Amir Temur haqida qiziqarli malumotlar
Amir Temur — dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini. 9-aprel kuni Amir Temurning tavvalud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Biz ham ana shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
1 — Amir Temur o’zi o’tkazgan janglarning birontasida ham, mag’lub bo’lmagan.
2 — Temuriylar imperiyasi, insoniyat tarixida maydoni bo’yicha 26-o’rinda turadigan imperiya sanaladi.
3 — Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.

4 — Turg‘un Fаyziyevning “Temuriy malikalar” asarida yozilishichа, Amir Temur suyukli rafiqasi Saroy Mulk xonimdan farzаnd ko‘rmagan. Ammo Sohibqiron o‘z o‘g‘li Shohruh Mirzo, suyukli nabirаlari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo vа boshqa mirzolarni Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan.
5 — Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.
6 — Amir Temur Markaziy Osiyo tarixidagi qudratli, o’rta asrlarda esa, mintaqadagi eng yirik imperiyaga asos solgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qiziqarli malumotlar
7 — Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
8 — 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan.
9 — 1405 yil 8 fevralda sohibqiron Amir Temur O‘trorda vafot qilgach, Samarqand taxtiga uning nabirasi XalilSulton Mirzo (1384-1411) o‘tirdi.
10 — 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.
Amir Temur ordeni 1996 yilda ta’sis etilgan
11 — Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.
12 — Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urush Iroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan.

13 — U asos solgan davlat Markaziy Osiyo mintaqasida rasmiy nom olgan so’nggi imperiyadir.
14 — Amir Temur zabt etishga muvaffaq bo’lgan hududlar umumiy maydoni 4.6 million kilometr kvadratga tengdir.
15 — 1941-yil 20-iyunda Amir Temur qabri ochiladi vа ikki kun o‘tgach Germaniyа SSSRga hujum qilаdi. Shundan so‘ng, odamlar orasida Temur qabrining ochilishi tufayli urush boshlandi, degan gap so‘zlar tаrqaladi. Lekin fаshistlar Sovet Ittifoqiga hujum qilish rejаsini ancha oldin tuzib qo‘ygan edi. Ikkinchi Jahon urushining boshlanishini Amir Temur qаbrining ochilishi bilan bog‘laydiganlar juda ko‘p. Bu haqda katta ilmiy maqolalar, hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar ham tayyorlangan. Temur qаbridan olingan bosh suyak parchalari o‘z joyiga qaytarilgach, urush barham topgan, degan tаxminlar hаm bor.
Dunyodagi eng baland daraxtlar haqida qiziqarli ma’lumotlar
16 — Amir Temurning 1395 yilda To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi ruslarning mug‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini 200 yilga tezlashtirgan.
17 — Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
18 — Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi bo‘lmish — Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.
19 — Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.
20 — Amir Temurning «Tarjimai hol»ida aytilishicha, hayoti mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qilib, ularga doimo amal qilgan: Yaratgan, tafakkur, qilich, iymon va kitob (bitik)dir.
Amir Temur qo‘shinlarining soni 200 minggacha yetgan
21 — Tarixchi Sarafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» kitobida yozilishicha, Amir Temur hatto Moskvani ham bo’ysindirgan.
22 — Forslar Amir Temurni oyog‘idagi nuqsoniga ishora bilan “Temurlang” deb atashgan. Shunday qilib G‘arbda ham u “Tamberleyn”, ya‘ni “Oqsoq Temur” nomi bilan tanilgan.

23 — 1402 – yil Anqara jangida qilgan g’alabasi tufayli Yevropa haloskori ta’rifiga sazovor bo’ladi.
24 — Ming yillik tarixga ega Samarqanddagi obidalarning aksari, Amir Temurning avlodlari tomonidan qurilgan.
25 — Amir Temur 6 asr hukm surgan Usmoniylar imperiyasiga yurish qilib, toru-mor qilgan yagona Markaziy Osiyo vakilidir.
Alisher Navoiy haqida qiziqarli malumotlar
26 — 1405-yilning 18-fevralida Sohibqiron Amir Temur O‘trorda vafot etgach, Samarqand taxtiga uning nabirasi Xalil Sulton Mirzo o‘tiradi. Ibn Arabshohning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408-yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab o‘ldirgan.
27 — Amir Temur ko’plab manbalarda keltirilganidek Keshda tug’ilmagan. U aslida Kesh yaqinidagi Ho’ja Ilg’or qishlog’ida tug’ilgan.
28 — Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.

29 — 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan.
30 — Amir Temurning to‘liq ismi — Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.
Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar haqida qiziqarli malumotlar
31 — Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan.
32 — Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urush Iroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom yetgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid II ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Fransiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan.
33 — Ayni paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.











Assalomu alayko’m, Amir Temur haqidagi faktlar menga yoqdi. Judayam chiroyli faktlar ekan.
Amir Temur haqidagi faktlar ajoyib va mazmunli ekan, men ularni mazza qilib o’qidim. Lekin faktlar ajoyib ekan!
Mani fikrim juda yaxshi. Juda qiziqarli fakktlar berilgan ekan. Kattakon rahmat.
Amir Temur bobomiz bilan qanchalik faxrlansak shunchalik arziydilar.
Amir Temur haqidagi faktlar juda zo‘r. Ko‘p bilmagan narsalarimni bilib oldim. Amir Temurni uzugiga nima deb yozilgan?
Ajoyib faktlar. Menga yoqdi, ma’lumotlar ham ajoyib bo‘lgan.
Assalomu alaykum, menga bu fakktlar juda yoqdi, ular juda mazmunli ekan, sizlarga kattakon raxmat.
Men o’zim mutaxassisligim Tarix fani o’qituvchisiman, juda haqqoniy, tarixiy manbalarga asoslangan malumotlar. Yosh o’qituvchilarga zo’r motivatsiya bo’ldi desam mubolag’a bo’lmaydi.
Assalomu alayko’m. Ajoyib menga yoqdi, Amir Temur haqida ma’lumotlar asoslangan faktlar bilan tuzilgan ekan.
Assalomu alaykum. Amir Temur haqidagi ma’lumotlar manba asosida yozilgan ekan. Tarixga qiziquvchilar uchun ajoyib ma’lumotlar.
Men bilmagan faktlarni o’rgandim, bir paytlar 2019-yil, adashmasam aprel sonida, «Qalqon» gazetasida bir ma’lumotni o’qigan edim: Amir Temur Jang oldidan bir ruboiyni o’qib jangda doim g’olib chiqarkan, bu ruboiyni shayxlardan biri tavsiya qilgan ekan shu rostmi?
Men havaskor qalamkash. Temur bobomni satrlar orqali madh etish uchun o’rganyapman. Tariximizdagi so’nggi imperiya. Buyuk inson. Taxsin, tasanno. Millatimiz g’ururi.
2-Jahon urishi Amir Temur qabrini ochilgani uchun ro’y berganmi?
Yo’q. Ikkinchi jahon urushi boshlanganda ular qabrni ochishayotgandi. Lekin uni olib ketisha olishmagan. Chunki ular qo’rqishgan, biz qabrni ochganimiz uchun 2-jahon urushi boshlandi deb o’ylashadi. Lekin urushning sababi boshqa bo’lib chiqadi.
Qoyilman. Judayam zo’r, har tomonlama mustahkam inson bo’lgan ekanlar. Yuzaki emas, juda mas’uliyatli. Asrlarga tatigulik shoh bo’lgan ekanlar. To’g’risi havas qildim. Endi bunaqa inson tug’ilishi kamdan kam bo’lsa keragov.
Amir Temur haqidagi faktlar mega yoqdi, men ularni maza qilib o’qidim va malumotlar ham bilib oldim.
Assalomu alaykum. Amir Temur haqidagi malumotlar zo‘r ekan. Va Amir Temurning ustozlarini kim biladi? iltimos bilganalar yozvorsin.
Amir Temur bobomiz bilan faxrlansak arziydi. Menda faxr tuyg’usi jo’sh urdi. Juda xursand bo’ldim. Amir Temur O’zbekistonlik ekanligidan, uning avlodlari ekanligimdan. Bu ma’lumotlarni farzandlarimga, o’quvchilarimga aytib bermoqchiman.
Juda qiziqarli ma’lumotlar. Menda bir savol bor: Amir Temur janozasini kim o’qigan? shu savol ko’p joylarda uchraydi.
Buyuk bobomiz Amir Temur to’g’risidagi faktlar men uchun juda foydali bo’ldi.
Salom. Bu malumotlar judayam quziqarli ekan. Hammalaringa kotta rahmat, ramazon oyi muborak hammalaringa.
Menga judayam yoqdi, lekin siz son qo‘yishda biroz adashibsiz. Ammo bu faktlarni menga foydasi tegdi. Qolganlarga ham yoqti degan umitdaman. Ishlaringizga omad.
Menga Amir Temur haqidagi ma’lumotlar juda yoqdi.
Eng katta safari 7 yil emas 5 yil bo’lgan, Smir emas Izmer qal’asi bo’lgan, Nasroniy ritserlarni qal’asi bo’lgan.
Bu judayam ajoyib ma’lumotlar. Hamma uchun juda ham foydali.
Juda yoqdi. Savolim bor Amir Temur oʻgʻirlikning oldini olish uchun qaysi qonunni joriy qilgan?
Amir Temur haqida berilgan ma’lumotlar juda ham yoqti, Kerakli ma’lumotlar ekan.
Assalomu aleykum, menga juda qiziq bo’lgan mavzu bu Sohibqiron Amir Temurning istoriyasi. Mirzo Ulug’bek unging nabirasimi yoki evarasimi? Boshqa bir manbada evarasi deb yozilgan ekan. Bubur Mirzo dan keyingi avlodlari xaqida bugungi kungacha bo’lgan avlodlari haqida bilishni juda xoxlardim.
Faktlar juda ajoyib to’plangan. Amir Temur haqidagi ma’lumotlar hali juda ko’p, biz o’z tariximizni yaxshi bilishimiz lozim.
Juda yaxshi manoli malumotlar ekan, menga juda yoqdi. Iloji bo’lsa Abu Ali Ibn Sino haqida ham malumot bera olasizmi?
Buyuk sarkarda haqida shunchalik qiziqarli faktlar borligini bilmasdim. Ayniqsa, uning strategik fikrlashi va dono so‘zlari menga juda yoqdi.
Amir Temur kabi inson qayta dunyoga kelmasa kerak.
Amir Temurning shatranjga bo’lgan qiziqishi meni hayratga soldi. U o’z davrining mashhur shatranjchilari bilan bellashgan ekan.
Amir Temurning ilm-fanga bo’lgan e’tibori va olimlarga ko’rsatgan hurmati meni ta’sirlantirdi. U o’z poytaxtiga chet el olimlarini ham jalb qilgan ekan.
Amir Temur hayoti va faoliyati haqida o’qib, uning buyuk sarkarda va davlat arbobi ekanligini angladim. Uning harbiy yurishlari va imperiya barpo etishidagi roli haqiqatan ham hayratlanarli.
Assalomu aliyko’m. Menga bu ma’lumotlar juda yoqdi. Men bundan juda xursand bo’ldim. Yana shunaqa ma’lumot chiqaring.
Amir Temur bobomiz haqida bilmagan narsalarimni bilib oldim. Qoyil daxshat faktlar bor ekan.
15-Faktda rostdan ham Amir Temurni qabri ochilganmi?
Amir Temur haqidagi faktlar menga juda yoqdi. Yana shunaqangi mavzulardan kutib qolaman.
Bobomiz bo’lmish Sohibqiron Amir Temur Ko’ragon ibn Tarag’ay ibn Barqul nafaqat adolatli hukmdor balki ilm ahliga homiy va saxovatpesha inson hisoblanganlar. Lekin meni bir savol qiynaydi. Har 755 yilda bir Sohibqiron dunyoga keladi deyilgan. Bu fikr qanchalar to’g’ri?!
Assalomu alaykum. Men bu faktlarni oʻqib juda ham qiziqishim ortdi rahmat sizlarga.
Salom, meni fikrimcha buni temur haqida qiziqarli faktlar deb bulmaydi, chunki hammasi darslikda mavjud.
Zoʻr faktlar qiziqarli maʼlumotlar. Dars qilishimga katta yordam berdi. Raxmat.
Avvalo, hammengizga Assalomu alekum. Menga bu faktlar juda ham yoqdi. Men bu faktlarni o’qib juda mazza qildim.
Assalomu alaykum, Amir Temur haqidagi qiziqarli ma’lumotlar menga yoqdi. Yana Amir Temur haqida ma’lumotlar bo’lsa yaxshi bo’lardi.
Judayam aniq faktlar, men darsda o’quvchilar bilan foydalandim va bilmaganlarimizni bilib oldik, rahmat 🙂
Amir Temur haqida bunchalik ko’p va qiziqarli yangiliklar borligini bilmagandim.
Menga yoqdi zo’r faktlar ekan, Amir Temur haqida gogilga rahmat.
Bu savollar juda ham qiziqarli ekan. Barchasi menga yoqdi
Menga hamm yoqdi