Doimiy holsizlikda nima uchun jigarni tekshirtirish kerak?

Kuz va qishda energiya, quyosh nuri, D vitamini yetishmasligi, stress kuzatiladi. Uy yoki xonadagi quruq havo odamni charchatadi va faollik susayadi. Lekin kundan kunga ichki “batareyka” quvvati kamayib qolayotgandek tuyulsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Doimiy holsizlik kuzatilsa jigarni tekshirtirish kerak

Doimiy holsizlik ichki qon ketishi, vitamin-minerallar yetishmasligi, qandli diabet rivojlanishi hamda metabolik sindrom va o‘simtalardan ham darak berishi mumkin.

Реклама

Bundan tashqari, jigar faoliyatida muammo kuzatilishi ham umumiy ahvolga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli yo‘q emas. Jigar va energiya o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligiga javob beramiz.

Grippdan himoyalanish uchun juda foydali tavsiyalar

Jigar organizmdagi kichik elektrostansiya hisoblanadi

Jigarning asosiy vazifasi filtrlash ekani barchaga ma’lum. Aynan mazkur tana a’zosi organizmga kirgan zararli moddalarni chiqarib yuboradi. Bundan tashqari, jigarda yog‘larni parchalaydigan, vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlaydigan hamda gormonlar darajasini nazorat qiladigan, qon ivishi va metabolizmda ishtirok etadigan safro ishlab chiqariladi.

Реклама

Jigarda barcha kerakli moddalar, xususan, lipidlar metabolizmi yuz beradi. Lipidlar esa organizm, ayniqsa, mushak hujayralarini samarali energiya bilan ta’minlaydigan manba hisoblanadi. Agar jigarda yetarlicha lipid ishlab chiqarilmasa, energiya yetishmasligi, holsizlik kuzatiladi.

Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak?

Depressiya va jigar o‘rtasidagi aloqadorlik

2017 yilda “Molekular biologiyaning chegaralari” nashrida depressiya va jigarning surunkali kasalliklari o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslangan maqola chop etilgan.

Unda ta’kidlanishicha, depressiyada kuzatiladigan odatiy simptomlar — uyquning buzilishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i jigar kasalliklariga ham xos. Organizm “elektrostansiya”si faoliyatidagi muammo sabab energiyaning surunkali yetishmasligi ba’zi hollarda depressiya rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Реклама

Qachon xavotirlanish kerak?

Hatto simptomlar sezilmagan taqdirda ham, vaqti-vaqti bilan qorin bo‘shlig‘i a’zolari, xususan, jigarni tekshirtirib turish kerak. Quyidagi simptomlar sezilganda esa shifokorga murojaat qilishni kechiktirmaslik kerak.

Chekishni tashlash uchun juda muhim 25 sabab

  • Tez toliqish;
  • Ishtaha yo‘qolishi yoki kamayishi;
  • O‘ng qovurg‘a ostida og‘riq yoki diskomfort sezilishi;
  • Ko‘ngil aynishi;
  • Ich ketishi;
  • Oshqozon hazm tizimida muammolar kuzatilganda.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Grippdan himoyalanish uchun juda foydali tavsiyalar
  2. Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak?
  3. Chekishni tashlash uchun juda muhim 25 sabab
  4. Ro‘za tutish qanchalik foydali ekanligini bilasizmi?
  5. Rizqdagi baraka nimalardan iboratligini bilasizmi?
  6. Xonada o‘tirib ishlash qaysi kasalliklar xavfini orttiradi?
  7. Turk ayollarining foydali bo‘lgan 10 odati
  8. Terlashga qarshi vositalarni qaysi turini ishlatgan ma’qul?
  9. Sog‘liq uchun foydali bo‘lgan ko‘katlarning 7 turi
  10. Kamharakatlik insonlarda erta xotira susayishiga sabab bo‘ladi

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *