Yuz terisi uchun zararli bo‘lgan 5 mahsulot

Teri bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kosmetologga murojaat qilish yoki muammoni tezda hal qilish  uchun unga ko‘p mablag‘ sarflash shart emas.

Terining sog‘lom ko‘rinishini tiklashga yordam beradigan ba’zi ajoyib muolajalar yoki ko‘p pul sarflanadigan parvarishlarni qilish shart emas.

Реклама

The Voice nashri husnbuzarlar, shishish, qora doiralar va boshqa teri bilan bog‘liq muammolardan qutulishga yordam beradigan tavsiyalarni taqdim etdi.

Yuz terisi uchun zararli mahsulotlar

Poyabzal hidlansa qanday yo‘l tutish kerak?

Spirtli ichimliklar — Spirtli ichimliklarni muntazam yoki ko‘p miqdorda iste’mol qilish ham yuz terisiga ta’sir ko‘rsatadi. Spirtli ichimliklar terini quritadi, uning rangiga ta’sir ko‘rsatadi, to‘qimalar va kuperoza tushishiga olib keladi. Bundan tashqari, ayrim ichimliklar qon tomirlarini bo‘shashtiradi va ulardagi shakar erta ajin tushishiga sabab bo‘ladi.

Реклама

Glyuten— Glyuten asosan makaron va pishirilgan mahsulotlarda uchraydi, bu mahsulotdan voz kechish italyan oshxonasini sevuvchi insonlar uchun juda qiyin. Glyuten ichaklarni bir-biriga yopishtiradi va shu bilan uning mikroflorasini buzadi. Glyuten yuzdagi eng yoqimsiz holatlarni: yopiq komedonlar va kuchli shishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shakar husnbuzarlarni chaqiradi

Soch to‘kilishi va sinishi oldini oluvchi 10 maslahat

Shakar — Shirinlikni yaxshi ko‘ruvchilar nafaqat yog‘li teri, yallig‘langan husnbuzarlar va doimiy husnbuzar chiqishidan, balki peshonadagi juda ko‘p ajinlardan ham azoblanadi. Bu glikatsiyaning oxirgi iste’mol qilingan mahsulotlar tufayli teri hujayralarida kollagen yo‘q qilishining natijasi hisoblanadi.

Tamaki mahsulotlari — Komedonlar, husnbuzarlar, suvsizlangan va xira teri chekish xavfi haqida qo‘shimcha eslatma bo‘ladi, bu belgilar yuz terisida aniq namoyon bo‘ladi. Bir chashka qora qahva bilan sigaret yoki elektron sigaret chekishni yoqtirasizmi? Bu qondagi stress gormoni darajasini oshirishi va yuqoridagi barcha kamchiliklarning namoyon bo‘lish xavfini keltirib chiqaradi.

Реклама
Tamaki teri rangini xiralashtiradi

Sochni yaxshi parvarishlash va kam yuvish uchun nima qilish kerak?

Laktoza — Agar sizning parhezingizda keragidan ortiq sut bo‘lsa, organimingizdagi yallig‘lanish jarayonlaridan qutula olmaysiz. Uning oqibatlari yuzingizda darhol namoyon bo‘ladi: yuz terisida kattalashgan teshiklar va ko‘z ostida shishlar yuzaga keladi. Qovoq shishishi, doimiy dangasalik va befarqlik holati ham laktozali mahsulotlarni iste’mol qilish orqali paydo bo‘ladi.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Poyabzal hidlansa qanday yo‘l tutish kerak?
  2. Soch to‘kilishi va sinishi oldini oluvchi 10 maslahat
  3. Qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etilgan 4 mahsulot
  4. Sochni yaxshi parvarishlash va kam yuvish uchun nima qilish kerak?
  5. Ko‘z yoshlanishi va qichishishi sabablari hamda davolash usullari
  6. Teri holatini yaxshilovchi kerakli 7 oddiy qoida
  7. Oziq-ovqat mahsulotlarini qanday sifatli saqlash kerak?
  8. Gazli ichimlikdan ham xavfli bo‘lgan 5 ichimlik
  9. Tizzalarda artrit boshlanayotganidan ogohlantiruvchi simptomlar
  10. Xo‘jalik sovunidan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *