Kelajak texnologiyalari haqida bashorat qilgan eski kitoblar

1914 yilda ingliz yozuvchisi Gerbert Uells birinchi marta atom bombasi haqida so‘z yuritilgan “Ozod etilgan dunyo” kitobini nashr etdi. Albatta, romandagi atom bombalarining tuzilishi haqiqatdan biroz yiroq edi.

Biroq fantastik romanlar yozuvchisi juda ko‘p odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan dahshatli qurol ixtirosini bashorat qila oldi. Bu turdagi birinchi qurol “Triniti” deb nomlanib, u Nyu–Meksikada sinovdan o‘tgan.

Bugungi kunda mavjud texnologiyalarning paydo bo‘lishini bashorat qilgan ko‘plab kitoblar bor. Ushbu maqola doirasida fan va texnologiyaga qiziqadiganlar e’tiboriga sazovor bo‘lgan romanlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Kelajakdagi texnologiyalar haqida bashorat qilgan kitoblar

O‘limidan so‘ng o‘g‘irlab ketilgan mashhur insonlar

Jonatan Svift, «Gulliverning sarguzashtlari»

1735 yilda yozuvchi Jonatan Svift Norvegiya kitob palatasidagi jahon adabiyotining eng muhim asarlari ro‘yxatiga kiritilgan “Gulliverning sarguzashtlari” kitobini nashr etdi.

Muallif o‘z romanida tasodifan Mars sayyorasining sun’iy yo‘ldoshi borligini yozib, muhim ilmiy kashfiyot qildi. Oradan 142 yil o‘tib, u haq  bo‘lib chiqdi. Bugungi kunda Marsning Fobos va Deymos deb ataladigan yo‘ldoshlari bor.

Rey Bredberi, «Farengeyt bo‘yicha 451 daraja»

Amerikalik yozuvchi o‘z romanida yaqin kelajakdagi kitoblar taqiqlangan jamiyat haqida gapiradi. Kitoblarni yoqish uchun maxsus “o‘t o‘chiruvchi” xizmati mavjud, shu sababli odamlar hatto kuchli istaklari bo‘lganda ham qiziqarli kitoblardan bahramand bo‘lish o‘rniga bugungi kunda mashhur katta monitorli televizorlarga juda o‘xshash ulkan ekranlarga qarashadi. Kitobda hozirgi “Apple AirPods”ga o‘xshash kichik minigarnituralar ham tilga olingan.

Yer yuzidagi ilm-fan tushuntirib bera olmaydigan g‘aroyib joylar

Jyul Vern, «Yerdan oygacha»

1865 yilda fransuz yozuvchisi Jyul Vern odamning Oyga birinchi parvozi haqida hikoya qiluvchi kitobi sahifalarida quyosh nuri bosimi tufayli kosmik kemani harakatga keltiradigan qurilma — quyosh yelkanining g‘oyasini tasvirlab berdi. IKAROS deb nomlanadigan birinchi quyosh yelkanlari 2010 yilda ishlab chiqildi va koinotga uchirildi.

Artur Klark, «2001: Kosmik odisseya»

XX asrning eng nufuzli yozuvchilari, olimlari va futuristlaridan biri Artur Klark 1951 yilda o‘zining inson evolyusiyasi jarayoniga ta’sir qiluvchi sirli qora tosh odamlar bilan uchrashadigan kishilar haqidagi “2001: Kosmik Odisseya” nomli mashhur romanini nashr etdi.

O‘z asarida yozuvchi Yer orbitasida sun’iy yo‘ldoshlarning paydo bo‘lishini bashorat qildi. Va bu hodisa uzoq kutilmadi – bunday turdagi birinchi qurilma 1957 yilda Yer yaqinidagi orbitaga yuborildi.

Dunyo tarixidagi eng g‘alati vasiyatnomalar

Edvin Balmerva Uilyam Makxarg, «Lyuter Trent»

1910 yilda chop etilgan “Lyuter Trent” kitobida Sherlok Xolmsning izdoshi, amerikalik psixolog haqida hikoya qilinadi. Yozuvchilar bu romanda tarixda birinchi marta yolg‘on gapirayotgan odamni aniqlashga imkon beruvchi qurilma haqida gapiradi. Bugungi kunda “poligraf” sifatida tanilgan bunday qurilma “Yolg‘on detektori” deb ataladi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *