Nuh to‘foni jumbog‘i: Bu qanday yuz bergan

Muqaddas kitoblar orqali Nuh payg‘ambar davrida yer yuzini suv bosgani xususida o‘qiganmiz. Endilikda olimlar bu ­mislsiz to‘fon haqiqatda ham yuz berganini ilmiy jihatdan isbotlashga harakat qilishmoqda.

Jahon ummonlaridan minglab kilometr olislarda dengiznikidek sho‘r suvli ko‘llarning mavjudligi Nuh to‘foni qoldiqlari sifatida qaralmoqda.

Farazlar ko‘p. Ummonlar yuzasiga asteroid yoki kometa qulab, ulkan to‘fon paydo bo‘lishi yoki haroratning global darajada isishi tufayli yer sathidagi muzlar erib, hammayoqni suv bosishi mumkin.

nuh tofoni haqida malumot

Yoxud harorat keskin sovib, hosil bo‘lgan muzlar daryolar oqimini to‘sib, dengizlardagi suv sathi ko‘tarilib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Ayrim olimlar esa Yer qutblarining siljishi yoki o‘rin almashishi tufayli quruqlikda bir necha kilometrlik po‘rtana hosil bo‘lgan, deb hisoblaydi.

Farishtalar yuvintirgan sahoba haqlarida eshitganmisiz?

Biroq yaqingacha ham tayanishga arziydigan jiddiy ilmiy ma’lumot mavjud emasdi. Yaqinda Nature jurnalida shov-shuvli tadqiqot natijalari e’lon qilindi. Bu borada aqlga sig‘maydi deb kelingan farazlar endilikda real haqiqatga aylanmoqda.

Nuh to‘foni yuz berishiga sabab bo‘lgan suv yer qa’rining o‘zidan chiqqan degan faraz aql bovar qilmaydigan hodisa emas ekan. Sayyoramizning ichki qatlamlarida ulkan suv zahiralari mavjudligi aniq bo‘lib qoldi. Ulardagi obihayot bilan Tinch okeani kabi o‘nlab ummonlarni suvga to‘ldirish mumkin ekan.

Kanadaning Alberta universiteti olimlari Braziliyadan topilgan noyob olmos zarrasini tahlildan o‘tkazib, shunday xulosaga kelishdi. Vazni grammning o‘ndan bir ulushiga teng bu olmos 500 km. chuqurlikdagi yer qa’rida hosil bo‘lgan.

nuh tofoni qanday yuz bergan edi

Eng muhimi: olmos tarkibida ringvudit mineralining jimitdek kristali bo‘lib, u paydo bo‘lganidan beri shu holicha qolib ketgan. G.Pirson olib borgan geokimyoviy tahlillar obihayot ichida hosil bo‘lgan ringvudit tarkibida bir yarim foiz suv mavjudligini ko‘rsatdi.

Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, ringvudit Yerning ­ulg‘ayish qismiga doir asosiy unsur bo‘lib, bir necha yuzlab kilometr chuqurlikda mavjud bo‘ladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Braziliyadan topilgan ringvudit minerali tarkibidagi bir yarim foiz suv yerning o‘sha qatlamiga nisbatan qiyoslaganda taxminan o‘ndan ortiq Tinch okeani suviga teng keladi.

Milliarder sahoba haqlarida eshitganmisiz

Bu yer qa’rida katta suv zahirasi borligini isbotlovchi yagona isbot. Bir necha yil avval Vashington universitetining seysmologiya bo‘yicha professori M.Vayseshin rahbarligidagi tadqiqotchilar ham yer ostida katta ummonlar mavjud, degan fikrni bildirishgandi. Ular zilzilani aniqlashga doir seysmogramma yozuvlarini tadqiq etib, zilzila to‘lqinlarining yer qobig‘i va mantiya qatlamida qanday yoyilishini kuzatib shunday xulosaga kelishgan.

Taxminan 600 ming seysmogramma yozuvlarini kuzatib, hayratga tushishgan. Zilzila to‘lqinlarining tarqalish xususiyati Yevroosiyo materigining sharqiy qismida hamda Shimoliy Amerika qit’asi ostida katta suv havzalari mavjudligini ko‘rsatgan.

— Bo‘ylama seysmik to‘lqinlar tebranishining so‘nish manzarasi shundan dalolat beradi, — deydi professor. — Seysmik to‘lqinlar suv bor joyga kelganda, odatda, shunday tebranadi.

Bundan avvalroq Angliyaning Manchestr universiteti olimlari ham 1500 kilometr chuqurlikdan otilib chiqayotgan karbonat kislota tarkibidan dengiz suvi izlarini topishganda bunga hech kim ishonmagandi. Endi buning boisi oydinlashmoqda.

Suv yer qa’riga qanday kirib qolgan

Suv yer qa’riga qanday kirib qolgan, degan savol tug‘iladi. Bu hali ma’lum emas, balki u sayyoraning o‘zi bilan birgalikda hosil bo‘lgandir. Ehtimol sayyoraning o‘zi bitta katta ummondan iborat bo‘lgan. Yupiterning yo‘ldoshi — Yevropa aynan shunday-ku!

Taxminlarga ko‘ra, yer qa’ridagi suv vaqti-vaqti bilan yuzaga chiqib turadi. So‘ngra yana iziga qaytadi. Ilmiy til bilan aytganda yer gidrosferasi o‘rin almashadi. Ehtimol sayyora qobig‘i va mantiya qatlamida qandaydir surilishlar ro‘y berar.

Ota-onasi tirikligida jannatga kira olmagan odam

Darvoqe, ummonlar tubida shunday g‘alati tuynuklar borki, suv 400 daraja haroratda favvoraday otilib turadi. Shundanmi, «qora kashanda»lar deb atashadi. Juda qadim zamonlarda yer ostidagi suv havzalari o‘zan topib, yorilgan qozondan otilgan bug‘day, yuqoriga o‘rlagan bo‘lsa-chi?!

O‘shanda ummonlar sathi ko‘tarilib, osmonda bulutga aylangan bug‘dan hosil bo‘lgan sharros yomg‘ir qirq kechayu kunduz tinmasdan yog‘ib, Nuh to‘foni yuz bergan bo‘lishi mumkin.

  1. Charos:

    Bu maqoladan juda ko’p bilmagan narsalarimni bilib oldim, bu sayt ijodkorlariga tashakkur deb qolaman.

    • Mansur:

      Nuh to’foni haqida eshitganman, bu maqolani juda qiziqish bilan o’qidim.

  2. Dilshoda:

    Menga juda ham yoqdi yaxshi omad

  3. Mansur:

    Endi maqolaga to’xtaladigan bo’lsak bu to’fon yani yer yuzini suv bosishi bu Ollohning irodasi, biz bandalar uni aniqlashimiz shart emas Alhamdulilah, Ollohu Akbar.

  4. Abbos:

    Barchamiz bilishimiz kerak bo’lgan juda foydali ma’lumotlar bor ekan katta rahmat sizlarga.

  5. Nurulla:

    Qiziqarli maqola ekan, o’qib ancha bilimga ega bo’lsim, ajoyib. Ishlaringizga omad tilayman!

  6. Abror:

    Juda zo’r maqola ekan. ishlaringizga omad tilayman.

  7. Sabina:

    Bilimlarim ushbu maqola orqali yanada ortdi, sizlarga katta raxmat!

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *