Dunyodagi eng antiqa ismlar haqida bilasizmi?

«Sog‘lom ona – sog‘lom bola» konsepsiyasi umummilliy harakat dasturiga payvasta mazkur qo‘llanma ishingizda qo‘l kelsin, deydi Donish domla.

Dunyodagi antiqa ismlar

Ism qo‘yishga nisbatan ta’qiqlar dunyoning ko‘plab davlatlarida qo‘llanilmoqda. Masalan, Meksikada Robokop, Feysbuk, Traffic, Ledi Di, Venesuelada Supermen, Germaniyada Anus va Usama bin Laden ismlarini berish taqiqlanadi.

Qiz bolalar uchun barcha ismlar manosi

Portugaliyada bolalarni Tom deb atab bo‘lmasa, Saudiya Arabistonida Linda, Elena va Alisa, AQShda Adolf Gitler, Braziliyada Saddam Husayn ismlarini qo‘yish mumkin emas. Yangi Zelandiyada esa 2014 yilda bolalarni nomlash bo‘yicha 60 ta so‘rov rad etilgan.

Xizmat tergovi bo‘limi ma’lum qilishicha, unvon yoki avloddan avlodga o‘tib kelayotgan martaba (Shahzoda, Gersog, Hazrati Oliylari), diniy nomlar (Iso) bilan bolalarni atab bo‘lmaydi.

Ammo «zamonaviy» kishilar bolaga ism qo‘yishda har qanday odob va mantiq chegarasidan chiqib ketmoqda. Xitoyda bir juftlik o‘z bolasiga «@» belgisini berdi va bu xitoychasiga «ai-ta» («Men uni sevaman») ma’nosini anglatar ekan. Shvetsiyada ota-ona o‘z dilbandiga Brfxxccxxmnpcccclllmmnprxvclmnckssqlbb11116 nomini qo‘ydi. 2008 yili Yangi Zelandiyada ikki egizakka Benson & Hedges tamaki markasi nomini qo‘yishdi.

2010 yili qiziga «Gavayi xulasiga raqsga tushuvchi tulula» ismini bergan ota-onadan vasiylik organlari bolani olib qo‘ydi. Moskvada esa БОЧрВФ260602 (Биологический Объект Человек рода Ворониных-Фроловых, родившийся 26.06.2002 года) deya noodatiy ism qo‘yilgan bolaga qariyb 10 yil tug‘ilganlik guvohnomasi berilmadi.

O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi

Qozog‘istonda 2010 yil 1–2 dekabrda o‘tkazilgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining anjumani munosabati bilan Moldabekovlar oilasi o‘z chaqalog‘iga Sammit nomini berdi. Yoxud Gavayi orollarida 100 harfdan (Napu Amo Xala Ona Ona Aneka Vexi Vexi Ona Xivea Nena Vava Kexo Onka Kaxe Xea Leke Yea Ona Ney Nana Nia Keko Oa Oga Van Ika Vanao) iborat ism bor.

Chikago shahridagi Jeksonlar oilasi o‘zining besh nafar bolasini Meningit, Laringit, Appenditsit, Peritonit va Tonzillit deb nomladi. Venesuelada bolalarga Toj-Mahal Sanches, Darvin Lenin Ximenes, Gitler Yufemio Mayora ismlari ham qo‘yilgan. Ekvadorda esa «Juda mustahkam sement», «Futboldagi og‘ir g‘alaba», «Xalqaro ziddiyat» ma’nolarini anglatuvchi ismlar ham mavjud. Hindistonda Kandmaxal (Salom, Ikki kilogramm guruch!) ismi qo‘yilishi juda oshib tushdi.

Shimoliy Koreya hukumati esa «hukmron yetakchining oliy hokimiyatini himoya qilish maqsadi»da bolalarga mamlakat rahbari Kim Chen In nomini qo‘yishni man etdi. Hatto hozirgacha qaysi bolaga ushbu ism berilgan bo‘lsa, endi ular ham o‘zgartirilishi shart. 2011 yil yanvarda Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir ham fuqarolari orasida kimda uning ismi qo‘yilgan bo‘lsa, bundan «ko‘ngilli ravishda» voz kechishni talab qilgan.

Bolaga ism tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Insonga bir umrlik ism qo‘yishda shov-shuvning ketidan quvib, mantiqsiz va mavhum emas, balki har jihatdan o‘ylangan, go‘zal va yoqimli nomlarni qo‘yish maqsadga muvofiq.

  1. Sabrina:

    Bu malumotlar shunchalik zo’r ekanki, vaqt qanday o’tib ketganligini bilmabmanham, antiqa ismlar esa meni hayron qoldirdi.

  2. Husniya:

    Antiqa ismlar haqidagi bu malumotlar menga juda yoqdi, sizlarni kelgusi ishlaringizga omad tilab qolaman.

  3. Dostonbek:

    Albatta, malumotlar jua ham qiziqarli ekan. Singillarimizni fikriga qo’shilamiz.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *