Kechasi umuman yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 mahsulot

Agar uyqudan oldingi ovqatlanish odatidan butunlay voz kecha olmasangiz, hech bo‘lmaganda kechki menyudan ushbu mahsulotlarni chiqarib tashlang. Ammo shuni yodda tutish kerakki, kunning oxirgi ovqati yotishdan ikki-uch soat oldin qabul qilingan bo‘lishi kerak.

Kechasi yemasligingiz kerak bo'lgan mahsulot

Suv — Kechqurun namlik balansini to‘ldirishga majbur bo‘lmaslik uchun kun davomida ko‘p suyuqlik iching. Odatda, oxirgi stakan suvni yotishdan ikki soat oldin ichish kerak. Aks holda, kechasi uyg‘onishga to‘g‘ri keladi.

Реклама

Achchiq taomlar — Birinchidan, achchiq taom va ziravorlar oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi va jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Ikkinchidan esa ziravorlar gistaminlarni chiqaradi, bu esa o‘z navbatida uyg‘onishga yordam berib va uyquni buzadi.

Barmoqni kesib olganda qonni qanday to‘xtatish kerak?

Spirtli ichimliklar — Hammasi oddiy: hatto, bir stakan yengil vino ham uyqu sifatini 40 foizga kamaytiradi. Kechqurun qancha ko‘p ichilsa, tungi dam olish shunchalik yomon bo‘ladi. Kamiga ertalab uyg‘onganda esa o‘zimizni yomon his qilamiz.

Реклама
Quvvat beruvchi ichimliklar zararli

Quvvat beruvchi ichimliklar — Bunday ichimliklar tarkibida kofein mavjud. Shuningdek, sport ichimliklari faol va kuchli mashq qilishga yordam beradi.

Tushdan keyin sport zaliga borishga odatlangan bo‘lsangiz, mashg‘ulotlardan oldin va keyin ichadigan ichimliklar tarkibini diqqat bilan tekshiring

Yuz terisi uchun zararli bo‘lgan 5 mahsulot

Yog‘li qovurilgan ovqat — Organizm uglevodlar va hatto, oqsillarni qayta ishlashdan ko‘ra yog‘li ovqatlarni hazm qilish uchun ko‘proq vaqt sarflaydi.

Реклама

Kechki ovqat uchun qovurilgan kartoshka yoki yog‘li baliq isteʼmol qilsangiz, kechasi uxlash o‘rniga organizm kechki ovqatni hazm qilish bilan band bo‘ladi. Ertalab esa uyg‘onish siz uchun qiyin jarayonga aylanadi.

Tovuq va kurka go‘shti — Parhez bop yog‘siz go‘sht ­— bu kechki tamaddi uchun ajoyib variant bo‘lib tuyuladimi? Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Biz isteʼmol qiladigan protein dopamin ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi.

Dopamin quvvatlantiruvchi va energiya berish xususiyatiga ega. Shu bois, parranda go‘shtini tushlik vaqtida yegan yaxshiroqdir. Taomdan olinadigan g‘ayratingiz bilan hamkasblarni yoki oila aʼzolaringizni xursand qiling.

Poyabzal hidlansa qanday yo‘l tutish kerak?

Реклама
Shokolad tarkibida kofein bor

Shokolad — Shokolad tarkibida kofein bor. Uch dona to‘rtburchak qora shokoladda chorak chashka kuchli espresso qahvasidagidan ko‘proq kofein mavjud. Kechasi kofe ichasizmi? Shuning uchun ham shokolad yemang.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Barmoqni kesib olganda qonni qanday to‘xtatish kerak?
  2. Yuz terisi uchun zararli bo‘lgan 5 mahsulot
  3. Poyabzal hidlansa qanday yo‘l tutish kerak?
  4. Soch to‘kilishi va sinishi oldini oluvchi 10 maslahat
  5. Qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etilgan 4 mahsulot
  6. Sochni yaxshi parvarishlash va kam yuvish uchun nima qilish kerak?
  7. Ko‘z yoshlanishi va qichishishi sabablari hamda davolash usullari
  8. Teri holatini yaxshilovchi kerakli 7 oddiy qoida
  9. Oziq-ovqat mahsulotlarini qanday sifatli saqlash kerak?
  10. Gazli ichimlikdan ham xavfli bo‘lgan 5 ichimlik

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *