Qizil shapkacha (qalpoqcha) ertagi bolalar uchun
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir qishloqda jajjigina bir qizcha bor ekan: u dunyoda tengi yo‘q, juda yoqimtoy qiz ekan.
Oyisi uni jonidan ham yaxshi ko‘rar ekan, buvisi bo‘lsa undan ham yaxshi ko‘rar ekan.
Buvisi nevarasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan qizchaga bitta qizil qalpoqcha sovg‘a qilibdi.
O‘shandan beri qizcha qayoqqa borsa, shu chiroyli, yangi qizil qalpoqchasini kiyib borar ekan. Shuning uchun qo‘ni qo‘shnilar uni ko‘rganda:
— Ana, Qizil Qalpoqcha kelyapti! — der ekanlar. Bir kuni oyisi somsa pishirib, qizchaga aytibdi:
Yaxshivoy bilan Yomonvoy ertagi bolalar uchun
— Qizil Qalpoqcha, mana bu somsa bilan kuvachadagi yog‘ni buvingga oborib bergin, eson-omonligini bilib kelgin. Qizil Qalpoqcha kiyinib, buvisini ko‘rgani narigi qishloqqa ketibdi.
U o‘rmondan o‘tayotsa, oldidan bir Bo‘ri chiqib qolibdi. Bo‘ri Qizil Qalpoqchani yamlab yuborgisi kelibdi-yu. lekin botinolmabdi, chunki shu yaqin orada o‘tinchilar daraxt kesib yurar, boltalarining taraq-turuq ovozi eshitilib turar ekan. Bo‘ri qizdan:
— Qizil Qalpoqcha, qayoqqa ketyapsan? — deb so‘rabdi. Qizil Qalpoqcha bo‘lsa, o‘rmonda to‘xtab, Bo‘ri bilan gaplashishning qanday qo‘rqinchli ekanini bilmas ekan. Shuning uchun ham u Bo‘ri bilan salomlashibdi-da, keyin:
— Buvimni ko‘rgani ketyapman, buvimga mana bu somsalar bilan kuvachada yogʼ olib boryapman, — debdi.
— Buvingning uyi uzoqdami? — deb so‘rabdi Bo‘ri.
— Ha, ancha uzoqda, — deb javob beribdi Qizil Qalpoqcha.
Chol bilan Bo‘ri ertagi bolalar uchun
— Tegirmon orqasidagi qishloq bor-u, hov ana, eng chekkadagi uyni ko‘ryapsanmi — o‘sha.
— Yaxshi, — debdi Bo‘ri, — men ham buvingni ko‘rib kelaman. Manavi yo‘ldan boraman, sen bo‘lsang anavi yo‘ldan bor. Ko‘ramiz, kim oldin borarkan. Bo‘ri eng yaqin yo‘ldan g‘izillab chopib ketibdi.
Qizil Qalpoqcha bo‘lsa, eng uzoq yo‘ldan ketibdi. Qizcha yo‘lma-yo‘l to‘xtab, gullar teribdi, guldasta yasabdi. Qizil Qalpoqcha hali tegirmon yo‘liga yetmagan ekan, Bo‘ri kampirning uyiga yetib kelib, eshikni taqillatibdi.
— Kim? — deb so‘rabdi kampir.
— Men nevarangiz Qizil Qalpoqchaman, — deb javob beribdi. Bo‘ri, ovozini ingichka qilib.
— Siznikiga mehmon bo‘lib keldim, somsa bilan kuvachada yog‘ olib keldim. Kampir bu vaqt to‘shakda kasal bo‘lib yotgan ekan. U chindan ham Qizil Qalpoqcha kelgandir deb o‘ylab, shunday debdi:
— Jonginam, ipni tort, eshik ochiladi!
Bo‘ri ipni tortibdi — eshik ochilibdi. Bo‘ri chopib borib, kampirni bir yamlab yutib yuboribdi. Bo‘ri judayam och ekan, negaki u uch kundan beri ovqat yemagan ekan-da. Keyin Bo‘ri eshikni yopib, kampirning to‘shagiga kirib yotibdi-da, Qizil Qalpoqchani kuta boshlabdi. Tezda Qizil Qalpoqcha kelib, eshikni taqillatibdi.
Maqtanchoq jo‘ja ertagi bolalar uchun
— Kim? — deb so‘rabdi Bo‘ri.
Qizil Qalpoqcha Bo‘rining xunuk ovozini eshitib, avval qo‘rqibdi, keyin: buvim tumov-pumov bo‘lgandir, — deb o‘ylab, javob beribdi:
— Men nevarangiz Qizil Qalpoqchaman. Sizga somsa bilan kuvachada yog‘ olib keldim. Bo‘ri yo‘talib olib, ingichka ovoz bilan:
— Ipni tort, jonginam, eshik ochiladi, — debdi. Qizil Qalpoqcha ipni tortgan ekan eshik ochilibdi.
Qizcha uyga kiribdi. Bo‘ri bo‘lsa ko‘rpaga burkanib olib debdi:
— Somsani stolga, kuvachani tokchaga qo‘y, o‘zing yonimga kelib yot! Juda charchagandirsan?
Qizil Qalpoqcha bo‘ri bilan yonma-yon yotib, undan so‘rabdi:
- Voy, buvijon, qo‘llaringiz buncha uzun?
- Seni mahkamroq quchoqlash uchun, jonginam!
- Buvijon, oyoqlaringiz buncha katta?
- Tezroq chopish uchun, jonginam!
- Buvijon, quloqlaringiz buncha katta?
- Yaxshiroq eshitish uchun, jonginam!
- Buvijon, ko‘zlaringiz buncha katta?
- Seni yaxshiroq ko‘rish uchun. jonginam!
- Buvijon, tishlaringiz buncha katta?
- Seni tezroq yeb qo‘yish uchun. jonginam!
Kenja o‘g‘il ertagi bolalar uchun
Qizil Qalpoqchaning dod-voylashiga qaramay, ochko‘z Bo‘ri uni shippagi va qizil qalpog‘i bilan qo‘shib yutib yuboribdi. Baxtni qarangki, shu vaqt uy yonidan o‘tinchilar o‘tib qolishibdi.
Ular shovqin-suronni eshitib, uyga bostirib kiribdilar va bo‘rini o‘ldiribdilar. Keyin uning qornini yorsalar, ichidan Qizil Qalpoqcha bilan buvisi eson-omon chiqishibdi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Dehqon bilan Jin ertagi bolalar uchun
- Yaxshivoy bilan Yomonvoy ertagi bolalar uchun
- Chol bilan Bo‘ri ertagi bolalar uchun
- Maqtanchoq jo‘ja ertagi bolalar uchun
- Kenja o‘g‘il ertagi bolalar uchun
- Mukofot ertagi bolalar uchun
- Eng katta sehr ertagi bolalar uchun
- Quyonchaning uychasi ertagi bolalar uchun
- Tulkining jazosi ertagi bolalar uchun
- Tuz qadri ertagi bolalar uchun
Eng zor ertak
Assalomu alayko’m. Ha albatta bu ertak bizni bolaligimizni eslatadi.
Judayam zor ertak
Sevara assalomu alayko’m. To’g’ri aytasiz, bolaligimizni eslatadi!
Ha to’g’ri juda zo’r ertak
Bu ertakni bolalarim miriqib tinglashdi, o’qib berdim, raxmat katta.
Judayam zör eksn
Fikringiz uchun tashakkur!
Bu ertakni bolaligimda menga aytib berishar edilar aziz insonlarim, endi esa men aziz bolalarimga shu ertakni o’qib berayabman xozir, balki bolalarim xam bir kun kelib aziz farzandlariga o’qib berar dadam bizga o’qib berardilar deb inshaollox. Ertakga gap yo’q👍
Judayam zõr ekan👍👍👍👍👍👍
Juda juda zo’r ertak ekan menga yoqadi ♥♥♥
Raxmat yaxshi ertak eka
Judayam zo’r ertak ekan
Har kuni bolalarimga aytib beraman wu ertakni uzimga ham yoqadi yowlogimni eslatadi
Zo’r sayt ekan UzBaza.uz ga omad tilayman.
Зур рахмат мазза килиб укидим болаликни эслатди.
Рахмат эртак учун зур
Ertak juda ham qiziqarli ekan, bolaligimni eslatib yubordi, qizalog’im ham anashu ertakni juda ham sevib tinglaydi.
Juda ertak zoʻr, ukam bilan singlimga oʻqib berdim, ula mazza qilib tinglashdi, yana shunga oʻxshash ertelariz boʻsa qoʻyizla.
Ertakda ma’no va mazmun bor. Ertak judayam zo’r gap yo’q!!!
Bu ertak bolalikni eslatadigan juda zo’r ertak ekan.
Ertak zo’r ekankuya lekin o’rtada reklama bor ekan, iloji bo’lsa shu reklamani optashelar.
Menga bu saytdagi barcha ertaklar judayam yoqdi, rahmat kattakon.
Judayamm zo’r ertak ekan.
Hozir judayam qiziq, bir vaqtlar eshitgan ertagimni, hozirda bolalarimga aytib beryapman.
Bu ertakni multfilmniham ko’rganman, meni eng yaxshi ko’rgan ertagim.