Jeff Bezos amazonni ochish uchun nima qilgan?

«Bu ishni men bajarmasam, boshqa birortasi amalga oshiradi», — shunday deya Jeff Bezos kunlarning birida ishxonasidan bosh olib ketdi.

Ishdan bo‘shagan Jeff rafiqasi bilan Sietlga ko‘chib keldi va o‘z sayti konsepsiyasini ishlab chiqa boshladi.

Jeff Bezos amazonni ochish uchun

Unga intervyulardan birida bunday ahmoqona qadamni qo‘yishga nima majburlagani haqida savol berishganida, Bezos shunday javob qaytargandi: «Agar sinab ko‘rmasam, butun umr afsuslanib yurishimni bilardim».

Jek Ma ilk biznesini ko‘tarish uchun nima qilgan edi?

Har qanday mahsulotni sotishga mo‘ljallangan do‘kon

Jeff Bezosda har qanday mahsulotni sotishga mo‘ljallangan do‘konni ochish g‘oyasi bo‘lgan.

Uni amalga oshirishda esa odatdagi to‘siqlar yuzagan keldi: cheklangan budjet, bozorni yaxshi tushunmaslik va sarmoyadorlarning yo‘qligi.

Birinchi haftadayoq bankrotlikka uchramaslik uchun Bezos ishni oddiy usulda boshlashga qaror qildi.

Internet orqali yaxshi sotilishi lozim bo‘lgan tovarlarni 20 guruhga bo‘lib chiqdi. Unga kompyuter dasturlari, filmlar, musiqalar, ofis anjomlari va boshqa mahsulotlar kirardi.

Biznes-g‘oyamizda o‘ziga xos hech nima yo‘q

Biznes-g‘oyamizda o‘ziga xos hech nima yo‘q. Bularning barachasi ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin.

Avraam Linkoln: etikdo‘zning o‘g‘li ekanligini aytganda nima qilgan?

Ammo bilasizmi «McDonalds»dan ham boshqalar ko‘chiradi, ammo u baribir yetakchi. Bu yerda ko‘p narsa nomga bog‘liq.

Unga ishona bilish kerak. Ayniqsa, bu real hayotdan ko‘ra onlayn olamda muhimroq. Nom — foydalanuvchilar sizda ko‘radigan birinchi narsa.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *