Yaxshi ota-ona bo’lish uchun nima qilish kerak?
Ota-ona boʻlish oson, lekin yaxshi ota-ona boʻlish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda bolasiga zulm qilayotgan ota-onalar haqida tez-tez uchratib turamiz.
Hech kim oʻz bolasini yomon boʻlsin demaydi. Faqat tarbiya usullariga kelganda noʻnoqlik qiladi. Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi ota-ona boʻlish sari yetaklaydi.
Farzandga kitob o’qib berishning eng asosiy 15 foydasi
Quchoqlang! Bolani ko’proq quchoqlab o’pishga odatlaning. Bola bunga ruhan ham jismonan zor bo’ladi.
Kechirim so’rashni biling. Siz ham nohaq bo’lishingiz mumkin. Boladan kechirim so’rashdan qo’rqmang. Bundan u mehrliroq va sabrliroq bo’lishni o’rganadi.
Aybingizni tan olishni biling. Biron ishda xato qilib qo’ysangiz bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning. Bundan bola xato qilishdan qo’rqib yashamay, xatoni qanday qilib takrorlamaslikni o’rgansin.
Har narsani man qilavermang. «U mumkin emas, bu mumkin emas,» «Uni qilma, buni qilma», kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga e’tiborsiz bo’lib qoladi. O’zingiz uchun ajratib oling. Haqiqattan mumkin bo’lmagan narsalar bilan sizga shunchaki noqulaylik keltiruvchi narsalarni. Masalan mashina yo’lga chiqish haqiqattan man qilinishi shart bo’lgan narsa. Qumda yangi kiyimda o’ynashi esa bu shunchaki sizga noqulaylik keltiruvchi narsa. Haqiqattan mumkin bo’lmagan narsalarga yo’l qo’ymang. Sizga noqulaylik keltiradigan narsalarga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring.
Bola tarbiyalashda qanday xatolar qilmoqdamiz?
Bolani erka qilishdan qo’rqmang. Yetti yoshgacha erka bo’lgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi yangi o’yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.
Asabiylashmang. Siz qanchalik muloyim va sokin bo’lsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda bo’lib o’sadi.
Sabrli bo’ling. Bolaga ota-onaning jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o’qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u sizni faqat suyuntirayotganini his qilasiz.
Urmang. Bolani urishdan yomoni yo’q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona o’z gapini o’tkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.
Bolalar xulqining buzilishiga sabab bo’luvchi omillar
Aldamang. «Ovqat yesang, buvingnikiga olib boraman!», dedingizmi, olib boring yoki unday va’da bermang. bolaga berilgan va’dani ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.
Yomon namuna bo’lmang. O’zingiz xunuk so’zlarni ishlata turib bolangizga «Xunuk gapirma!» deya olmaysiz. Xuddi shunday kuni bilan televizor yonida bo’lmsagiz, bola ham dars qilmay televizordan keta olmaganiga hayron bo’lmang. O’zgarishni o’zingizdan boshlang.
Biz ota onalar farzandlarimizga yaxshi tarbiya berish va ularga yaxshi ota ona bo’lishimiz kerak albatta. Menga bu maqola juda yoqdi, rahmat 😊
Barchaga salom. Maqola juda foydali ekan, biz ham farzandlarimiz uchun yaxshi ota va ona bo’lishga harakat qilamiz, rahmat zo‘r maslahat ekan.
Judaham yaxshi maqola bo’libdi, men bundan juda xursandman, men ham bolalarimning ko’nglini olishga harakat qilaman.
Judayam foydali maqola ekan, shularga amal qilishga harakat qilamiz, yana boshqa 8 yoshdan tepalariga, o’g’il bolalarga qanday muomila qilish kerak?