Eng katta sehr ertagi bolalar uchun

Bir sehrgar bo’lgan ekan. Uning qo’lidan hamma ish kelar ekan. Istasa, tap-taqir cho’l o’rnida dengiz yarata olar ekan. Yalang joyda qasr paydo qilish ham uning uchun arzimagan yumush ekan.

Ammo bu ishlaridan sehrgarning ko’ngli to’lmas ekan.Kunlarning birida u odamlarning baxt haqidagi fikrlarini bilmoqchi bo’libdi.

Eng katta sehr ertagi

Axir ular sehrgarlikdan bexabar bo’lsalar ham baxtli yashashar ekanlar-da! Sehrgar yo’lida yelkasiga o’g’ir qop ortmoqlagan o’tkinchini uchratib qolibdi.

— Zildaymi? — so’rabdi sehrgar.

— Zilday bo’lganda-chi!- debdi yo’lovchi.

— Istasang, yukingni yengillatib beraman. Ter ham to’kmaysan, mashaqqat ham chekmaysan, yumushing osongina amalga oshadi, — debdi sehrgar.

— Yo’q, menga bunaqa ko’makning keragi yo’q, — debdi yuk ko’targan yo’lovchi.
Sehrgar yo’lovchining javobidan hayron bo’libdi:

Quyonchaning uychasi ertagi bolalar uchun

— Axir, qop judayam og’ir deyapsan-ku!

— Shunday bo’lmasa bo’lmaydi! — debdi yo’lovchi.

— Hamma narsa osongina bitaversa, nimadan sevinib, nimadan xursand bo’laman?
Gaping rost, — debdi sehrgar. — Mana mening qo’limdan hamma ish keladi, ammo sira quvona olmayman.

— Uy ham qura olasanmi? — so’rabdi yo’lovchi ishonqiramay.

Sehrgar javob berish o’rniga qo’lini yengilgina silkitibdi, shu onda ularning yonida mo’risidan pag’a-pag’a tutun burqsib turgan uy paydo bo’libdi.

— Qoyil! — debdi yo’lovchi entikib, keyin qo’shib qo’yibdi:

— Bunaqa uyni… o’z qo’ling bilan qurganigga ne yetsin…

— Sen haqiqatan ham baxtlimisan? — so’rabdi sehrgar.

Tulkining jazosi ertagi bolalar uchun

— Qopni manziliga olib borsam, mendan baxtli odam bo’lmaydi, — javob beribdi yo’lovchi.

— Uni manziliga men eltisha qolay bo’lmasa, — debdi sehrgar va qopni yelkasiga ortmoqlab olibdi.
Manzil olis ekan. Ular ketaveribdilar, ketaveribdilar.

— Hali uzoqmi? — so’rabdi terga bota boshlagan sehrgar.

— Uzoq, — javob beribdi qop egasi.

— Dam olsakmikan? — so’rabdi sehrgar hansirab.

— Yahshisi, yo’ldan qolmaganimiz ma’qul, — debdi unga javoban yo’lovchi. — Yo’qsa quvonchimiz tez tarqab ketadi.

Ular, nihoyat, manziliga yetib kelibdilar.

— Keldik, — debdi yo’lovchi sehrgarga.

Sehrgar qopni yelkasidan tushiribdi, u horib-charchagan bo’lsa ham, yuzida tabassum o’ynab, yerga yotib olibdi.

Tuz qadri ertagi bolalar uchun

— Ha! — debdi sehrgar peshonasidagi marjon-marjon terlarini artar ekan. — Baxt nimaligini angladim, buning uchun senga katta rahmat, birodar.

— Beminnat yordaming uchun senga ham tashakkur! — debdi yo’lovchi.

Sehrgar o’sha kundan boshlab jodu ishlarini butunlay yig’ishtiribdi. O’z qo’li, o’z mehnati bilan uy qura boshlabdi.Quyosh chiqmasidan burun bog’ga yo’l oladigan, dalalarga suv taraydigan bo’libdi.

  1. Amira:

    Manga bu ertak juda yoqti, bu ertakdan man juda yaxshi maslahat va o’rnak oldim!

    • Dilnura:

      Manga bu ertak juda juda yoqdi. Ertak kitobni keragi yo’q qoyil qoldim.

  2. Dilnura:

    Manga bu ertak juda juda yoqdi. Kelgusida bolalarimgaham o’qib beraman.

  3. Sarviniso:

    Menga «Eng katta sehr» ertagi yoqdi. Yoʻlovchi sehrgarga mehnat qilishni oʻrgatdi.

  4. Maftuna:

    Bizga ham «Eng katta sehr» ertagi juda ham yoqdi. Bolalarim xursand bo’lishdi.

  5. Olmaxon:

    Ertaklar yaxshi. Yana ko’proq bo’sa undanam yaxshi bo’lardi. Men har kuni kechasi bollarimga o’qib berish uchun ertak izlayman.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *