Grippdan himoyalanish uchun juda foydali tavsiyalar

Kuz – infeksion va o‘tkir respiratorli kasalliklar mavsumi. Bu paytda salomatlikda muammo kuzatilmasligi uchun immunitetni mustahkamlash va gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Infeksiya va viruslar havo tomchi yo‘li orqali yuqqani bois ham mazkur tavsiyaga amal qilish shart.

Grippdan himoyalanish uchun foydali tavsiyalar

Yuzingizga teginmang — Yuvilmagan qo‘llarda virus bo‘lishi va qo‘lni yuzga olib borganda organizmga kirishi mumkin. Qo‘llarni yuvmasdan yoki toza salfetkasiz yuzingizga tegina ko‘rmang.

Реклама

Qo‘llaringizni tez-tez yuvib turing — Qo‘lni faqat ko‘chadan kelgandan keyin yoki ovqatdan avval yuvish kerak, degan tushuncha bugungi kunga kelib o‘zgardi va mutaxassislar tomonidan qo‘llar tez-tez sovun bilan yuvib turilishi yoki sanitayzerdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Tiniqib uxlang — Uxlash nafaqat ahvolingiz yaxshilanishi, balki organizm virus bilan kurashishi uchun ham muhim. Tiniqib uxlaganda immun sistemasi yaxshi ishlaydi.

Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak?

Реклама

Meva va sabzavotlarni iste’mol qiling — Vitamin va foydali moddalarga boy ekani sabab ham immunitetni mustahkamlash uchun sabzavot va mevalarni kanda qilmaslik tavsiya etiladi.

Grippga qarshi emlaning — Har yili grippning turli shtammlari paydo bo‘layotgani sabab mutaxassislar vaqtida mazkur kasallikka qarshi emlanish kerakligini tavsiya qiladi. Ammo o‘zboshimchalik qilmaslik, shifokor maslahatiga binoan amalga oshirish kerak.

Bemorlar bilan ijtimoiy masofa saqlang — 1,5-2 metr masofa saqlash qoidasi bu yilda har qachongidan ham ahamiyatliroq. Kasallik alomatlari bor yoki bemor insonlarga iloji boricha yaqin bormaslikka harakat qiling.

Chekishni tashlash uchun juda muhim 25 sabab

Реклама

Sport bilan shug‘ullaning — Jismoniy mashqlar organizm va a’zolar faoliyati, xususan, immun sistemasi uchun ham foydali sanaladi. Buning uchun og‘ir mashqlarni bajarishga hojat yo‘q. Shunchaki har kuni toza havoda sayr qilishning o‘zi kifoya.

Taom va ichimlikni shaxsiy idishingizda iste’mol qiling — Ishxona yoki uyda o‘zingizning shaxsiy tarelka, finjon va sanchqingiz bo‘lsin. Har doim ishlatishdan avval qaynoq suvga chayib, keyin ishlating.

Xudbin bo‘lmang, boshqalarni ham o‘ylang — Shamollagan yoki kasallangan bo‘lsangiz, uydan chiqmang. O‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham, niqob taqib yuring, aksirmoqchi bo‘lsangiz, niqob bo‘lmasa atrofdagilarga virus tarqatmaslik uchun chetga qarab, tirsakning ichki qismi bilan og‘zingizni yoping.

Ro‘za tutish qanchalik foydali ekanligini bilasizmi?

Реклама

Matodan tikilgan sumka va hamyonlardan foydalanmang — Matodan tikilgan sumka va hamyonlarni mikroorganizmlardan tozalash qiyin bo‘lgani sabab ham charm matosidan tikilganiga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak?
  2. Chekishni tashlash uchun juda muhim 25 sabab
  3. Ro‘za tutish qanchalik foydali ekanligini bilasizmi?
  4. Rizqdagi baraka nimalardan iboratligini bilasizmi?
  5. Xonada o‘tirib ishlash qaysi kasalliklar xavfini orttiradi?
  6. Turk ayollarining foydali bo‘lgan 10 odati
  7. Terlashga qarshi vositalarni qaysi turini ishlatgan ma’qul?
  8. Sog‘liq uchun foydali bo‘lgan ko‘katlarning 7 turi
  9. Kamharakatlik insonlarda erta xotira susayishiga sabab bo‘ladi
  10. Kitob o‘qish asabiylik va uyqusizlikni yengishi haqida bilasizmi?

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *