Quyonchaning uychasi ertagi bolalar uchun

Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir tulki bilan quyon bo’lgan ekan. Tulkining uychasi — muzdan, quyonniki — daraxtning postlog’idan qurilgan ekan.

Bahor kelib, kunlar iligach, tulkining uychasi erib ketibdi. Boshpanasiz qolgan tulki tunashga joy berishni so’rab quyonning oldiga bordi-yu, uning uychasini egallab olib, o’zini haydab yubordi.

Quyonchaning uychasi ertagi

Quyoncha yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan kuchukcha chiqib qoldi:

— Vov, vov, vov! Hoy quyoncha, nega yig’layapsan?

— Qanday qilib yig’lamay? Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni xaydab yubordi.

Tulkining jazosi ertagi bolalar uchun

— Qo’y, yig’lama, quyoncha! — dedi kuchukcha.

— Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman.
Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishdi. Kuchukcha vovillab dedi:

— Vov,vov,vov! Hoy tulki, qani, buyoqqa chiq-chi!
Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag’dag’a qildi.

— Hozir irg’ib o’rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman!

Bu dag’dag’adan qo’rqib ketgan kuchukcha juftakni rostlab qoldi.

Quyoncha yana yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan ayiq chiqib qoldi:

— Ha, quyoncha, nima uchun yig’layapsan? — deb so’radi.

Tuz qadri ertagi bolalar uchun

— Qanday qilib yig’lamay? — dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi.

— Qo’y, yig’lama, quyoncha! — yupatdi uni ayiq. — Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman.

Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishdi. Ayiq bor ovozi bilan baqirdi:

— Hoy tulki, qani buyoqqa chiq!

Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag’dag’a qildi.

— Hozir irg’ib o’rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman!

Bu dag’dag’adan qo’rqib ketgan ayiq juftakni rostlab qoldi.

Piyozvoy nega xomush? ertagi bolalar uchun

Quyoncha yo’lda avvalgidan ham qattiqroq yig’lab borar edi. Oldidan xo’roz chiqib qolibdi.

— Qu-qu-qu-qu-u-uq!- dedi qichqirib. — Hoy, quyoncha, nega yig’layapsan?

— Qanday qilib yig’lamay? — dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi.

— Ketdik, — dedi xo’roz. — Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman.

— Yoq, xo’roz, qo’lingdan kelmaydi. Kuchukcha haydamoqchi bo’ldi — haydolmadi, ayiq haydamoqchi bo’ldi — haydolmadi. sen ham haydolmaysan.

— Men hayday olaman!

Ular birgalikda quyonchaning uychasiga kelishdi. Xo’roz etiklari bilan yerni tepib, qanotlarini qoqdi:
Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!

Sichqonga aylangan yo‘lbars ertagi bolalar uchun

Xo’rozning qichqirig’ini eshitib, tulki qo’rqib ketdi va ovoz berdi:

— Hozir etigimni kiyib olay…
Xo’roz yana qichqirdi:

— Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!

Tulki yana ovoz berdi:

— Hozir! Kiyimimni kiyib olay…

Xo’roz uchinchi marta qichqirdi:

Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!

Opa-singil daryolar ertagi bolalar uchun

ulki lip etib uychadan chiqdi-yu, o’zini o’rmonning ichiga urdi.

Shundan keyin quyoncha yana o’zining daraxt po’stlog’idan qurilgan uychasida tinch-osoyishta yashay boshlabdi.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *