Ota-ona farzandiga doim aytishi kerak bo’lgan 16 jumla

Buni albatta bilishimiz shart, bu farzandimiz bilan munosabatlarimiz mustahkam va mehrli bo‘lishi uchun yana bir poydevor bo‘ladi!

Ota-ona farzandiga aytishi kerak bo'lgan jumla

Ko’nglini ko’tara biling! — Farzandingizni judayam harakat qilib, nimanidir uddalay olmasa ham uni ko‘nglini ko‘taring. Kichik g‘alabalardan katta omad vujudga keladi. Ularni omadli bo‘lishga undang.

Seni yaxshi ko’raman — Bu so‘zlarni har kun ovoz chiqarib ayting. Ularga bu so‘zlarni har kun ayting. Farzandingiz unga nisbatan muhabbatingiz cheksizligini bilishi shart.

Senga yordam kerakmi? — Yordam berishdan oldin har doim avval so‘rab ko‘ring. Erkinlik muammoni yechimini izlashda paydo bo‘ladi. Agar farzandingiz nimanidir uddalay olmasa unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating.

«HA» — Hech bo‘lmasa bir kunda bir marta ular sizdan biror narsani birga qilishni istashsa hech ikkilanmay «ha» deb ayting.

«YO‘Q» — Qaysidir joylarda ularning fikrlari yoki harakatlaridan norozi bo‘lishingizni bilishlari kerak. Bu qaysarlik yoki charchoq bilan aytilgan «yo‘q» bo‘lmasin. Qaroringizni tushuntiring.

Farzandingizga doim ushbu so'zlarni qo'llang

Bolani tarbiyalash maqsadida jismoniy jazo qo’llash mumkinmi?

Yig’lash, bu normal holat — Bolalaringizning hislarini yashirmayotgani uchun taqdirlang. Odamlar ko‘ngli og‘riganda, yolg‘iz bo‘lganda va ba’zida baxtli bo‘lganda ham yig‘laydi. O‘z hislarini bo‘lishishni o‘rgating.

U bilan fahirlanishingizni ko’rsating — Agar ular biror to‘g‘ri harakat amalga oshirgan bo‘lsa, u bilan fahrlanishingizni ko‘rsatishingiz kerak. Agar bola qo‘llab quvvatlashingizni sezsa, doim sizni hursand qilishga harakat qiladi.

Ko’z yoshlaringni artib ol — Ba’zida ular ko‘z yoshlarni artib, oldinga harakat qilish lozimligini bilishlari kerak. «Agar hayotingizda quyosh yo‘qolib qolgani uchun yig‘layotgan bo‘lsangiz, ularni tezroq arting, aks holda ular oyni va yulduzlarni ko‘rishga halal beradi». Ularga shu oddiy haqiqatni tushuntiring.

Men seni sog’indim — Hatto 20 daqiqaga ajralgan bo‘lsangiz ham, ularni quchoqlab ko‘rishing. Ularga qanchalik yaqin bo‘lishni istashingizni his etishsin.

Bu ishni noto’g’ri qilding — Ular xato qilishganda ayting. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga yordam bering. Bola qanday xato qilmasin, sizni unga nisbatan mehringiz so‘nmasligini bilsin.

Bolangizni qalbiga quloq soling

Kichkintoy bolalarga kitob tanlashda muhim tavsiyalar

Atrofdagilarga mehrli bo’l — Ularga yaxshi narsalar yaxshi insonlar bilan bo‘lishini eslating. Ha, bu dunyo murakkab, ammo odamlarga mehr bilan munosabat qiladiganlar kulfatlarni yengilroq boshdan kechiradi. Ularning kelajagini yengillashtiring.

Menga ko’proq narsa aytib ber — Ularning qilgan ishlari haqida savollar bering, muloqotda bo‘ling. Farzandingiz ko‘zlariga qarab, tinglashga va tushunishga harakat qiling. Sizdan narsa yashira olmaydigan bo‘lib qolsin.

Sen men uchun eng muhimisan — Ular onasini yuvilmagan idishlari, elektron pochtasi yoki internet orqali kelgan xabarlari kutib turishi mumkinligini, siz uchun eng muhimi u ekanliklarini bilishsin.

Sen hammadan boshqachasan — Ularning qanchalik boshqalardan farq qilishini ko‘rsatishga harakat qiling. Ularning alohida harakterlarini e’tirof eting, boshqalarning ham harakterini aniqlashni o‘rgating. Bu kelgusida ularga foydali bo‘lgan narsa sanaladi.

Boladan kechirim so'rashga tortinmang

Bolani boshqa bolalar bilan taqqoslash to‘g‘rimi?

Kechir — Nohaqligingizni bilsangiz, tan oling va kechirim so‘rang. Bu bilan kerak paytda yon bosish kerakligi borasida namuna bo‘lasiz.

Menga yordam bera olasanmi? — Bolalaringiz sizning tashvishlaringiz ko‘pligini, ayrim ishlarda charchab qolyotganingizni ko‘rishsin. Sizga o‘z yordamlarini taklif qilishsin.

Farzandlar bilan ana shunday munosabatlari yo‘lga qo‘ya olsak, ularni kelajakda muvaffaqiyatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishlariga, yomonlardan yiroqda yurishiga katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz. Bundan tashqari ularni turli yomonliklardan tabiiy holda himoyalash imkoniga ega bo‘ladi

  1. Shabnam:

    Men bu maqolani oxirigacha o’qib chiqdim, men o’z xatolarimni tushunib yetdim, menga bu maqola juda ham yoqdi…

  2. Kumush:

    Do’stlar Assalomu alayko’m. Bu mavzudan men rosa tasirlandim, bilmagan narsalarimni va xato-kamchiliklarimni bilib oldim. Manga juda yoqdi!

  3. Foydalanuvchi:

    Assalomu alayko’m. Bu maqolada keltirilgan jumlalar menga rosa yoqdi, sayt ijodkorlariga omad tilab qolaman.

  4. Foydalanuvchi:

    Juda yaxshi, ajoyib fikrlar berilgan rahmat.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *