Bola tarbiyalashda yo‘l qo‘yilmasligi kerak bo‘lgan jihatlar

Bolani kamsitmang! «Miyang bormi?», «He, ahmoq!» Bular ota-onalarga tanish so‘zlar… Endi esa o‘zingizning bolalik onlaringizni xotirlang. Sizda bu so‘zlar qanday his uyg‘otardi? Bola o‘zini kamsitilgan his qiladi va bora-bora o‘z kuchiga ishonchi yo‘qolaveradi.

Bola tarbiyasidagi jiddiy xatolar

Bolani qo‘rqtimang! Bola «Yana ukangni ursang, qo‘lingni sindiraman!» kabi po‘pisalar bilan qo‘rqitilsa, unda ota-onaga nisbatan nafrat va qo‘rqinch uyg‘onadi. Qolaversa, tarbiyaning qo‘rqitish uslubi bola xulqini yaxshilamaydi.

Bolani muloqot orqali qanday tarbiyalash kerak?

Boladan va’da talab qilmang! Aytaylik, bola biror sho‘xlik qildi. Ota yoki ona esa «Yana shunday qilasanmi?!» degancha bolaning boshida qahr qilichini yalang‘ochlaydi. Yarim soatdan keyin esa xuddi o‘sha sho‘xligini takrorlaydi. Ona esa boladan xafa bo‘ladi.

Bola uchun so‘z berish hech nimani anglatmaydi. Chunki u kecha yoki ertani o‘ylab emas, hozirgi kun bilan yashaydi. Agar farzandingiz yumshoq ko‘ngilli bo‘lsa, unda aybdorlik hissi tug‘ila boshlaydi. Ortiqcha ta’sirchanlikka berilmaydigan bola esa gap boshqa, amal boshqa qabilida ish tutishni o‘rganadi.

Bola uchun so‘z berish

Bolaga ortiqcha g‘amxo‘rlik qilmang! Ortiqcha g‘amxo‘rlik bolada «Men hech narsa qila olmayman» degan hisni rivojlantiradi. O‘zingizga qoida qilib oling: «Bolaning qo‘lidan kelgan ishni hech qachon o‘zingiz qilmang».

Ko‘pgina ota-onalar «Bolam buni qila olmaydi», degan fikrda barcha ishni o‘z yelkalariga ortib olishadi. Ishoning, farzandingizning qo‘lidan ham ko‘p ish keladi, faqat sabr bilan o‘rgatishni unutmasangiz, bas.

Bolani o‘qishga qanday qiziqtirish mumkin?

Boladan buyrug‘ingizni zudlik bilan amalga oshirilishini talab qilmang! Eringiz «Zudlik bilan barcha ishingni tashlab, oyoq kiyimimni tozalab ber», deyishini tasavvur qiling. Bu sizga yoqmaganidek, bolaga ham yoqmasligi tabiiy.

Bola buyrug‘ingizni amalga oshirishi

Biror ish buyurganingizda, uni avvalroq ogohlantiring: «10 daqiqadan keyin dasturxonni yig‘ib, idishlarni yuvib qo‘y». Bola qo‘g‘irchoq emas, ko‘r-ko‘rona buysuna olmaydi. Aks holda u o‘z fikriga ega mustaqil shaxs sifatida ulg‘ayishini kutmasangiz ham bo‘ladi.

Bolaga hamma narsa uchun ruxsat beravermang! Bolaning har bir xarxashasiga quloq solib, aytganini qilaverish natijasida u xudbin bo‘lib ulg‘ayadi. Bu esa uning katta hayotga moslashishiga halal beradi.

  1. Dilnora:

    Juda yaxshi maqola chiqibdi, shunga o’xshash ma’lumotlarni ko’proq ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishlaringizni istab qolar edim, o’zimga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni anchasini oldim, katta rahmat.

  2. Maxliyo:

    Juda yaxshi maqola chiqipti, shunga o’xshash malumotlar va ko’plab maslaxatlar beringlar.

  3. Yulduz:

    Menga juda xam yoqdi, yana shunaqa malumotlar beringlar. Meni O’g’lim juda qaysar, shunga xam maslahat qilinglar.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *