Odam haqida kutilmagan qiziqarli malumotlar

Bugungi maqolamizda inson tanasi va organizmi haqida qiziqarli malumotlarni keltirib o‘tdik. Marhamat ular bilan tanishing!

Odam tanasi o‘rtacha umri davomida 1000 marta o‘zgaradi.

Odam yuragining hajmi mushtumiga teng. Voyaga yetgan odamning yuragi o‘rtacha 220-260 gramm og‘irlikka ega bo‘ladi.

Odam tanasida 2000 ta taʼm biluvchi sezgi organi bor.

O‘rtacha umr davomida odam boshidan o‘sib chiqadigan sochlarning uzunligi 725 kilometrga yetadi.

G‘ildiraklardan boshlangan buyuk kashfiyotlar

Odamning barmoqlari o‘rtacha umri davomida 25 million marta bukilib-yoziladi.

Odamdagi DNK 80 000 gendan tarkib topgan.

odam haqida qiziqarli malumot

Gripp epidemiyasi 1918 – 1919 yillarda AQSH va yevropalik 20 milliondan ortiq odamni hayotdan olib ketgan.

Odam yuragi bir yilda taxminan 36 800 000 marta uradi.

Odamda 2 million ter bezlari bor. Har bir litr ter uchun 540 kaloriya sarflanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40 foiz ko‘proq ter chiqaradi.

Ayollar erkaklarga qaraganda taxminan 2 barobar ko‘p ko‘z ochib yumadi.

Kulgan payt 17 ta muskul «ishlaydi».

Odam kuniga o‘rtacha 23 000 marta nafas oladi yoki nafas chiqaradi.

Odam tanasidagi issiqlikning 80 foizi boshidan chiqib ketadi.

Odam tanasida yashovchi bakteriyalarning umumiy og‘irligi 2 kilogrammga yetadi.

Bitta odamning tanasida butun yer yuzidagi odamlardan ko‘proq tirik organizm yashaydi.

Nuh to‘foni jumbog‘i: Bu qanday yuz bergan

Notanish ish bilan ilk bor shug‘ullanish miyani rivojlantirishning eng yaxshi usuli. Aqliy salohiyati o‘zingizdan ustun bo‘lgan odamlar bilan suhbatlashish ham miya rivojiga tez taʼsir ko‘rsatadi. Miya xuddi muskullar singari qancha ko‘p ishlasa, shuncha ko‘p o‘sadi.

Balog‘atga yetgan odam tanasidagi nerv tolalari uzunligi o‘rtacha 75 kilometrni tashkil etadi.

Tumov chaqiradigan 100 dan ortiq turdagi virus bor.

Odamning bosh miyasida sekundiga 100 000 kimyoviy reaksiya sodir bo‘ladi.

Odamning bosh miyasi

Bir dona soch 3 kg gacha yuk ko‘tarishi mumkin.

Ko‘k ko‘zli odamlar boshqalarga qaraganda ko‘proq kasalga chalinadilar.

Burun insonning butun umri davomida kattalashadi.

Odamda 33 yoki 34 ta umurtqa suyagi bo‘ladi.

Sarg‘ish-malla odamlarning soqoli qoracha odamlarnikidan ko‘ra tezroq o‘sadi.

Odam ko‘zi 10 000 000 rang turini farqlay oladi.

Bola 300 ta suyak bilan tug‘iladi, balog‘atga yetganda 206 tasigina qoladi, xolos.

Odam suyagining 50 foizi suvdan iborat.

Odam og‘zida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi.

Dunyo maktablari haqida qiziqarli malumotlar

Odam tanasidagi eng mustahkam muskul – til.

Odam tug‘ilgan payt uning miyasida 14 milliard hujayra bo‘ladi va bu o‘lgunicha ko‘paymaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin kuniga 100 mingdan kamayib boradi. Kitob o‘qishga sarflangan 1 daqiqa vaqt 70 taga yaqin hujayrani o‘ldiradi. 40 yoshdan keyin inqiroz jarayoni tezlashadi va miya yengillashib, kichrayib boradi.

Bola tug‘ilganda tizzasining ko‘zi bo‘lmaydi, u 2-6 yoshda paydo bo‘ladi.

  1. Anna:

    Menga bu faktlar juda yoqdi. Bilmagan va hali eshitmagan malumotlarni eshitib hayratdan yoqa ushladim do’stlar.

  2. Sevinchoy:

    Assalomu alayko’m. Odam haqidagi malumotlar menga Juda yoqdi. Manabu malumotga etib boring azizlar (Odam tanasidagi eng mustahkam muskul – til.) qoyil qolsa arziydi.

    • Jahongir:

      Ayolarni tili erkaklarnikiga qaraganda 2 barobar kuchli bo’lsa kerak. (Albatta hazil).

  3. Gulsevaroy:

    Assalomu aleko’m. Manga bu qiziqarli faktlar dars tayyorlshimda yordam berdi. Sizga katta raxmat.

  4. Isroyiljon:

    Menga juda ham yoqdi, bilganim sari shuncha bilmaganimni bilib bordim.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *