Dunyodagi eng katta 10 ta davlat haqida nimalarni bilasiz?
Dunyo davlatlari haqida gap ketar ekan ularning joylashuvi va maydonining hajmi hammaga birdek qiziqarli albatta. Quyida dunyoda maydoni jihatdan top-10 ta davlarni maydoni, aholisi va poytaxti haqida ma’lumot beramiz.

Demak,10 talik ro‘yxat quyidagi tartibga ega:
10-o‘rin: Jazoir — Afrika qit’asida joylashgan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi dunyoda eng katta top-10 davlatlar ro‘yxatida oxiriga 10-o’rinni egallaydi. Maydoni 2,4 mln km², aholisi soni 46,7 mln atrofida. Poytaxti — Jazoir shahri.
9-o‘rinda: Qozog‘iston — O’rta Osiyoda joylashgan qo’shni Qozog’iston kattaligi jihatdan duyonda to‘qqizinchi o‘rinda turadi. Maydoni 2,7 mln km², aholisi 19,8 mln atrofida. Poytaxti — Astana.
Musulmonlar tomonidan qilingan 19 g’aroyib kashfiyotlar
8-o‘rinda: Argentina — Amerika qit’asida joylashgan Argentina ro‘yxatni sakkizinchi pog‘onasini egallaydi. Maydoni 2,8 mln km², aholisi taxminan 46,4 mln ta. Poytaxti — Buenos-Ayres shahri.
7-o‘rinda: Hindiston — Osiyo qit’asininig janubida bu davlat Hind yarim orolida joylashgan. Maydoni — 3,2 mln km². Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, aholsining soni Xitoyn aholisidan o‘tib ketganligi aytilmoqda, ya’ni 1,443 milliarddan ortiq. Poytaxti Nyu-Dehli.
6-o‘rinda: Avstraliya — Avstraliya qit’asida joylashgan Avstraliya dunyoning oltinchi davlatidir. U Janubiy Yarimsharda, o‘z nomi bilan ataladigan qit’ada joylashgan. Maydoni — 7,7 mln km², aholisi 28 mln atrofida. Poytaxti — Kanberra.
Tarixdagi eng g‘alati 10 ta soliq turlari
5-o‘rinda: Braziliya — Amerika qit’asida joylashgan Braziliya Federativ Respublikasi dunyodagi beshinchi yirik davlat hisoblanadi. Maydoni 8,5 mln km², aholisining soni 219,3 mln atrofida. Poytaxti — Brazilia shahri.
4-o‘rinda: AQSh — Amerika qit’asida joylashgan Amerika Qo‘shma Shtatlari bu ro‘yxatda 4-o‘rinda turadi. Maydoni 9,5 mln km², aholisi 339,7 mln atrofida. Poytaxti — Vashington shahri.
3-o‘rinda: Xitoy — Osiyo qit’asida joylashgan bu davlat dunyoda kattaligi jihatdan 3-o‘rinda turadi. Maydoni 9,6 mln km², aholisi — 1,411 mlrd dan oshgan. Poytaxti — Pekin shahri.
2-o‘rinda: Kanada — Amerika qit’asida joylashgan Kanada kattaligi jihatdan dunyoda 2-o‘rinda. Maydoni — 9,9 mln km². Aholisining soni bor-yo‘g‘i 36,9 mln ni tashkil qiladi. Poytaxti — Ottava shahri.
Shaxmat haqida sara qiziqarli malumotlar
1-o‘rinda: Rossiya — Dunyodagi eng katta davlat — Rossiya, uning Sharqiy Evropa qit’asida 23% hududi bor, Osiyo qit’asida esa 77%. Rossiya Federatsiyasining maydoni 17 mln km² tashkil qiladi, aholisi esa — 146,4 mln dan ziyodroq. Poytaxti — Moskva shahri.
Xo’sh, bu ro’yxatda O‘zbekiston nechanchi o’rinni egallaydi? — O‘zbekiston davlati maydon jihatdan dunyoda 56-o‘rinda turadi. O‘zbekiston maydoni 447 400 km² ni tashkil qiladi, aholisi esa — 36,6 mln dan ziyodroq. Poytaxti — Toshkent shahri.










