Bulbul haqida qiziqarli malumotlar

Bulbullar chumchuqsimonlar turkumining qorayaloqlar oilasiga mansub sayroqi qush bo’lib, ularning 6 turi bor. Bulbullarning rangi koʻrimsiz, usti qoʻngʻir va toʻq mallarang, qorni oqish, nari bilan modasining rangi bir xil, boʻyi 20 sm gacha boʻladi. Keling endi ular haqidagi boshqa eng qiziqarli faktlarga nazar tashlasak.

Bulbul haqida qiziqarli malumotlar

1 — Urg’ochi bulbul erkagini uning qanday kuylashiga qarab tanlaydi.

2 — Shveysariyaning tog’li hududlarida bulbul 1000 metr balandlikda yashaydi. Hech qachon pastga tushmaydi.

Qushlar haqida qiziqarli faktlar

3 — Bulbul go’shti tibbiyotda anemiya, surunkali toliqish, qorin og’rishi va boshqa xastaliklarga shifoligi bilan mashhur.

4 — Qishlab kelgach, ular darhol kuylashni boshlashmaydi. Oradan bir-ikki hafta o’tgach, kuylay boshlashadi. Bulbullar deyarli to’xtovsiz kuylaydi. Orada qisqa tanaffus qilib olishi mumkin xolos.

Bulbul qishlash uchun shimolga boradi

5 — Qadimda sharq mamlakatlarining podsholari bulbul sayrashiga ishqiboz bo’lishgan. Ularning saroyida maxsus qafaslarda bulbul saqlangan. Podsholar bulbul kuylab omad va unumdorlik chaqiradi deb hisoblashgan.

6 — Bulbul juda foydali qush. U tirik jonzotlarga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan daraxtlar barglarini va qumursqalarni yeydi.

Kabutarlar haqida qiziqarli malumotlar

7 — Germaniyada restoranlarda bulbul tili qo’shib tayyorlangan taom juda qadrlanadi.

8 — Bulbullar chumchuqsimonlar oilasiga mansub bo’lib, tovushi yoqimli va ajoyib bo’lsa-da, tashqi ko’rinishi ko’zga yaqin emas.

Bulbullar chumchuqsimonlar oilasiga mansub

9 — Bulbul dunyoga kelishi bilan ota-onasi uni kuylashga o’rgata boshlaydi.

10 — Bulbul paydo bo’lganiga 12 million yildan oshgan. Dastlab ular Vengriyada paydo bo’lgan ekan.

To‘ti qush haqida qiziqarli faktlar

11 — Bulbul avgust boshida Shimoliy Afrikaga uchib ketadi. O’sha yerda qishlab, may oyi boshlarida vataniga qaytadi.

12 — Ajablanarlisi, bulbul qishlash uchun shimolga boradi-yu, ammo u yerda umuman kuylamaydi. To vataniga qaytguncha sukut saqlaydi.

Bulbul to'xtovsiz kuylaydi

13 — Bulbul asosan chumoli tuxumi, qumursqalar, qurtlar, mayda o’rgimchaklar bilan oziqlanadi.

14 — Qadimda qo’shiqchi bo’lishni orzulagan odamlar bulbulni tutib go’shtidan kabob pishirib yegan ekan.

15 — O’n to’qqizinchi asrda bulbul ovlab sotish mo’may daromadli ish hisoblangan.

Koinot haqida qiziqarli malumotlar

16 — Bulbul soatiga 50 km tezlikda uchadi.

17 — Bulbul 10 yilga qadar umr ko’radi. Shu umrini faqat bir joyda o’tkazadi.

18 — Bulbul oddiy, sharqiy, g’arbiy va janubiy, qizilbo’yin, ko’ksi qizil, ko’k, oqqosh kabi turlarga bo’linadi.

  1. Shabnam:

    Bulbullar haqidagi ushbu malumotlar rosa yoqdi, juda ajoyib ekan, shunaqangi malumotlarni kutib qolamiz.

    • Yusuf:

      Mening fikrim bulbul go’shtidan tez-tez istemol qilib turish kerak. Ammo ko’p istemol qilsak bulbullar yo’qolib borishi mumkin, qizil kitobga kirishi mumkin.

  2. Borya:

    To’liq malumot yo’q… Bulbulni voyaga yetishi, nechta tuxum qo’yadi, qaysi oyda ko’payadi va boshqa malumotlar yo’q…

  3. Inoyat:

    Bulbulning fandagi yoki zoologiyadagi ismi nima? Bulbul — bu adabiy nomi, adashmasam!?

  4. Shodiya:

    Bulbullar uzog’i bilan qachagacha yashaydi?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *