Bandalik ma’nosini anglatuvchi ismlar qo‘yish lozimligi

– Abdulmalik ibn Abu Zuhayr otasi Abu Zuhayrdan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Agar (farzandlaringizga) ism qo‘ysangiz, bas, (Allohga) bandalik qilish ma’nosini anglatadigan ism qo‘yinglar» (Imom Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan. Hadisning sanadi zaif).

Bandalik manosini anglatuvchi ismlar

Ya’ni, agar farzandlaringiz yoki qo‘l ostingizdagilarga ism qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, «Abdulloh», «Abdurahmon», «Obid», «Sojid», «Soim», «Amatulloh», «Ubaydulloh», «Abdurabbih», «Mo‘min», «Muslim» kabi Allohga bandalik va ubudiyat ma’nosini ifodalovchi ismlarni tanlanglar. Zero, banda bilan Rabbi o‘rtasidagi aloqadorlik haqiqiy ubudiyatdir.

Ismim o‘zimga yoqmaydi, uni o‘zgartirmoqchiman

Ism ismlanayotgan shaxsni taqazo qiladi, ya’ni unga ta’sir o‘tkazadi. Ismi «Abdulloh» deb qo‘yilgan banda, inshaalloh, Alloh taologa haqiqiy banda bo‘ladi, U Zotga ixlos bilan ibodat qiladi. Shu sabab ham Alloh taologa eng sevimli ismlarning eng avvalida «Abdulloh» va «Abdurahmon» ismlari turadi. Chunki bandaning U Zotga haqqiy ibodat qilishi Allohning rozi qiladi va Uning muhabbatiga sazovor etadi.

Garchi ushbu hadisning sanadi zaif bo‘lgani bilan fazilatli amallarda mazkur hadisga amal qilish joizdir. Mo‘min-musulmonlar ichida mana shu hadisga binoan bandalik va ibodat ma’nosini anglatuvchi ismlar qo‘yish urf bo‘lgani hammamizga ma’lum va mashhurdir.

Bolaga ism tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Farzandga qo‘yish tavsiya qilinadigan ismlar

  • «Abdulloh», «Abdurahmon», «Abdusamad», «Abdul’ahad» kabi Alloh taoloning go‘zal ismlariga «Abdu» qo‘shimchasi qo‘shib yasaladigan ismlar;
  • Bandalik va ubudiyat ma’nosini bildiruvchi ismlari. Masalan, «Abd», «Obid», «Sojid», «Soim», «Rojiy» va hokazo;
  • Payg‘ambarlar ismi: «Muhammad», «Ibrohim», «Muso», «Iso»;
  • Sahoba, tobein, tabaa tobein va ulamolar ismi: «Horis», «Umar», «Usmon», «Ali», «Hammod»;
  • Hijriy oy nomlari: «Ramazon», «Sha’bon», «Rajab», «Muharram»;

Yana boshqa ijobiy ma’nolarni anglatuvchi ismlar qo‘yish joizdir.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
  2. Qiz bolalar uchun barcha ismlar manosi
  3. O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
  4. O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng ko‘p qidirilgan ismlar manosi
  5. Hadislarda ism qo'yish borasida nima deyilgan
  6. Ismim o‘zimga yoqmaydi, uni o‘zgartirmoqchiman…
  7. Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
  8. Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go'zal ismlar)
  9. Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning 99 ismlari
  10. Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday
  1. Surayyo:

    Raim ism ma’nosi nima

  2. Yulduz:

    Assalomu alayko’m. Mening ismimni manosini topishga yordam bersangiz, javob uchun oldindan raxmat.

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m Yulduz, sizning ismingiz manosi «Yulduzdek yorug‘ yuzli, nurli, chiroyli,latofatli va suluv qiz. To’lei yulduzdek yuksak va iqboli porloq, hayoti nurga to‘la bo‘lsin.» degan manoni anglatadi.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *