Dehqon bilan Jin ertagi bolalar uchun
Qadim zamonlarda Baliqko‘l tomonlarda bir Jin bo‘lgan ekan. Kunlarning birida uning xojasi olamdan o‘tib, Jin ozodlikka chiqibdi. U hech qachon mustaqil, ozod yashab ko‘rmagan ekan.
Endi nima qilsam ekan, yo o‘zimga boshqa xo‘jayin topsammikan, deb ketayotib dalada mehnat qilayotgan dehqonga duch kelibdi. U terlab-pishib yer chopayotgan ekan. Jinning dehqonga rahmi kelib:
– Odamlarga qiyin ekan-a, dehqon bobo. Bir parcha non topib, qornini to‘ydirish uchun ertani erta, kechani kecha demay ter to‘kishadi, – debdi.
Och bo‘ri ertagi bolalar uchun
– Mehnat sen o‘ylaganingday mashaqqat emas. Sen ham mehnat qilib non yeganingda uning qanday shirin bo‘lishini bilarding. Mehnatning tagi rohat, deydilar. Ishonmasang, buni o‘zing sinab ko‘rishing mumkin, – debdi dehqon.
Jin qiziqib qolibdi. Dehqon meni laqillatayotgan bo‘lmasin tag‘in, deb sinab ko‘rish uchun baliq ovlamoqchi bo‘libdi. Bir aylanib odam qiyofasiga kiribdi-da, bozordan to‘r sotib olib, daryoga boribdi.
Umrida baliq ovlab ko‘rmagan Jin mashaqqat bilan to‘rtta zog‘ora baliqqa ega bo‘libdi. Biroq u tutgan balig‘ini pishirishni bilmabdi. Yana dehqonning oldiga boribdi.
Ular ikkovlashib o‘tin terib, baliqni olovga tutib pishiribdi. So‘ng uni o‘rtaga qo‘yib, birga ovqatlanishibdi.
– Oh, bunchalar shirin yemak bo‘lmasa. Avval sira bunday mazali baliq yemagan edim. Chindan ham, mehnat qilib topilgan narsa totli bo‘larkan. Sen meni aldamabsan. Endi doim nonimni mehnat qilib topaman, – debdi dehqondan minnatdor bo‘lib Jin.
Qizil shapkacha (qalpoqcha) ertagi bolalar uchun
– Chunki mehnat qilganingda harakatda bo‘lasan, qoning yurishadi. Harakat qilgan odamning tani ham sog‘ bo‘ladi, – debdi dehqon.
Oradan oylar o‘tibdi. Jin dehqon o‘rgatganidek o‘z mehnati orqasidan non va halovat topib mamnun yashay boshlabdi. Baliqchilar orasidan o‘ziga do‘stlar orttiribdi.
Kun sayin hayot unga maroqli va mazmunli tuyulibdi. Odamlarga qul bo‘lib, ularning bema’ni istaklarini ro‘yobga chiqarishdan, mehnat qilib, hayot kechirish yaxshiroq ekanini anglabdi.
Ishlab ter to‘kish, so‘ng hordiq chiqarish ham unga yoqib qolibdi. Endi hech qachon qayta Jinga aylanmaslikka qaror qilibdi.
Kunlarning birida yana baliq oviga chiqibdi. Suvga to‘r tashlashi bilan unga oltin baliq ilinibdi.
– Ey, odam, jonimga rahm qil. Tila tilagingni, ortig‘i bilan ado qilay, – deb turganmish oltin baliq ta’zim bajo qilganicha.
Yaxshivoy bilan Yomonvoy ertagi bolalar uchun
– Joning o‘zingga siylov. Menga sendan hech narsa kerakmas. Moviy to‘lqinlar ichra o‘ynoqlab suzaver, – debdi Jin oltin baliqni hayratga solib. U hali biror odam zotidan bunday gap eshitmagan ekan.
– Nahotki, biror tilaging yo‘q? O‘zing bo‘lmasa bola-chaqang uchun so‘ra, keyin pushaymon bo‘lma, – debdi oltin baliq uning gaplari qanchalik to‘g‘riligini bilish uchun.
– Ey, oltin baliq, menda bola-chaqa yo‘q. Bo‘lganida ham ularni mehnatga o‘rgatardim. Sen mening g‘amimni yema. Mehnat qilib, non topib yeyish qanchalar rohat ekanini bilganingda edi, bu rohatni hech narsaga almashtirmagan bo‘larding, – debdi Jin.
Chol bilan Bo‘ri ertagi bolalar uchun
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Qizil shapkacha (qalpoqcha) ertagi bolalar uchun
- Yaxshivoy bilan Yomonvoy ertagi bolalar uchun
- Chol bilan Bo‘ri ertagi bolalar uchun
- Maqtanchoq jo‘ja ertagi bolalar uchun
- Kenja o‘g‘il ertagi bolalar uchun
- Mukofot ertagi bolalar uchun
- Eng katta sehr ertagi bolalar uchun
- Quyonchaning uychasi ertagi bolalar uchun
- Tulkining jazosi ertagi bolalar uchun
- Tuz qadri ertagi bolalar uchun
Juda zor
Nurana assalomu alayko’m. Fikringiz uchun tashakkur.
Ertak juda zo’r ekan.
By odamlarga Jim Jordan berayayapti
By ertak zur ekan lekin oltin baliqqa uxshaydi
Juda zor ertak
👍👍👍manga juda yoqdi,raxmat
Ertak yozgan insonga raxmat manosi juda zo’r ertakni.
Zo’r ertak ekan manga yoqti.
Menga juda yoqdi zo’r 😘😘😘
Menga juda yoqdi😗
Raxmat zōraka ijodilaga omad
Ayrim qushtirnoq ichidagi odamlarga tegishli bòlibti👍
Zòr bizaga yoqti
Ertak juda zo’r ekan.👍👍👍
Juda zo’r ekan bizaga juda yoqdi😉😉😉😉😘
Ертакка гап йооо зор екан
Haqiqatdan manoga boy hamda bolalarga o’rnak bo’la oladigan ertak ekan.
Juda yaxshi ertak ekan, bolalarimga o’qib berdim, mazza qilib eshitib uxlab qolishdi.
Zo’r ertak ekan. Bollarimga o’qib berdim. Bolalarim rahmat deb aytib qo’ying deyishyapti 🥰😘
Kamronbek va Muhammadamin Assalomu alayko’m. Ertak sizlarga yoqganidan xursandmiz. Sizlarni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Ertak zo’r. Bollarimga o’qib berdim. Rahmat deb yozing deyishyapti. Rahmat.
Juda zo’r ertak ekan.