qilishga quvvati yetmas. Shu onlarda o‘zining Robbiga o‘ta muhtojligini izhor qilishi, U Zotning fazlu rahmatidan umidvor bo‘lishi mustahab bo‘ladi.
Eng ulug‘ fazilat: Ibratli rivoyat
«Sharhul-muhazzab» da: «Husn», «gumon» ning ma’nosi shuki, banda Alloh taolo unga rahm qilishidan umidvor bo‘lishi, Alloh taoloning karami, afvi, rahmati va fazli haqida vorid bo‘lgan oyat va hadislarni, ahli tavhidga va’da qilingan mukofotlar, qiyomat kungi ularga yog‘diriladigan rahmatlarni tadabbur etishi lozim.
Masalan sahih hadisda «Men bandamning Men haqimdagi chiroyli gumonidaman» deya keltirilgan. Mana bular jumhur ulamolarning hadisdagi husni zonn ma’nosi haqida aytilgan qavllarining to‘g‘ri talqinidir.
Bu haqida ba’zilar boshqacha talqin qilgan bo‘lib, u talqinlar quvvatsizdir.
«Sharhi Sunan Abu Dovud».
Sunnatulloh ABDULBOSIT
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
- O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
- Hadislarda ism qo'yish borasida nima deyilgan
- Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
- Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go'zal ismlar)
- Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday
- Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
- Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
- Namoz haqida oyat va hadislar to'plami
- Ro‘zayi Ramazonga xos sara hadislar
Togri
Alloh jamolini ko‘rish jannatda yashash har bir insonni orzusi deb o‘ylayman
Аллох Таоло гунохларимизни кечириб жаннатларни насиб айласин иншоллох
Alloh barchamizdan rozi bo’lsin.
Assalomu alayko’m. Alloh barchamizdan rozi bo’lsin do’stlar. Allohni rahmatiga erishadigan ishlarni ko’proq qilaylik.
Assalamu alayko’m. Malumotlardan foydansak bo’ladimi. YouTube yoki instagram uchun. ijtimoiy tarmoqlar uchun?
Assalomu alayko’m, hammamizni Olloh panohida asrasin, nimaiki niyat qilgan bo’lsak barchasiga yetqazsin.
Yaratgan tangrim hammamizni o’z panohiga olsin, gunohlarimizni kechirsin.
Subhanallah ajoyib malumotlar ekan.
Alloh rozi boʻlsin sizlardan.