Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go’zal ismlar)

Alloh taoloning borligiga ishongan kishi u Zotning go‘zal ismlari va sifatlarini bilishi kerak. Mo‘min-musulmon banda duo qilganida Allohning go‘zal ismlarini tilga olib iltijo etsa, fazilatli bo‘ladi.

Eng go‘zal ismlar («Asmai husna») Allohnikidir, Undan boshqa ibodat qilinadigan iloh yo‘q. Haq taoloning chiroyli ismlariga imon keltirish noloyiq sifatlardan Alloh taoloni poklashni ham taqozo qiladi.

Alloh taolo gozal ismlari

Alloh taoloning go‘zal ismlarining ma’nolari bilan qisqacha tanishaylik:

1. Alloh (jalla jalalahu) — butun olamlarni yaratgan Xoliq, barcha maxluqot va mavjudot sig‘inadigan yagona ma’bud Ismi Zotidir. U Zotdan boshqaga nisbatan bu ism ishlatil maydi.

2. Rahmon — yaratgan barcha maxluqlariga dunyo hayotida rahm qiluvchi, ne’mat beruvchi.

3. Rahim — oxiratda faqatgina mo‘minlarga mehribonlik qiluvchi cheksiz marhamatli.

4. Malik — mulk (haqiqiy podsholik) Unikidir. Undan o‘zga ega yo‘q. Shuning uchun bandalar faqat Unga ibodat qilishlari lozim.

5. Quddus — har qanday aybu kamchiliklardan mutlaq pok Zot.

O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi

6. Salom — barcha ayb va nuqsonlardan omon, maxluqlar zulmidan omon Zot.

7. Mu’min — bandalariga zulmdan omonlik ato etuvchi, Unga qullik qilganlarga savob berishni va’da etgan Zot.

8. Muhaymin — hamma narsaga shohid, asrovchi, saqlovchi. Undan hech narsa sir qolmaydi.

9. Aziz — hamma vaqt barchaning ustidan g‘olib, hech qachon mag‘lub bo‘lmagan, tengi yo‘q qudrat egasi.

10. Jabbor — yaratganlarining ishlarini isloh etuvchi, nuqsonlarini tuzatuvchi.

11. Mutakabbir — hamma narsadan ulug‘.

12. Xoliq — olamdagi hamma narsani o‘z xohishiga ko‘ra yaratuvchi, mutlaq vujudga keltiruvchi.

13. Bori’ — borliqni, narsalarni yo‘qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi.

14. Musavvir — hamma narsasini o‘zi istagan surat (shakl)da yaratuvchi.

15. G‘affor — bandalarning aybi (gunohi)ni O‘z fazli ila kechiruvchi, o‘ta marhamatli.

16. Qahhor — yengilmas, hamisha hammadan g‘olib, qudratli.

17. Vahhob — cheksiz ne’matlarni hisobsiz, minnatsiz ato etuvchi.

18. Razzoq — yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarning rizqlarini yetkazib beruvchi.

19. Fattoh — haqiqat bilan hukm qiluvchi, to‘g‘ri hukm chiqaruvchi.

20. Alim — bo‘lgan va bo‘ladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin hamma narsani biluvchi.

Qiz bolalar uchun barcha ismlar manosi

21. Qobiz — istagan bandasining rizqini kamaytiruvchi.

22. Bosit — xohlagan bandasining rizqini ko‘paytiruvchi.

23. Xofiz — yomonni yer bilan bitta qiluvchi; unga ibodat qilishdan bosh tortganlarni pastlatuvchi, martabasini tushiruvchi.

24. Rofi’ — mo‘minlarning martabasini ko‘taruvchi.

25. Mu’izz — istagan bandasini (izzat, quvvat, ilm berib) to‘g‘ri yo‘lga solib, aziz va mukarram qiluvchi.

26. Muzill — istagan bandasini (egri yo‘lda yurgani uchun) xor qilib, rahmatidan uzoqlashtiruvchi.

27. Sami’ — maxfiy va oshkora gap va sharpalarni (hatto ko‘ngildan o‘tgan tuyg‘ularni ham) doim eshitib turuvchi.

28. Basir — barcha maxfiy va oshkora narsalarni doim ko‘rib turuvchi.

29. Hakam — qat’iy, (zulm va jafodan mutlaq xoli, rad etilmaydigan) mutlaq odil hukm qiluvchi.

30. Adl — mutlaq adolat qiluvchi.

31. Latif — bandalariga O‘z ehsonini (komil lutfu karami ila) yetkazib beruvchi. Barcha narsalarni biluvchi.

32. Xobir — hamma yashirin va oshkor ishlardan xabardor.

33. Halim — jazolashga shoshmovchi.

34. Azim — aql tasavvur qila olmaydigan darajada ulug‘, buyuk.

35. G‘ofir — bandalarining katta va kichik gunohlarini kechiruvchi.

36. Shokir — bandalarini O‘ziga toatlari uchun maqtovchi, savob beruvchi; bandalarining toatlarini qabul qiluvchi.

37. Aliy — har bir narsadan yuksak, o‘xshash va tenglikdan pok.

38. Kabir — ulug‘lik, buyuklik sohibi.

39. Hafiz — hamma narsaga shohid, hamma narsani panohida asrovchi.

40. Muqit — har bir narsaga qodir.

O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng ko‘p qidirilgan ismlar manosi

41. Hasib — har bir narsadan hisobot so‘rovchi.

42. Jalil — eng ulug‘, buyuk.

43. Karim — ne’mat beruvchi.

44. Raqib — har bir ishni kuzatuvchi; hamma narsani (hech bir zarrani qo‘ymay) nazorat ostida saqlovchi.

45. Mujib — duolarni ijobat qiluvchi.

46. Vosi’ — fazli, marhamati keng.

47. Hakim — hikmat sohibi; har narsaning haqiqatini biluvchi.

48. Vadud — yaxshi ko‘ruvchi.

49. Majid — ulug‘lik va sharaf egasi.

50. Bo’is —o‘liklarni qayta tiriltiruvchi.

51. Shohid — hamma narsaga guvoh.

52. Haqq — haqiqiy Tangri.

53. Vakil — hamma narsani butunlay tasarruf etuvchi, boshqaruvchi.

54. Qaviy — kuch va quvvat egasi.

55. Matin — kuchli.

56. Valiy — mo‘min bandalarining himoyachisi, ularga yordam beruvchi.

57. Hamid — hamd, sano va barcha maqtovlarga loyiq yagona Zot.

58. Muhsiy — barcha maxluqot va mavjudotlarning hisob-kitobini yaxshi biluvchi.

59. Mubdi’ — barcha narsalarni hech bir namunasiz yo‘qdan yaratuvchi.

60. Mu’iyd — maxluqotlarini o‘lganlaridan so‘ng, yana qayta asliga qaytaruvchi.

Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning 99 ismlari

61. Muhyi — tiriltiruvchi (barcha maxluqotlariga jon berib, tiriltiruvchi).

62. Mumit — o‘ldiruvchi (barcha jonzotlarni ajallari yetganida o‘ldiruvchi).

63. Hayy — azaliy va abadiy tirik.

64. Qayyum — maxluqotlarini doim nazorat va himoya qiluvchi.

65. Vajid — hojatsiz, qudratli.

66. Mojid — shavkat, sharaf, ulug‘vorlik va izzat egasi.

67. Vohid — tanho, tengi va o‘xshashi yo‘q.

68. Samad — hojatlarni ravo qilishga qodir bo‘lgani uchun hojatlar so‘ralguvchi.

69. Qodir — azaldan har narsaga qodir, cheksiz qudratli.

70. Muqtadir — har narsaga qudrati yetguvchi.

71. Muqaddim — istagan bandasini (va narsasini) xohlaganidan oldinga qo‘yuvchi.

72. Muaxxir — istagan bandasini (va narsasini) xohlaganidan orqaga qo‘yuvchi.

73. Avval — azaliy; hamma narsadan oldin bor bo‘lgan; borligining boshlanishi yo‘q.

74. Oxir — abadiy; hamma narsa yo‘q bo‘lib ketganida ham qoluvchi; borligining nihoyasi yo‘q.

75. Zohir — borligi ochiqoydin; borligiga har bir narsa dalil; hamma narsadan g‘olib.

76. Botin — ko‘zlar ko‘rolmaydigan; barcha yashirin narsalarni biluvchi.

77. Voliy — barcha narsani boshqaruvchi. Himoya qiluvchi.

78. Muta’ol — qudrati, ulug‘ligi har narsadan ulug‘; har narsani bo‘ysundiruvchi.

79. Barr — rost so‘zlovchi.

80. Tavvob — bandalarining tavbalarini qabul qiluvchi.

81. Muntaqim — zolim va osiylarni jazolovchi.

82. Afuvv — kechiruvchi.

83. Rauf — o‘ta mehribon.

84. Molikul mulk — koinotdagi barcha mulkning tanho egasi.

Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari

85. Zul Jaloli val Ikrom — ulug‘lik va kamol egasi; barcha nuqsonlardan pok.

86. Muqsit — odil; adolat bilan hukm qiluvchi.

87. Jomi’ — odamlarni qiyomat kuni to‘plovchi.

88. G‘aniy — hech bir ehtiyoji yo‘q.

89. Mug‘niy — xohlagan bandasiga boylik beruvchi.

90. Moni’ — xohlagan bandasini boylikdan mahrum etuvchi. Asraguvchi.

91. Zorr — zarar yetkazuvchi.

92. Nofi’ — foyda yetkazuvchi.

93. Nur — borliqni munavvar, nurli etuvchi.

94. Hodiy — to‘g‘ri yo‘lga, haqqa boshqaruvchi.

95. Badi’ — narsalarni yo‘qdan yaratuvchi.

96. Boqiy — doim bor.

97. Voris — borliqdagi barcha narsalar vorisi, egasi.

98. Rashid — to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi.

99. Sabur — juda sabrli, juda halim.

O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi

«Asmai Husna» — Alloh taoloning go‘zal ismlari ma’nolari bilan tanishgach, Uning barcha ism va sifatlari azaliy ekanini bildik. Alloh taolo O‘zi yaratgan borliqlardan hech biriga o‘xshamaydi.

Uning bilishi bizning bilishimizga, Uning qudrati bizning qudratimizga, ko‘rishi bizning ko‘rishimizga, eshitishi bizning eshitishimizga, so‘zlashi bizning so‘zlashimizga o‘xshamaydi.

Yo Alloh! Butun sifatlaring va ismlaring hurmati, bizlarni roziligingga erishtir, Seni kamoli ma’rifat ila tanimoqni bizlarga oson aylagin!

  1. Ayyub:

    Ayyub ismini Manosi nima kim biladi? biladigonlar yozinglar iltimos.

    • Parizoda:

      SALOM Ayub sizni ismingiz Payg’ambarimizni (S.A.V) ismi yana tavba qiluvchi chidamli kabi ma’nolarni bildiradi.

  2. Parizoda:

    SALOM Ayub ismingizni ma’nosi Sizni ismiz Payg’ambarimizni ismi yana tavba qiluvchi chidamli kabi ma’nolarni ham bildiradi.☺☺☺

    • Shohniyoz:

      Shohniyoz ismining ma’nosini kim biladi?

  3. Charos:

    Abubakr isminiyam qo’yishingiz keak edi bilaman ishiz osonmas o’tiruvurip ko’ziz og’rip ketishiyam mumkin

  4. UzBaza.uz:

    Dilshoda Assalomu alayko’m. Saidnumon ismining manosi bizga malum emas, lekin Said hamda Nu’mon ismlari manosi quyidagicha:
    Said: Baxtli, saodatli, omadli yoki to’lei baland, intiluvchan, iqboli porloq, yuksaluvchi, mukammal bo‘luvchi, kamolga yetuvchi.
    Nu’mon (Qizlar ismi): Iltifot, muruvvat, lutf, mehr, ehson. Shakllari: Nu’monjon, Nu’monxon.

  5. Charos:

    Salom Charos ismini manosini bilsalaring aytvorila

  6. Nozima:

    Salom barchaga. Kim biladi Mohlaroyim ismini ma’nosi nima? Bilganlar yozvoringlar iltimos.

  7. Mushtariy:

    Ismining ma’nosi qanday? Kim biladi aytvoringlar iltimos.

  8. Madina:

    Salom manga ismlarni ohiriga bek qo’shilib aytiladigan ismlar kerak, misol ulug’bek, Alibek.

    • Marina:

      Otabek, Nurbek, Durbek, Sherbek, Elbek, Og‘abek, Asadbek, Oybek.

  9. Sardor:

    Juda ajoyib hamda zo’r malumotlar ekan, sizlardan Alloh rozi bo’lsin, ishlaringizga rivojlar tilab qolaman, mehnatdan sira charchamanglar.

  10. Mohidil:

    Mohidil, Roziya, Muhammadumarxon, solixaxon isimlaring ma’nosi kerak edi.

  11. Hadicha:

    Assalomu alayko’m, juda ajoyib malumotlar bor ekan, sizlarga kattakon raxmat.

  12. Yulduz:

    Assalomu alayko’m barchangizga, bu juda zo’r sayt ekan!

  13. Zaynura:

    Ollohimni 99 ta ismlari, juda chiroylida!

  14. Zakovat:

    Gap bo’lishi mumkin emas, charchamanglar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *