Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar haqida qiziqarli malumotlar

Sayyoramizda eng kichik maxluqotlarning ham inson hayoti uchun xavfli bo’lgan zahari bo’lishi mumkin. Ushbu maqolada dunyodagi zahari eng kuchli jonzotlar haqida hikoya qilinadi.

Zaharli maxluqotlar haqida qiziqarli malumotlar

10-o’rinda O’rta Osiyo kobrasi. Bu ilonning chaqishidan keyin odam holsiz bo’la boshlaydi, keyin tirishish boshlanib, nafas olish tezlashadi va tegishli choqalar ko’rilmasa, o’lim bilan yakunlanadi. O’rta Osiyo kobrasining o’ldiradigan zahari 1 kg ga 0,85 milligramni tashkil etadi. (mg/kg)

Osiyo kobrasi chaqishi insonni holsizlantiradi

9-o’rinda Braziliyaning askar o’rgimchagi. 2010 yilga qadar 0,045 mg/kg korsatkichi bilan “qora beva” eng zaharli o’rgimchak hisoblanar edi. Ammo keinchalik Braziliya askar o’rgimchagining zahari ikki barobar kuchli ekanligi aniqlandi. Bu zahar inson qoniga tushsa, butun qon tizimini ishdan chiqarib, 85% holda yurak to’xtashiga sabab bo’ladi.

Braziliyaning askar o'rgimchagi

Dunyodagi eng baland ko’priklar haqida qiziqarli malumotlar

8-o’rinda Konus geografik mollyuski. Bir qarashda chig’anoqni eslatadigan bu maxluqotni zaharli, deb bo’lmaydi. Ammo uning zahridan Tinch okeanida yiliga 2-3ta odam halok bo’ladi. Zahari 0,012 mg/kg ga teng.

Konus geografik mollyuski

7-o’rinda Chirikita baqasi. Dunyodagi eng zaharli baqalardan biri hisoblanadi. Zahri 0,01mg/kg ga teng.

Chirikita baqasi eng zaharli baqalardan

6-o’rinda Sariq chayon. Chayonning bu turi chaqqanda 95% holda o’lim bilan yakunlanadi. Zahrining ko’rsatgichi 0,009 mg/kg ga teng.

Sariq chayon

Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilmagan qiziqarli ma’lumotlar

5-o’rinda Fugu balig’i. Zahar baliqning to’qimalarida joylashgan bo’lib, u inson organizmiga tushganda nerv kanallarini ishdan chiqaradi. Fugu balig’ining go’shtidan zaharlanish hollari 80% holda o’lim bilan yakunlanadi. Zahrining ko’rsatgichi 0,008 mg/kg.

Zaharli baliqlar sirasiga Fugu balig’i kiradi

4-o’rinda Taypan. Bu ilonning chaqishi inson hayoti uchun xavfli. Uning zahriga qarshi antidot ishlab chiqargunga qadar 90% holda odamlar halok bo’lar edi. Zahrining ko’rsatgichi 0,002mg/kg ga teng.

Zaharli taypan iloni

3-o’rinda Daraxt baqasi. Bu dunyodagi eng zaharli baqa sanaladi. Zahar uning terisi tomonidan ishlab chiqariladi. Shuning uchun ularni qo’lga olishning o’ziyoq o’limga sabab bo’lishi mumkin. Bu baqaning zahridan hindular zaharli o’qlar tayyorlashda foydalanganlar.

Daraxt baqasi eng zaharli mahluqot

G’oyib bo’lgan kutubxonalar haqida qiziqarli malumotlar

2-o’rinda Koralli poliplar. Zahar inson organizmiga tushar ekan, ko’krak qafasida qattiq og’riq hosil qilib, bir necha daqiqada o’limga olib keladi. Zahri shunchalik kuchliki, 0,00015 mg/kg ni tashkil etadi.

Koralli poliplar

1-o’rinda Barg yeyuvchi Afrika qo’ng’izi. Bu qo’ng’iz dunyodagi hayvonlar tomonidan ishlab chiqariladigan eng kuchli zaharga ega. Zahar hattoki qo’ng’izning lichinkalarida ham mavjud. Zahrining ko’rsatgichi 0,000025mg/kg ga teng.

Afrika qo'ng'izi
  1. Jasmina:

    Juda qiziqarli ekan. Men bunday oddiy xashorotlarda shunday kuchga ega zahar bo’lishi haqida bilmagan ekanman, kelgusida yanada ehtiyot bo’laman.

    • Foydalanuvchi:

      Assalomu alayko’m UzBaza.uz sayti ijodkorlari, ushbu qiziqarli malumotlar menga juda yoqdi, kelgusida ishlaringizga omad tilab qolaman.

  2. Madina:

    Ehh men bilmagan ekanman dunyoda shunaqangi zaharli maxluqotlar bor ekanligini, malumotlar menga juda yoqdi.

  3. Gavhar:

    Assalomu alayko’m. Juda yaxshi, qiziqarli va foydali ma’lumotlar bor ekan.

  4. Begzodbek:

    Vabshe zo’r narsala yani malumotlar bor ekan, ayniqsa dunyodagi eng zaharli maxluqotlar haqidagi maqola zo’r ekan!

  5. Zeboxon Odilova:

    Juda ham zo’r maqola bo’libdi UzBaza.uz saytiga juda katta raxmat. Kerakli maslahatlar berilgan ekan. Shunday maqolalardan ko’proq chiqarib turinglar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *