Farishtalar yuvintirgan sahoba haqlarida eshitganmisiz?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida, hijriy 3-sanada jarchi hammani Uhud g‘azotiga chorlay boshladi. Hanzala roziyallohu anhu bu nidoni eshitib, darhol qurol-aslahalarini olib, urushga tayyorgarlik ko‘rdi. U bu paytda ayoli bilan birga bo‘lib, hali g‘usl qilishga ulgurmagan edi.

Jarchining chaqirig‘i yangragach, kech qolmaslik maqsadida g‘usl ham qilmay tashqariga otildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshchiliklarida Uhud jangida ishtirok etdi. Jangda Hanzala roziyallohu anhu o‘z o‘ljasini izlayotgan och burgutdek shiddat bilan urushardi.

Farishtalar yuvintirgan sahoba haqlarida

Bir payt ko‘zi Abu Sufyonga tushib qoldi va u bilan yakkama yakka olishdi. Bir urib, Abu Sufyonni yerga yiqitadi. Keyin Shaddod ibn Asvad darhol Abu Sufyonga yordam berishga keladi va qilich bilan zarba berib, Hanzala roziyallohu anhuni shahid etadi.

Namoz haqida oyat va hadislar to’plami

Urush yakuniga yetgach, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shahidlarni birma-bir ko‘zdan kechirayotganlarida Hanzala roziyallohu anhuni ko‘rib qoldilar va sahobalarga “Albatta, Hanzalani farishtalar g‘usl qildirishmoqda” dedilar. Keyin Hanzala haqida so‘rash uchun uning ayoliga odam yubordilar.

Ayoli “Erim junub holatda edi. Jarchining chaqirig‘ini eshitgach, g‘usl qilmay tashqariga chiqib ketgandi” deb javob berdi. Buni eshitgan Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Shuning uchun uni farishtalar yuvintirishayotgan ekanda” dedilar.

Ma’lumki, shahid bo‘lgan kishi yuvilmaydi, unga janoza o‘qilmaydi. Kiyimidagi qon bilan dafn qilinadi. Farishtalar Hanzala roziyallohu anhuni yuvintirishlari esa u kishidagi junublikni ketkazish uchun edi.

Milliarder sahoba haqlarida eshitganmisiz

Rivoyatlarda kelishicha, Hanzala roziyallohu anhuni farishtalar kumush idishda yomg‘ir suvi bilan yuvintirgan edilar.

Bu rivoyatni Imom Hokim, Abu Nuaym “Hilya”da, Bayhaqiy “Sunanul kubro” va “Daloilun nubuvva” da rivoyat qilishgan.

Keyinchalik Avs va Xazraj qabilalari o‘zlaridan chiqqan qahramonlar bilan faxralanishardi. Avs qabilasi vakillari “Bizdan farishtalar yuvintirgan Hanzala ibn Abu Omir, vafoti sababli Rahmonning arshi titragan Sa’d ibn Muoz, arilar himoya qilgan Osim ibn Sobit, guvohligi ikki kishining guvohligiga tenglashtirilgan Xuzayma ibn Sobit chiqqan” deyishsa, Xazraj qabilasi vakillari “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning darvlaridayoq Qur’onni jamlagan to‘rt nafar kishilar bizdan chiqqan. Ular Zayd ibn Sobit, Abu Zayd, Ubay ibn Ka’b, Muoz ibn Jabal” deyishardi.

Hadis, Siyrat kitoblarida Hanzala roziyallohu anhuning ismlari kelsa, yonida “G‘osiylul malaaikah” (“Farishtalar yuvintirgan kishi”) degan izoh birga keltiriladi.

Ota-onasi tirikligida jannatga kira olmagan odam

Alloh taolo barcha sahobalardan, jumladan, Hanzala roziyallohu anhudan rozi bo‘lsin!

Shayx Sha’roviy rahimahullohning “Sahobalar va solihlar qissasi” kitobi va internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi.

  1. Anbaroy:

    Juda yaxshi maqola ekan, juda ibratli ekan, ishlaringizga ulkan zafarlar tilab qolaman, shunaqangi savobli ishlardan sira charchamanglar.

  2. Foydalanuvchi:

    Assalomu alayko’m. Judayam ibratli hikoya ekan, mazza qilib oʻqidim.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *