Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi

Savol: Alloh nasib etib, o‘g‘il farzandli bo‘lsam A’malmuhammad deb ism qo‘ysam bo‘ladimi?

Javob: Siz aytgan ism to‘g‘ri ma’noni anglatmaydi. Shuning uchun bunday ismni qo‘yishdan saqlaning.

Savol: Turklardagi Elif ismini qizimizga qo‘ysak bo‘ladimi? Turkiyani ham musulmon davlat deb eshitgandim.

Javob: Turkchadagi «Elif» so‘zi arab alifbosining bosh harfi «Alif» deganidir. Bu bir harfning nomi xolos. Boshqa bir ma’nosi yo‘q. Siz qizingizga boshqa biror chiroyli ma’noga ega ism qo‘yganingiz yaxshiroq. Vallohu a’lam.

tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi

O‘g‘il va Qiz bolalar uchun chiroyli ismlar manosi

Savol: Yaqinda o‘g‘illi bo‘ldik ismini Alazim qo‘ymoqchimiz. Bu ism Yaratganning ismlaridan biri, bandalarga Abdulazim deb ism qo‘yiladi deyishdi. Katta o‘g‘limning ismi Alaziz, uning ham ismini o‘zgartirish lozim deb aytishdi. Ushbu masalada tushuntirish bersangiz.

Javob: Ha, ism qo‘yishda Alloh taoloning go‘zal ismlari oldiga “abdu” so‘zini qo‘yib, ism qo‘yiladi. Siz Abdulazim deb ism qo‘ying. Katta o‘g‘lingizning Alaziz ismini esa Aziz deb yoki Abdulaziz deb o‘zgartiring. Ism qo‘yish muhim amal hisoblanadi. Shuning uchun inson o‘ziga yoqib qolgan ismni farzandiga qo‘yib yuboravermay, bu ismning ma’nosi nima va shu ismni qo‘yish mumkinmi yoki yo‘qmi, bu haqida ilm egalaridan so‘rab, so‘ng ism qo‘yishi lozim bo‘ladi. Ming afsus, musulmon xalqimizdan ayrim kishilar o‘z farzandlariga musulmon bo‘lmagan, ijtimoiy hayot tarzi bizga noma’lum bo‘lgan futbol yulduzlari kabi sportchilarning ismini yoki ba’zi hind aktrisalarining ismini qo‘yishyapti. Bunday ism qo‘yish farzandning haqqini poymol qilish hisoblanadi.

Savol: Jiyanimning ismi Maftunaxon. Bu ismning ma’nosini yaxshi emas deb eshitdim, shu to‘g‘rimi?

Javob: Arab tilida bu so‘z ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Maftuna degan so‘zining arab tilidan tarjima qilngan ma’nosi “Biror narsaga qattiq berilgan”, “to‘g‘ri yo‘ldan ozgan” va “aqli o‘g‘irlangan”, “kuydirilgan” kabi ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun bunday ismni qo‘ymaslikni maslahat beramiz. Vallohu a’lam.

Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi

Savol: Muhriddin ismining manosi xaqida so‘ramoqchi edim. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.

Javob: Arab tilida “Muhrun” deb toychoqqa aytiladi. Bu ism urfimizda bor bo‘lsa-da, lekin dindorlar ichida urf bo‘lgan ismlardan hisoblanmaydi. Bu ismning ma’nosini biror ta’vil bilan aytadigan bo‘lsak, “dinning yosh o‘g‘loni” yoki “Yoshligidan dindor” degan ma’nolarni umid qilish mumkin. Vallohu a’lam.

Savol: Hozirda 3-farzandimga homiladorman. Tekshiruvga borganimda qiz farzand deyishdi (yanayam Alloh bilguvchidir). Xudo xohlasa ismini Safina deb qo‘ymoqchi edik. Safina Nuh (a. s. ) ning kemalarining nomi ekan. Farzandimizga shu ismni qo‘ysak bo‘ladimi?

Javob: Farzandingizga yaxshi ma’noga dalolat qiladigan ismlarni qo‘yishingiz kerak. Siz savolda zikr qilgan “Safina” so‘zi arab tilida “kema” degan ma’noni anglatadi. Farzandga go‘zal ism qo‘yish ota-onaning vazifalaridan biridir. Vallohu a’lam.

Antiqa ismlar

O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi

Savol: Qizbolaga Sanam deb ism ko‘yish yaxshi emas, deb eshitdim. Qizimning ismi Gulsanamxon, bu ismning ma’nosi qanday va bu ismni qizbolaga qo‘yish joizmi?

Javob: Sanam degani arab tilida but degan ma’noni anglatadi. Shuning unday ism qo‘ymaslik kerak. Har bir ota-ona farzandiga ism qo‘yishda o‘ziga yoqib qolgan, qulog‘iga chiroyli eshitilgan ismni qo‘yib yuboravermay, u ismning ma’nosini ilmli insonlardan so‘rab keyin qo‘yishi lozim bo‘ladi. Shohsanam yoki Gulsanam kabi ismlarni qo‘yish joiz emasdir. Vallohu a’lam.

Savol: Mening ismim Shohruh. Ko‘pchilik dindor taqvodor tanishlarim ismingni alishtir deb maslahat berishayapti. Ismim dinimizga biroz to‘g‘ri kelmas ekan. Shundaymi?

Javob: Imkoningiz bo‘lsa, almashtirganingiz yaxshidir.

Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari

Savol: Abdurasul ismining ma’nosi nima?

Javob: Abdurasul ismi Payg‘ambarning bandasi degan ma’noni anglatadi. Bunday ismlarni o‘zgartirgan ma’qul.

  1. Sabrina:

    Sabrina ismimimg manosi Sabrli qiz degani ekanmi?

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko‘m Sabrina. Ismingiz manosini biznig ismlar manosi bo‘limimizdan bilib olishingiz mumkin.

    • Nodirabegim:

      Assalomu aleyko’m, Muhammad, Yasin ismini chiroyli niyyat qilib qalbimizga joyladik, yaqinda farzandli bo’lamiz, manashu ismni qo’ysak bo’ladimi?

    • Jonibek:

      Men o’g’il farzandli bo’ldim ismini Asadbek deb qo’ymoqchiman Asadbek ismi asad oyida tug’ilsa (iyul, avgust) qo’yiladi deyapti meni o’g’lim may oyida tug’ilgan shu imni qo’ysam bo’ladimi?

    • Sabrina:

      Maniyam ismim Sabrina lekin bunde ismni qo’yish keremi yo’mi haligacha bilolganim yo’. Arab tilida bu ism bemor degan ma’noni anglatar ekan. Endi ismni almashtirishim keremi yo’mi?

  2. Yulduz:

    Assalomu alekom.jovob uchun oldindan raxmat,biz yaqinda farzand kutayapmiz agar o’ģil bolsa temurbek deb ism qoymoqchimiz.shu ism toģrimi

    • Aziza:

      Yaxshi ism tanlabsiz. Zorku albatta to’g’ri. Oilangizga hotirjamlik tilab qolaman.

  3. Foydalanuvchi:

    Assalomu alekum biz qiz farzandli bo‘ldk ismini Albina deb qo‘ymoqchimz bu fikrimzga nma deb javob qaytarasz

    • Guli:

      Salom, yaqinda qiz farzandlik bo‘ldik ismini Sabina deb qo‘ydik, bu ismni qo‘yish Islomda mumkunmi??? Javob uchun oldindan rahmat

  4. DURDONA:

    Assalomu alekum biz qiz farzandli bo‘ldk ismini Albina deb qo‘ymoqchimz bu fikrimzga nma deb javob qaytarasz

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alaykom Durdona. Albina isminig ma‘nosi — «Chiroyli, aqlli, hayo-iboli, o‘qimishli, kelajakda baxtyor» Manosini bildirar ekan. Albina ismining kelib chiqishi nomalum bo‘lib bazi manbalarda Rimliklar (Albus so‘zidan olingan) va Nemislarga borib taqaladi. O‘zbekcha ismlar orasida bundanda chiroyli va chiroyli manoga ega ismlar bor.

  5. Foydalanuvchi:

    Assalomu alaykum Yasin ismining manosini bilib bering

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m! Yasin ismi Arabchadan «Iymonli, e’tiqodli bo‘lsin, din yuragida bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Qur’oni Karimda keltirilgan «Yosin» surasiga (Qur’onning yuragi) nisbat olib qo‘yilgan.» degan manoni anglatadi.

    • Jamshid:

      Assalomu alaykum! InshaAlloh yaqinda farzandli boʻlaman, farzandimga Muhammad Yasin deb ism qoʻyishni niyat qilganman. oʻzi shunday ismni qoʻyish mumkinmi?

  6. Gulbahor:

    Assalomu alekum qizim bor 9 oylik ismini Malak qoyganmiz bu ismni qoyish mumkinmas deganlar bor malak ismini manosi nima deb yozilgan va qoyib bolmasligiga sabab nima

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m Gulbahor!

      Malak ismi arab tilidan olingan bo‘lib, farishta ma’nosini ifodalaydi. Ahli ilmlar qizlarga bu ismni qo‘yish to‘g‘risida uch xil fikr bildirishgan:

      1) Bu ismni qo‘yish joiz: bu fikrdagi ulamolar aytishicha, bunday ism qo‘yish joiz emasligiga biron bir dalil kelmagan. Lekin bu fikr haqiqatdan yiroq.

      2) Bu ismni erkak yoki qiz bo‘lishidan qat’iy nazar, insonlarga qo‘yish makruh. Sababi bu ism o‘zini maqtash ma’nosini o‘z ichiga oladi. Chunki bu ismning ma’nosi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, farishta degani. Boshqacharoq qilib aytganda, bu ismning egasi go‘yoki o‘zini “farishtaman”, degandek bo‘ladi. Shariatimizda esa bu kabi o‘ziga bino qo‘yadigan ismlar qo‘yish makruhdir. Bunga Zaynab roziyallohu anhoning ismi aslida (yaxshiligi ko‘p ma’nosi) Barra bo‘lgani va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning ismini Zaynab deb o‘zgartirganlari dalil bo‘ladi (Buxoriy (5839) rivoyati).

      3) Ba’zi ulamolar ayollarga Malak ismini qo‘yish harom deyishgan. Sababi ayollarga bunday ism qo‘yish farishtalarni ayol jinsiga mansub, degan e’tiqod paydo bo‘lishiga olib boradi. Qolaversa, bu ismni qo‘yish mushriklar hamda nasroniylarning odati sanaladi. Chunki ular farishtalarni ayol jinsiga mansub, deb e’tiqod qilishadi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi: “Ular Allohning bandalari bo‘lmish farishtalarni ayol deyishdi. Axir, ular farishtalarning yaratilishiga guvoh bo‘lishganmidilar?! Ularning bu guvohliklari yozib qo‘yiladi va ular bu gaplari haqida so‘ralajaklar” (Zuxruf: 19).

      Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jinsi ayol yoki erkak bo‘lishidan qat’iy nazar, insonlarga Malak ismini qo‘ymagan afzal. Zero, bundan boshqa go‘zal ma’noli ismlar ham bisyor, vallohu a’lam.

  7. Mubinabonu:

    Ajjoyib judayam tarbiyali ahamiyatga ega bòlgan ma’lumotlar bor ekan rahmat omad

    • UzBaza.uz:

      Mubinabonu Assalomu alayko’m. Fikringiz bizni judaham hursand qildi. Qimmatli fikringiz uchun tashakkur. Sizni kelgusida Web-saytimizda yana kutib qolamiz!

  8. Bekzod:

    Assalomu alaykum men yaqin kunlarda duyoga keladigan farzandimizga Mushtariy Deb ism qoymoqci edim

    • UzBaza.uz:

      Bekzod Assalomu alayko’m. Sizni tug’iladigan farzand bilan tabriklaymiz, Mushtariy ismining manosi «Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor.» degan manoni anglatadi.

  9. UzBaza.uz:

    Nurana assalomu alayko’m. Sizning ismingiz manosi hozircha bizga malum emas.

  10. Malika:

    Assalomu aleykum mening ismim Malika 3 farzandim bor Farangiz Risolat Maxdiy meni va farzandlarimni ismini ozgartirshim kerakmi manosi nima

    • UzBaza.uz:

      Malika assalomu alayko’m. Afsuski biz sizning savolingizga javob bera olmaymiz, sababi bu malumotlar boshqa savol javob saytlaridan saralab olingan bo’lib, bu savollarga ushbu ilimga ega insonlar javob berishgan.

  11. Ozoda:

    Assalomu alekum kechiraszlar savolim bor edi homiladorman inshaAlloh yaqnda farzandm dunyoga keladi qz bola shunga turmush òrtoģim bilan maslaxatlashb OYSHA (Muhammad s.a.v ning ayollari) ismini qòymoqchi edik bolaga ismi oģirlik qilmaydimi javob uchun oldindan raxmat

    • UzBaza.uz:

      Ozoda assalomu alayko’m. Bunday ismlar aslo og‘irlik qilmaydi. Bunday ismlarni og‘irlik qiladi deyish xurofot e’tiqodlaridan hisoblanadi. Oysha ismi juda chiroyli ism.

  12. Dilafruz:

    Nabiramga Samirbek ismini qoʻymoqchimiz. Bu qanchalik dinimizga toʻgʻri keladi?

    • UzBaza.uz:

      Dilafruz Assalomu alayko’m. Samirbek ismining kelib chiqishi Arabcha bo’lib «Suhbatdosh, hamsuhbat, dilkash inson yoki suvsardek qimmatli, qadrli, e’zozli.» Degan manoni anglatadi. Shakllari: Samirbek, Samirjon, Samirboy, Samirali, Samirxon. Bu ism dinimiz tomonidan qanday maqullanishiga kelsak, bu haqida diniy ulamolardan maslahat so’raganingiz yaxshi deb o’ylaymiz!

  13. Dilafruz:

    Nabiramga Samirbek ismini qoʻymoqchimiz. Bu qanchalik dinimizga toʻgʻri keladi?

    • UzBaza.uz:

      Dilafruz Assalomu alayko’m. Samirbek ismining kelib chiqishi Arabcha bo’lib «Suhbatdosh, hamsuhbat, dilkash inson yoki suvsardek qimmatli, qadrli, e’zozli.» Degan manoni anglatadi. Shakllari: Samirbek, Samirjon, Samirboy, Samirali, Samirxon. Bu ism dinimiz tomonidan qanday maqullanishiga kelsak, bu haqida diniy ulamolardan maslahat so’raganingiz yaxshi deb o’ylaymiz!

    • Doniyor:

      Doniyor ismi qanchalik dinimizga tog’ri keladi?

  14. Foydalanuvchi:

    O’g’limga Shohruh deb ism qo’yganmiz. Bu ism dinimizga qanchalik to’g’ri keladi?

    • Ilhomjon:

      O‘g‘limga islomjon deb ism qo‘yganman olamdan o‘tgan, yana farzandlik bo‘lsam islomjon qo‘ysam bo‘ladimi

  15. Bobur:

    Men oglimga Musoxon dep isim qoymoqchi edim shunga nima deysiz aniq manosni topa olmayapman.

  16. Zilola:

    Salom ogil bolaga Yahyo deb ism qoysa boladimi

  17. dinara:

    ismini manosini ayting jiyanimni ismi bilmaqchiman iloji bulsa iltimos

  18. zulfiya:

    O’g’il bolaga Muhammad Mustafo deb ism qo’ysa bo’ladimi?

  19. Marjonabegim:

    Qizalog’imni ismi Marjonabegim meni nazarimda bu ism manosi taqinchoq marjon degani shu xaqida to’liqroq aytib bersangiz

  20. To‘rabek:

    O‘gil farzandli bo‘lgandim ismini Muhammadkarim quysak bo‘lami

  21. Sohiba:

    Daler ismi musulmonchilikga toģri keladimi ?Javob uchun oldindan raxmat.

  22. Ханафия:

    Ассалому алекум Ханафия исмини куйсак буладими маноси борми кизалокка

  23. Azi:

    Assalomu alayko’m. Mumkin bo’lmagan ismlar bilan tanishib chiqib ko’p narsani bilib oldim. Malumot uchun katta raxmat.

  24. Sarvar Shokirovich:

    Assalomu alayko’m. O’g’il farzandga SAIDMUHAMMAD yoki SALOHIDDIN isimlarini qo’ysa bo’ladimi?

  25. ҚАҲРАМОН:

    Мэни ўғлимга Ҳабибулло исим қўйдик маноси нима

  26. Erkin:

    Men yaqinda o’gilli bo’ldim ismini Imronbek qo’ymoqchiman. Imron so’zining manosi haqida tushuncha bersangiz shu ismni qo’ysam bo’ladimi. Javob uchun rahmat.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m Erkin. Imron ismining manosi «Tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, imonli, e’tiqodli, jasur, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan.» Degan manoni anglatadi.

    • Shohsanam:

      Assalomu aleykum! Meni ismim Shohsanam ismimni qo‘yish mumkin emas ekan. Hujjatda o‘zgartirib muloqotda shu ism bilan yurish mumkinmi?

  27. Shohsanam:

    Assalomu aleykum! Meni ismim Shohsanam ismim dinimizga to‘g‘ri kelmas ekan. Hujjatda o‘zgartirib muloqotda shu ism bilan yurish mumkinmi?

  28. Foydalanuvchi:

    Assalomu alayko’m. Osiyo deb ism qo’yish joyizmi? Jovob uchun raxmat.

  29. Ilhomjon:

    Oʻgʻil bolaga Abdusolih ismini qoʻysa boʻladimi?

  30. Hilola:

    Assalomu alayko’m va raxmatulullohi va barakatux. Hilola ismi dinda joyizmi yokida almashtirish kerakmi? Javob uchun Oldindan raxmat Allohim rozi bo’lsin.

    • UzBaza.uz:

      Hilola Assalomu alayko’m. Bu yerda faqat barchani qiziqtirgan malumotlar yuklangan, savollarga javob olishingiz uchun ilimli kishilarga murojaat qilishingizni so’raymiz.

    • Gulchexra:

      Qizlarimga Sabrina, Jasmina. O’g’limga Siyovush ismini qo’yganmiz. Qanday manolarni angatadi, yaxshi ism tanlaganmizmi?

  31. Navbahor:

    Mening farzandlarimni ismi Mirfayzbek, Bahora, Nastarin.

  32. Gulxumor:

    Yaqinda farzandlik bo’lamiz, nasib bo’lsa o’g‘il tug‘ulsa Amir ismini qo’yish joizmi dinimizda?

  33. Barchinoy:

    Barchinoy ismini manosini bilmoqchi edim, kim biladi bu simni manosi nima?

  34. Yulduz:

    Yaqinda Ollohim hohlasa qizli bo’lamiz, Ayajonim ismini Bibixonim qo’ymoqchilar, qo’ysak bo’ladmi yoki yo’qmi va uning manosni bilmoqchi edim?

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Bibixonim ismining manosi «Honlar, xukmronlar nasliga mansub ayol; mo’tabar, mumtoz qiz» degan manoni anglatadi, bu ismni qo’yish yoki qo’ymaslikga keladigan bo’lsak, bu savolingizga javobni ilm ahlidan bo’lgan kishilardan bilib olishingizni maslahat bergan bo’lardik.

  35. Shoyusuf:

    Assalomu alayko’m. Farzandimga Shorahmat ismini qo’ymoqchiydim, bunday ism mumkinmi?

  36. Akrom:

    Akrom ismini manosi nima va bolaga qo’yish joizmi?

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m! Ushbu malumotlar islomiy va diniy web-saytlardan olingan bo’lib, savollaringizga javoblarni olim va ulamo domlalarimizdan so’rab bilganingiz maqul albatta. Bizni to’g’ri manoda tshunasiz degan umiddamiz, sizni kelgusida yana UzBaza.uz web-saytimizda kutib qolamiz.

  37. Dilnoza:

    Mening qizim yaqinda 1 yoshga kiradi. Ismi Mushtariy. Bu ism islomiy ismmi. Shuni Safiya ismiga o’zgartirsa bo’ladimi?

  38. Gulnoz:

    Assalomu alayko’m, Shaxriyor ismini qo’ysa boʻladimi, dinimizda qaytarilmaganmi bir joyda shahanshoh manosini anglatgan ismlarni qo’ymanglar degandi.

  39. Muxlisa:

    Xo’jayinim qizimning ismini Ifora deb qo’ydi. Ifora isminig manosi qanday va dinimizda bormi bu ism.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m Muxlisa. Ifora ismining manosi «Hushbo‘y, yoqimli iforli, nafis hid taratuvchi.» degan manoni anglatadi.

  40. Sanobarxon Majitovna:

    Firdavs ismi qiz bolaga qo’yiladimi yoki o’g’il bolaga?

  41. Abror:

    Men qizimga Yasina deb ism qo’ymoqchi edim, qo’ysam bo’ladimi?

  42. Foydalanuvchi:

    Assalamu alayko’m. Setora (Sitora) ismini qo’yish joizmas deb eshitdim. Lekin aniq malumot topomayapman. Ismimni o’zgartremi yo’qmi bilmayapman. Bu ism haqida malumot bering iltimos.

  43. G'iyosjon:

    Muhammadyosin ismini farzandimga qo’ysam bo’ladimi?

  44. Sayyora:

    Assalomu aleyko’m. Qizimiz bo’lsa InshaOlloh Mehrimoh qo’ysak Dinimizda joizmi?

  45. Muhammadali:

    Assalomu alayko’m. Yaqinda Alloh nasib etsa qiz kutyapmiz, bo’lajak qizimizga Farishta Deb ism qo’ymoqchimiz, shu ismga nisbatan dinda qanday qaralgan? Javobingiz uchun rahmat.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m Gulbahor!

      Malak ismi arab tilidan olingan bo‘lib, farishta ma’nosini ifodalaydi. Ahli ilmlar qizlarga bu ismni qo‘yish to‘g‘risida uch xil fikr bildirishgan:

      1) Bu ismni qo‘yish joiz: bu fikrdagi ulamolar aytishicha, bunday ism qo‘yish joiz emasligiga biron bir dalil kelmagan. Lekin bu fikr haqiqatdan yiroq.

      2) Bu ismni erkak yoki qiz bo‘lishidan qat’iy nazar, insonlarga qo‘yish makruh. Sababi bu ism o‘zini maqtash ma’nosini o‘z ichiga oladi. Chunki bu ismning ma’nosi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, farishta degani. Boshqacharoq qilib aytganda, bu ismning egasi go‘yoki o‘zini “farishtaman”, degandek bo‘ladi. Shariatimizda esa bu kabi o‘ziga bino qo‘yadigan ismlar qo‘yish makruhdir. Bunga Zaynab roziyallohu anhoning ismi aslida (yaxshiligi ko‘p ma’nosi) Barra bo‘lgani va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning ismini Zaynab deb o‘zgartirganlari dalil bo‘ladi (Buxoriy (5839) rivoyati).

      3) Ba’zi ulamolar ayollarga Malak ismini qo‘yish harom deyishgan. Sababi ayollarga bunday ism qo‘yish farishtalarni ayol jinsiga mansub, degan e’tiqod paydo bo‘lishiga olib boradi. Qolaversa, bu ismni qo‘yish mushriklar hamda nasroniylarning odati sanaladi. Chunki ular farishtalarni ayol jinsiga mansub, deb e’tiqod qilishadi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi: “Ular Allohning bandalari bo‘lmish farishtalarni ayol deyishdi. Axir, ular farishtalarning yaratilishiga guvoh bo‘lishganmidilar?! Ularning bu guvohliklari yozib qo‘yiladi va ular bu gaplari haqida so‘ralajaklar” (Zuxruf: 19).

      Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jinsi ayol yoki erkak bo‘lishidan qat’iy nazar, insonlarga Malak ismini qo‘ymagan afzal. Zero, bundan boshqa go‘zal ma’noli ismlar ham bisyor, vallohu a’lam.

  46. Dildora:

    Assalomu alayko’m! Mani ismim Dildora, yoshim 31da, yaqinda ismimni yaxshi ism emasligi qulogʻimga chalindi, shu toʻgʻrimi? agar mumkin boʻlsa ozgina ismim haqida malumot bersangiz, javob uchun oldindan rahmat.

  47. Baxtiyor:

    Yaqinda farzandli bo’lamiz InshaAlloh, agar o’g’il bola bo’lsa Muhammadamir qo’ysa bo’larmikan?

  48. Ismigul:

    Assalomu alayko’m. Javobingiz uchun oldindan rahmat, meni qizimni ismi Ruxshona, lekin menga yoqmaydi goʻyo tuzlarni shoni degandek tuyuladi, almashtirish kerakmi asli maʼnosi nima?

  49. Timur:

    Assalomu alayko’m, Dinora ismini qiz farzandga qo’yish joizmi?

  50. Dovud:

    Assalomu alayko’m, men tez orada farzandli bo’laman InshaOlloh, farzandimga Muhammadyasin deb ism qoʻysam boʻladimi. Javob uchun oldindan rahmat.

  51. Bobomurod:

    Assalomu aleyko’m. Mening katta qizimning ismi Fotima. Biz egizak qiz farzantlar kutyapmiz, isimlarini Sumayya va Amaya qo’ysam bo’ladimi?

  52. Zulayho:

    Assalomu alayko’m. Men farzandimga Sabrina ismini qo’ymoqchi edim, bu ismni ma’nosi, kelib chiqishi, va bu ismni qo’ysa bo’ladimi?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *