Mukofot ertagi bolalar uchun
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, kattakon o‘rmonda qayrag‘ochlar ostida bir maktab bor ekan. Unda Moshvoy ismli mushukcha, Qag‘-qag‘ ismli qarg‘acha, Dik-dik ismli quyoncha, ismi Chiy-chiy sichqoncha, Pi-pi ismli maymuncha, Xir-xir ismli cho‘chqacha va boshqalar o‘qishar ekan.
O‘qish boshlangan kuni Tovusxon ismli juda xushfe’l, muloyim bir o‘qituvchi ularga kitob va daftarlar ulashibdi.

— Kitoblaringizni yirtmasdan, yaxshi saqlanglar. Bu kitoblarni sizdan keyin ukalaringiz ham o‘qishadi,
— debdi va ta’kidlab yana qo‘shib qo‘yibdi: — Kimki kitobini yaxshi saqlasa, o‘quv yili oxirida o‘shanga mukofot ham beramiz.
Eng katta sehr ertagi bolalar uchun
Ular kitob va daftarlarni sevinib-sevinib olib ketishibdi. Oradan ko‘p o‘tmabdi. Bir kuni Chiy-chiy Pi-piga maqtanib:
Muqovasini yeb ko‘rsam, biram mazaliki, — debdi kitobini ko‘rsatib.
Pi-pi ham shunaqamikan-a, deb kitobning muqovasini qiyma-qiyma qilibdi.
Ularni kuzatib turgan Xir-xir ham maqtanib qolibdi:
Kitobda piyoz, sholg‘om, kartoshka surati bor ekan, hammasini yedim.
Quyonchaning uychasi ertagi bolalar uchun
Pi-pi ham qiziqib ketib, kitobdagi jami suratlarni yeb chiqibdi.
Qag‘-qag‘ ham bo‘sh kelmabdi. Olcha, gilos, olma, yong‘oq rasmlarini cho‘qib, kitobni ilma-teshik qilib tashlabdi.
O‘quv yili tugashi bilanoq Tovusxon o‘quvchilardan kitoblarni birma-bir yig‘ib olibdi. U Chiy-chiy bilan Pi-pidan ham, Xir-xir bilan Qag‘-qag‘dan ham juda-juda xafa bo‘libdi.
Ammo Moshvoy bilan Dik-dikdan xursand bo‘libdi. Chunki ular kitoblarini yirtmay, kir qilmay, ozoda saqlagan, yaxshi tutishgan ekan.
Tulkining jazosi ertagi bolalar uchun
Tovusxon Dik-dikka bitta sabzi, Moshvoyga esa issiqqina bo‘g‘irsoq mukofot beribdi va suratlarini namunalilar qatoriga ilib qo‘yibdi.











Bolajonlar uchun judayam zo’r ertak ekan. Bolalarimga o’qib eshittirdim.
Assalomu alayko’m. Juda ham yaxshi ertak ekan, menga va bollarimga yoqdi.