Och bo‘ri ertagi bolalar uchun

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, bir och bo‘ri bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni u don yeb yurgan bir xo‘rozni ko‘rib qolibdi. Bo‘ri xo‘rozni ushlash payiga tushibdi.

Och bo‘ri ertagi

Xo‘roz qanotini yozib qaq-qaq, deyman deb turgan ekan, bo‘ri lip etib kelib xo‘rozning qanotidan tishlab olibdi. Xo‘roz ko‘rsa, bo‘ri uni mahkam ushlab turgan emish. Shunda xo‘roz so‘rabdi:

— E bo‘ri, meni nima qilmoqchisan?
— Men seni yeyman, — debdi bo‘ri.
— Meni shundayligimcha yesang hech maza qilmaysan, yeydigan bo‘lsang kashnich, piyoz bilan yeginki, dunyoda bir maza qilgin, — debdi xo‘roz.
Bo‘ri:
— Kashnich, piyozni qaerdan topaman? — debdi.

Qizil shapkacha (qalpoqcha) ertagi bolalar uchun

Xo‘roz:

— Kashnich, piyozni shu yaqin oradagi qishloqdan topasan, sen borib kelaver, men seni shu yerda poylab turaman, — debdi. Bo‘ri kashnich, piyoz izlab qetishi bilanoq xo‘roz parillab uchib ketibdi.

Bo‘ri kashnich piyozni qiynalib-qiynalib, zo‘rg‘a topib kelibdi. Qarasa, xo‘roz yo‘q emish. U yoqqa yuguribdi, bu yoqqa yuguribdi, nihoyat xo‘rozni topolmay, nochor yo‘lga tushibdi.

Bo‘ri bir yerdan o‘tib ketayotgan ekan, bir qo‘zi o‘tlab turganini ko‘ribdi, sekin kelib qo‘zini ushlab olibdi.

Qo‘zi:

— E bo‘ri, meni nima qilmoqchisan? — debdi.

Bo‘ri:

— Men seni yemoqchiman, — deb javob beribdi.
— Mening quruq go‘shtimni yeganing bilan hech maza qilmaysan, yaxshisi borib konning tuzidan olib kel, shundan keyin go‘shtimni maza qilib yeb, armondan chiqasan, — debdi qo‘zi.

Yaxshivoy bilan Yomonvoy ertagi bolalar uchun

Bo‘ri qo‘zini shu yerda qoldirib, kondan tuz olib kelgani jo‘nab ketibdi. Shu paytdan foydalanib qo‘zi qochib qolibdi. Bo‘ri sarson-sargardon bo‘lib kondan tuz olib kelsa, qo‘zi qochib ketgan emish. Qo‘zini toza izlabdi, axiri topolmay yana yo‘lga tushibdi.

Bo‘ri keng cho‘lda yugurib ketayotgan ekan, unga bir ot ro‘para kelib qolibdi. Bo‘ri tez-tez yurib, otning oldiga o‘tib olibdi. Ot bo‘riga yaqin borib, uni iskagan ekan, bo‘ri chaqqonlik bilan otning tumshug‘iga yopishib olibdi. Ot xo‘p unnab ko‘ribdi, lekin u o‘z tumshug‘ini och bo‘ridan ajratib ololmabdi. Keyin ot bir hiyla qilmoqchi bo‘libdi.

— Ey bo‘ri, nima qilmoqchisan? — debdi.
— Men seni yemoqchiman, — debdi bo‘ri.
— Unday bo‘lsa, — debdi ot, — avval mening orqamga o‘t, otam o‘lmasdan avval tuyog‘imga bir nasihatnoma yozib qoldirgan edi. shu nasihatnoma senga tegishli, sen shuni o‘qib olib, so‘ngra meni yeya ber, — debdi. Bo‘ri otning tumshug‘ini bo‘shatib, uning orqasiga o‘tibdi, otning tuyog‘idagi xatni o‘qiyman deb termilib, mahliyo bo‘lib turgan vaqtida ot oyog‘ini ko‘tarib, bo‘rining og‘ziga bir tepibdi.
— Ey savodsiz, xatni o‘qiyolmasang nimaga orqamga o‘tding? — debdi ot.

Haqiqatan ham bo‘ri savodsiz ekan. Otning qattiq tepkisidan bo‘rining og‘zida bitta ham tishi qolmay sinib ichiga ketib qolibdi. Bo‘rining tumshuqlari majaqlanib esini yo‘qotib gangib qolibdi, bir vaqt hushiga kelibdi. Bo‘ri aqlini rostlab o‘ziga-o‘zi ta’zir berib debdi:

Chol bilan Bo‘ri ertagi bolalar uchun

— Ko‘rdingki xo‘roz, senga kim qo‘yibdi kashnichu piyoz, ko‘rdingki qo‘zini, senga kim qo‘yibdi konning tuzini, ko‘rdingki ot, yeb yonida yot, xat bilmasang ketiga o‘tib mirza bo‘lishing uyat, — deb aljirab-aljirab o‘lib qolibdi. Xo‘roz, qo‘zi va ot dushmandan qutulib qolishibdi.

  1. $$$$:

    Juda zõr ertak ekan bizga yoqti.endi harkuni online miz

  2. Sayyora:

    Menimcha oxiri yaxwilik bilan tugawi kerak edi

    • Botir:

      Bolalar uchun juda ajoyib ertak ekan, ohirigacha o’qib berdim bolajonlarimga.

  3. Sarvinoz:

    Shu ham ertakmi? Qaysi befarosat o’ylab chiqargan bu ertakni?

  4. Shodiya:

    Qissadan hissa nima boʻlarkan, bilmadim. Bolamga cholni yebdi, kampirni yebdi deb aytolmay oxirini toʻqishga majbur boʻldim. Maslahatim bu ertakni bazangizdan olib tashlang, shunchaki bahoingizni tushirmaslik uchun ham

  5. Anna:

    Uncha yaxshi ertak emas ekan. Manga yoqmadi.

  6. Amanet:

    Menga bazi joylari yoqdi. Agar kampir bo’rini osha zaxoti quvib yuborsa edi ularning barchasi tirik qolardi. Qissadan qissa shuki har doim ham be farq bo’lmaslik kerak.

  7. Nomalum:

    Bog’chada bolalarga aytibmanu oxirini bunday tugashini bilganim ham yo’q. Oxirini o’zim tugatib qo’ya qoldim. Bemani ertak ekan.

  8. Mahliyo:

    Shu ertakmi? Qo’rqinchli hikoyaku, ming afsus shu ertakni bollarimga o’qib berganimga.

  9. Kamronbek va Muhammadamin:

    Bollarimga yoqmadi. ayniqsa ohiri juda tushunarsiz. bu ertakni olib tashlaganingiz maqul.

  10. Foydalanuvchi:

    Hech qachon bunday bemani ertak o’qimaganman.

  11. Dilya:

    Ertakni ahvolini qarela. Man bu ertakda xech qanaqa ma’no va xech qanaqa mantiq ko’rmadim.

  12. Shuhrat:

    Juda-juda ajoyib ertaklar, yaxshilikga yetaklar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *