Dunyodagi eng zararli mahsulot: kartoshka chipslari haqida qiziqarli faktlar

Uzoq vaqt davomida sog‘liq uchun zararli hamda semizlikka olib keluvchi mahsulotlar ichida kartoshka chipslari yetakchilik qilib kelmoqda.

Kartoshka chipslari haqida qiziqarli faktlar

Tarkibidagi yog‘, kraxmal, shakar, tuz hamda qovurish jarayoni sababli ushbu mahsulot ixlosmandlari qisqa vaqt ichida yurak-qon tomir kasalliklari, ortiqcha vazn, hansirash va boshqa muammolarga duch keladilar.

Реклама

Jahl ustida ixtiro qilingan chipslar

Kartoshka chipslari AQSh kurortlaridan birining restoranida tasodifan kashf qilingan. Ushbu restoranning maxsus taomi – qovurilgan fri kartoshkasi edi.

Jahl ustida ixtiro qilingan chipslar

Jeff Bezos amazonni ochish uchun nima qilgan?

Kunlarning birida ushbu oromgohda dam olish uchun kelgan temir yo‘l magnati kartoshka bo‘laklarining qalinligi, shu bois ular yaxshi qovurilmaganligidan shikoyat qiladi va taomni qaytarib yuboradi.

Реклама

Tabi nozik mijozning bu qilig‘i bosh oshpazning jahlini chiqaradi va unga qasdma-qasd kartoshkani maksimal darajada yupqa qilib kesib, keyin yog‘ga tashlaydi.

Natijada daftar varog‘iday yupqa bo‘laklar hosil bo‘ladi. Bosh oshpaz xo‘randaning ustidan kulganday qilib ushbu kartoshka bo‘laklarini unga tortadi – nozik ta’bli xo‘randaga esa bu taom juda yoqib tushadi.

Mana shu voqea sabab kartoshka chipslari ixtiro qilindi va bu taom restoranning maxsus taomiga aylandi.

Chips solingan paketlar azot bilan to‘ldirilgan

Ko‘pchilik odamlar chipslar solingan paketlar havo bilan shishirilgan, deb hisoblaydilar, biroq bu noto‘g‘ri.

Реклама
Chips solingan paketlar azot bilan to‘ldirilgan

Avraam Linkolnga etikdo‘zning o‘g‘li ekanligini aytganda nima qilgan?

Havoning tarkibida kislorod bor, u chipsdek mayin va nozik mahsulot uchun zararlidir. Havo ta’sirida chips mazasini tezda yo‘qotadi va taxir bo‘lib qoladi.

Shuning uchun paketlar havo emas, azot bilan to‘ldiriladi. Azot ta’sirida chipsning mazasi buzilmay saqlanadi hamda paketlarning transportirovkasi uchun amortizatsiya vazifasini bajaradi.

Chipslar semizlikka olib keluvchi eng eng samarali mahsulot

Chipslar semizlikka olib keladi

Tanani semizlikka olib keluvchi eng xavfli mahsulotlar – bu trans yog‘lardan foydalangan holda tayyorlanganlaridir. «Tez» uglevodlar bilan to‘yingan yuqori kraxmalli mahsulotlarning zarari ham kam emas.

Реклама

Yog‘da qovurish esa mahsulotning ustki qismida kimyoviy kanserogen o‘zgarishlarga olib keladi. Bulardan tashqari, ko‘p miqdordagi tuz mahsulotlarning ozuqa sifatini kamaytirib, ko‘proq yeyishga undaydi, natijada esa ortiqcha vazn kelib chiqadi.

Bill Geyts chiroyli qizlar bilan bir sinfda o‘qish uchun nima qilgan?

Bu sifatlarning barchasi chips deb nomlanuvchi qovurilgan kartoshkaga tegishli. Aynan chipslar taomlarning zararli sifatlari bo‘yicha kartoshka fri va koka–kolani ham ortda qoldiradi.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot
  2. Burun shakli inson fel atvoridan so‘zlaydi
  3. Kelajakka tayyorlanish uchun bosish kerak bo‘lgan 10 qadam
  4. Hindiston haqida siz bilmaydigan 50 qiziqarli fakt
  5. Kasodga uchragan eng boy va mashhur kishilar
  6. Tasodifan qilingan ilmiy ixtiro va kashfiyotlar
  7. Odamlarga foyda keltirishiga umid bo‘lmagan kashfiyotlar
  8. Ishonish qiyin bo‘lgan ajabtovur tabiat mo‘jizalari
  9. Tarixda eng taniqli bo‘lgan 5 xaker
  10. Kelajak texnologiyalari haqida bashorat qilgan eski kitoblar

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *